Mardlar qo’riqlaydi Vatanni! Vatan himoyasi — iymon ramzi


Download 14.81 Kb.
Sana20.10.2020
Hajmi14.81 Kb.
#135122
Bog'liq
Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!


Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!

 Vatan himoyasi — iymon ramzi.

Tinchlik inson uchun muqaddas qadriyat. Ko’ngli xotirjam, turmushi osoyishta kishi ezgu maqsadlar yo’lida olg’a intiladi, hayotni on sayin, kun sayin, yil sayin obod qilish harakatida bo’ladi, o’z fidoyi mehnati samaralarini ko’rib, yanada g’ayratga kiradi.

Shukrki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda, xalqimiz osuda va va farovon hayot kechirayotir. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimovning el-yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga oshirayotgan buyuk mehnatlari va g’amxo’rligi samarasidir.

Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozodligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish – shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan. Ko’hna va shonli tariximizdan yaxshi bilamizki, xalqimiz mana shunday fidoiylik va qahramonlik namunasini ko’rsatkan farzandlarini hamisha yuksak qadrlagan, ularning jasorati va sadoqatini qo’shiq va dostonlarda tarannum etgan.

Vatan himoyachilari! Bu ikki so’z zamirida qanchalik teran ma’no borligiga har doim ham biz chuqur e’tibor beravermaymiz. Aslida esa bu so’zlarni shunchaki eshitilarli qilib tilimizda emas, balki har doim dilimizdan, yuragimiz qo’ridan chiqarib, chuqur his-hayajon bilan baralla aytmog’imiz lozim.

Kasbiy bayramlar orasida eng birinchilardan bo’lib belgilangan Vatan himoyachilari kuni bayrami — Qurolli kuchlar tashkil topgan kun — 14 yanvarni katta shodiyonalar bilan nishonlash yurtimizda an’anaga aylanib qoldi.

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari — Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bu kunni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.

Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash o’ta murakkab va oliy darajadagi mas’uliyatdir. Shuning uchun ham Yurtboshimiz buni bot-bot takrorlaydilar: “Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozоdligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish — shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan”. Prezidentimizning bu so’zlari harbiy xizmatning qanchalik ma’suliyatli, nufuzli va sharafli ish ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Demak, mustaqil Vatan himoyachisi bo’lish — katta mas’uliyat va sharaf. Bugun Vatan himoyachilari o’zlariga yuklatilgan murakkab vazifalarni hal etmoqdalar va shuning uchun ham mas’uliyat yanada oshib boraveradi. Shu sharafli vazifani ado etishda xalqimizning minglab mard o’g’lonlari Vatan xizmatiga bel bog’lab, kunni kun, tunni tun demasdan, haqiqiy ixlos va sadoqat bilan xizmat qilmoqdalar.

Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

Qurolli Kuchlarimiz doimo mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligining, keng miqyosdagi demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, muqaddas zaminimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo’lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. O’z hayotini dunyodagi eng muhim va olijanob vazifa – Vatan himoyasi degan sharafli kasbga bag’ishlagan insonlar esa davlatimiz va jamiyatimizda  hamisha yuksak hurmat va ehtiromga munosib bo’lib qolajak.

Har bir qadamida qat’iyat va matonat aks etayotgan mard va jasur yurt himoyachilari bor ekan, yurtimiz osmoni doimo musaffo bo’lib, tinch va osuda hayot kechirayotgan xalqimiz faravonligi abadiy bo’ladi. Vatan himoyachilari yurtimizning ming yillik tarixi davomida ulug’lanib kelgan va shunday bo’lib qoladi.

 

 



Prezidentimiz Islom Karimovning Vatan himoyachilari haqidagi fikr -mulohazalaridan namunalar:

 

Har qaysi davlat, har qaysi millat va xalq bugungi hayotini va yorug’, farovon kelajagini qurar ekan, avvalambor, turli yovuz kuchlardan, yomon ko’zlardan va harakatlardan o’z xavfsizligi va chegaralari dahlsizligini, tinch va mustaqil hayotini himoya qilish va mustahkamlashga alohida e’tibor beradi.



Islom Karimov

 

O’z hayotini dunyodagi eng muhim va olijanob vazifa – Vatan himoyachisi degan sharafli kasbga bag’ishlagan insonlar esa davlatimiz va jamiyatimizda hamisha yuksak hurmat va ehtiromga munosib bo’lib qolajak.



Islom Karimov

 

Bu hayotni himoyalash kerak. Himoyalash deganda men nimani nazarda tutyapman? Tinchligimizni himoya qilishimiz kerak. Kelajak avlodimizni himoyalashimiz kerak. Oilamizning tinchligini himoyalashimiz kerak.



Islom Karimov

 

Mening da’vatim – xalqimizning ana shunday e’tibori va g’amxo’rligiga hamisha munosib bo’ling, jondan aziz Vatanimizni, uning ozodligi va mustaqilligini ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, himoya qilishga qodir fidoyi, barkamol insonlar bo’lib yetishishga intilib yashang.



Islom Karimov

 

Hech qanday shubha yo’qki, qabih niyat bilan yurgan kimsalar har qancha urinmasin, ular yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka rahna sololmaydi, xalqimizning irodasini bukolmaydi, bizni o’z tanlab olgan yo’limizdan qaytarolmaydi.



Islom Karimov

 

O’z oldimizga qo’ygan buyuk va ezgu maqsadlarga erishish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash vazifasini bajarish avvalo o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning jipsligiga, kuchli irodasiga bog’liq.



Islom Karimov

 

Biz yurtimiz osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning faravon hayotini va yorug’ kelajagini ta’minlash uchun o’z oldimizga qo’ygan buyuk marralardan, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yo’lidan hech qachon qaytmaymiz va o’z yuksak maqsadlarimizga, albatta, erishamiz. Bizga Ollohning o’zi doimo madadkor bo’layotganiga, yo’limizni ochib berayotganiga bugun barchamiz ishonch hosil qilmoqdamiz va buning uchun ming bora shukronalar aytamiz. Mustaqillik yillarida el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan biz barcha sohalarda katta yutiqlarga erishdik. Hozirgi kunda yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, bu yutuqlarda mening ham munosib hissam bor, deb boshini baland ko’yarib yashashga, albatta haqlidir.



Islom Karimov

 
Download 14.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling