Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari. Reja


Download 53.73 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi53.73 Kb.
#1537099
  1   2   3   4
Bog'liq
1.Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari.Komila


Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari.
Reja:

  1. Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari.

  2. Karimov asarlarida ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalash goyalari va uning dolzarbligi.

  3. Ma‘naviy barkamol inson tushunchasi va uning mohiyati, Sharqona ta‘rifi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.




Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari.
Xush, ma‘naviy barkamol inson tushunchasi nimani anglatadi? Bu tushunchaning ma‘naviy kashshoklik va tubanlik tushunchalaridan farki qanday? Kishilarning ichki va tashki madaniy dunyosi va bilimdonlik darajasiga karab ma‘naviy barkamol, ma‘naviy kashshok va ma‘naviy tuban kabi toifalarga bulinadi. Bizningcha, ma‘naviy barkamollik kashshoklik va yoki tubanlikni aniqlashda kishilik jamiyatining muayyan davri talablariga javob bermaydigan, umuminsoniyat tomonidan yaratilgan axlok normalari, tushunchalari va tamoyillarini o’zlashtirganlik yoki o’zlashtirmaganligi xisobga olinishi lozim.
Odob-axlokli bulmagan, burch va mas‘uliyatni xis kilmagan, iymon va e’tiqod, adolat va vijdon, millatparvarlik va vatanparvarlik, insoniylik va xalollikdan yirok bo’lgan kishilarni kashshok va tubanlashgan kishilar katoriga kiritiladi. Ma‘naviy kashshok va tubanlik barcha davrlarda ijtimoiy taraqqiyot va kishilik jamiyati hayoti uchun uta xalokatli bo’lgan. Shaxs ma‘naviy ongini ustirmasdan jamiyat taraqqiyotida kompleks ma‘naviy yetuklikka erishib bulmaydi. Kashshoklik esa kishining ongida, dunyokarashi va iymon-e’tiqodida vujudga kelsa, uni ma‘naviy tubanlik jari sari yetaklaydi.
Har bir millatning ma‘naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektik boglikligidan tashkil topadi. Ma‘naviy merosni bilish va uni yanada boyitish xozirgi avlodlar vazifasi bulib, uni bilmaslik esa zaiflikdir. Madaniyati yuksak darajada rivojlangan Xalq Mustaqillik ravnaki uchun kurashda kudratli kuch bo’ladi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tushungan, uning mohiyatini o’z ongida singdirgan, ona tilini mukammal bilish va ularni yoshlarga urgatish jamiyatimiz xar bir fukarosining Vatan, Xalq oldidagi burchidir. O’zbek Xalqining asrlar davomida yaratgan madaniy, ma‘naviy-axlokiy boyliklarni avaylab – asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish xar birimizning vazifamizdir. Shuningdek, ma‘naviy barkamol insonni shakllantirish bugungi davr shaxsida tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga karatilmogi lozim. Bu xislatlarni kur-kurona, tavakkal qilib bajarish emas, balki ularga ongli, ilmiy asosda yondoshish talab kilinadi. Shuning uchun ham xozirgi Mustaqillik davrida xar bir kishini ma‘naviy va siyosiy jixatdan chiniktirish, xar tomonlama barkamol bo’lishiga erishish, ma‘naviyatli, madaniyatli qilish, mamlakatimizni ravnak toptirish, demokratiyani rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bulib koldi. Buning uchun mexnat qilish faoliyatini rivojlantirish lozim. Inson mexnat qilishi jarayonida ham jismoniy, ham akliy mexnat qobiliyati, iste‘dodi, akl-idroki namoyon bo’ladi va usib boradi.
Ma‘naviy barkamollik ijtimoiy adolatni karor toptirish bilan boglik. Demokratiya yaratib berayotgan imkoniyatlardan tugri foydalanish uchun yuksak madaniyat, ma‘naviy poklik, sof vijdon kabi xislatlarni shakllantirish lozim. Mamlakatimizda shunchaki demokratik jamiyat emas, balki demokratik odil jamiyat barpo etilmokda. Bunda haqikiy adolat tantana qilish kerak. Bunday odil demokratiyada jamiyatning o’z-o’zini boshkarish darajasi kishilar ongining usishi, madaniyat va ma‘naviyatning yetukligi bilan o’zviy bog’liqdir. Kishilar demokratiya va oshkoralikdan okilona foydalanishga ham goyaviy, ham ma‘anaviy tayyor bulsalargina Mustaqillikni mustaxkamlashga, oldida turgan vazifalarni xal qilishga kodir bo’ladi. Buning uchun yuksak ma‘naviyatli va pok niyatli, o’zokni kura bilgan, dono, keng fikrli, pok, xalollik, adolat bilan ish ko’radigan xislatlarni yoshlarda shakllantirishni hayot takozo kilayotir.
Shunday qilib, insonning bunyodkorlik faoliyatining usishi ma‘naviy kamolot manbai bulib xizmat kiladi. O’z navbatida inson kamoloti mamlakat taraqqiyotiga asos bo’ladi. Haqikatdan ham jamiyat o’zining ma‘naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma‘naviy, axlokiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalay olmaydi. Bu borada Prezidentimizning «Ma‘naviy yuksalish yo’lida» nomli kitobida ma‘naviy xazinamiz bo’lgan boy tariximiz, axlokiy qadriyatlarimiz, an‘analar, urf-odatlar, madaniyat va san‘atimiz ham rang-barang kirralari yuksak kamolotga erishishda manba bulib xizmat kiladi deb ta‘kidlanadi.
2012 yilda davlat byudjetining 60% ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lib, uning aksariyat qismi, avvalo, sog'liqni saqlash, ta'lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat tarmoqlarini yuksaltirishga qaratildi. Ish xaqqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar miqdori 20%ga axolining real daramadlari esa 22-24%ga ko'payishi belgilandi1. 2011 yilda 7ming 400ta oila umumiy maydoni 1 million 100ming kvadrat metr bo'lgan, har tomonlama qulay uy-joylarga, zamonaviy sharoitlarga ega bo'lgan bo'lsa, 2012 –yilda 8ming 510ta oila shahar sharoitidan xech kam bo'lmagan ana shunday yangi uy-joylarga ko'chib o'tib, uy tuylarini nishonladi.
O’zbek xaklki o’zini ozod va erkin deb bilishi, qaramlikdan xalos bo’lganligini xis etishi, iqtisodiy islohotlarning tezlashishiga ham sabab bo’ladi. Ukimishli, ruhan bardam va jismonan bakuvvat yoshlargina istiqlol va taraqqiyot yo’lini bosib utishga kodir bo’ladi. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy boyliklardan foydalanib, ularni davom ettirish uchun ma‘anaviyatimizni boyitayotgan yozuvchi, shoir, madaniyat – san‘at xodimlari, Xalq talantlari, iktidorli yosh olimlar, sportchilarini kullab-kuvvatlash Prezidentimiz va xukumatimiz dikkat e‘tiborida turibdi.
O’zbekiston Prezidenti 2-chakirik, Oliy Majlisining 9-sessiyasida so’zlagan nutkida ma‘naviy barkamollik yo’lini ta‘kidlar ekan, «Biz uchun tarixiy madaniy, umuman, manaviy qadriyatlar Xalqimizning ruxini baland saklash, yosh avlodni tarbiyalash eng aosiy vazifa bulib kolishi kerak va bu soxalar xisobidan mablagni tejay olmaymiz …» Biz ko’radigan jamiyat o’zbek Xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, miliy qadriyatlarimiz va ma‘daniyatimiz kayta tiklanishi, insonning ma‘naviy - axlokiy barkamolligini ta‘minlash kerak» degan edi. “Ta'lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovasiyalarning global indeksi” ma'ruzasida bayon etilgan ma'lumotlarni keltirish o'rinli, deb o'ylayman. Ma'ruza Jaxon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ushbu ma'ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovasion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo'lib, mazkur ko'rsatkich bo'yicha bizning mamlakatimiz 35 – o'rinni egallagan. Ta'lim tizimini rivojlantirish darajasi bo'yicha esa O'zbekiston – shunga e'tibor beringlar – dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o'rinni band etgan”.2 Deb qayd etadi Prezidentimiz.
Mamlakatimizda insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vijdon erkinligi hamda ma‘naviy barkamollikga erishishda, shuningdek Mustaqillikning axlokiy, ma‘naviy zaminlarini mustaxkamlashda Sharq falsafasi va islom dini goya va ta‘limotlaridan ijodiy tarbiyaviy maqsadda va okilona foydalanish maqsadga muvofik, deb ta‘kidlaydi. Dinning tarbiyaviy ahamiyati yanada kuprok bo’lishi lozim. Xar bir inson o’z e’tiqodiga va dinga amal qilishi yoki xech kaysi dinga e’tiqod kilmaslik huquqiga ega deb uktiradi I. Karimov. Albatta xar bir millat yoki inson o’z oldiga kuygan maqsadi, axloki idealiga ega bo’lishi uchun mukaddas xisoblagan narsaga ishonmogi kerak. Shu nuqtai nazardan kishilar islomning mukaddas kitoblari Kur‘oni Karimni va Xadisi Sharifni yaxshi bilgan, bu iloxiy kitobda insonparvarlik, tinchlik, osoyishtalik va boshka dinlarga murosa bilan karash, targib qilinishini tushunib yetgan. Islom dini insonni xato yullardan, gunoxlar qilishdan ogoxlantiradi. Shu maqsadda odamlarda dinga e’tiqod uygonishini aslo koralab bulmaydi, deb ta‘kidlaydi I.Karimov. Tugrilik, poklik, xalollik, ilmga, diyonatga undaydi. Islom nafaqat milliy, balki umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim axlokiy koidalar, falsafiy fikrlar juda kup. Islomda millatidan kat‘iy nazar birlik, o’zaro yordamga chakiradi
Bugungi O’zbekiston fukarosi yangi davrga mos fazilatlarini o’zida shakllantirishni hayot takazo qilmoqda. Xususan, xar bir fukaro davlat darajasida fikr yuritib, «Vatan va o’zim» degan tushunchani uygunlashtirib, Mustaqil davlatni mustaxkamlashda xissa kushmogi lozim. Bugungi o’zbek xarakteri vatanparvar, ishbilarmon, tashabbuskor, fidoyi, Vatanda yashayotgan Xalqlarning umummilliy birlik va tadbirkorlik, mas‘uliyatlilik, insoflilik, odamiylik fazilatlarini o’zida jo kilmogi lozim.

Download 53.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling