Marketing nazorati tushunchasi


Download 22.71 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi22.71 Kb.
#1064061
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Marketing nazorati tushunchasi


Aim.uz

Marketing nazorati tushunchasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasi majlisida qilgan ma’ruzalarida: «Turli korxona va tarmoqlar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qayerda rahbarlar marketing va marketing tadqiqotlari bilan jiddiy shug‘ullanayotgan bo‘lsalar, shu joyda barqaror faoliyat ta’minlamoqda, foyda va dividend olinmoqda, o‘z vaqtida ish haqi to‘lanmoqda», - deb ta’kidlagan edilar. Marketing iste’molchilarning hozirgi va kelajakdagi talablarni qondirishga qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish, natijada foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir. Bularning barchasi endi ish boshlayotgan biznesmenlardan tortib, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan tadbirkor, siyosatchi, san’atkor, sportchiga qadar marketing - bozor jarayoni to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Marketingni nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat havf-xatarini o‘z vaqtida his qilish va kamaytirish, uning variantlarini hisoblashda mavjud bo‘lgan turlaridan eng ma’qulini tanlash, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar bilan to‘yintirish, doimiy talab mavjud bo‘lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.


Tom ma’nodagi bozor munosabatlar mamlakatimizda sekin rivojlanib bormoqda. Sobiq sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarish, savdo va umuman milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida yakkahokimlik, reja va yuqoridan boshqarishning hukmronligi sababli marketing tushunchasi tom ma’noda amaliyotga kirib kelmagan edi. Lekin keyingi yillarda o‘zgarishlar-iqtisodiy taraqqiyotimiz bozor iqtisodiyotisiz mumkin emasligi har tomonlama isbotlab berdi. Bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida uning asoslarini o‘rganishimizni zarur qilmoqda. Mana shunda biz uchun murakkab davrda, xorijda marketing masalalarini yechish borasida to‘plagan boy tajribadan foydalanmaslik kechirib bo‘lmas xato bo‘lar edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, biz eng katta taqchillikni - vaqt tanqisligini ham yengishimiz zarur.
Ayrim iqtisodchilar marketing faqat rivojlangan sharoitda faoliyat ko‘rsatishi mumkin deb hisoblashadi. Aynan shu marketing jamiyatga tez, tejamli va talofatlarsiz bozor iqtisodiyotini kirib kelishi uchun ko‘proq yordam beradi. O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti holatini aks ettiruvchi marketing tamoyillari bizga vaqtni boy bermasdan bozorni o‘zlashtirishda yordam beradi. Marketing rejalarini amalga oshirish davrida ko‘pgina kutilmagan holatlarga duch kelinadi, shu sababli marketing bo‘limi rejalarini olib borilishi va bajarish ustidan doimiy nazorat o‘rnatib borish kerak. Marketing nazorati tizimi korxona ish faoliyati samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun kerak. Ammo marketing nazorati ko‘p qirrali ma’nolarga egadir.
Yillik rejalarni bajarish ustidan nazorat shundan iboratki, unda marketing mutaxassislari yillik rejaning amaldagi ko‘rsatkichlarini nazorati yillik reja bilan taqqoslashdir va kerak bo‘lganda qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘rilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Maydonlar, bozor segmenti, savdo yo‘llari va har xil turdagi mahsulotlarning amaldagi rentabellik darajasini aniqlashda foydalaniladigan bozor daromad ustidan nazorat deb yuritiladi.
Strategik nazoratning maqsadi shundan iboratki, bozor sharoitidan kelib chiqqan holda korxona firmalarning foydalaniladigan oxirgi strategik yo‘llarni tekshirishdan iboratdir.
Yuqorida keltirilgan marketing nazoratining uch turi hozirgi jahon amaliyotida keng qo‘llanib kelinmoqda.




Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling