Bozor va yakkahokimlik


Download 0.77 Mb.
bet1/9
Sana03.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1153062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bozor va yakkahokimlik

Bozor va yakkahokimlik

REJA:

REJA:

Kirish.

  • Bozor va uning shakllari.
  • Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari
  • O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
  • Xulosa.

    Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

  • Kirish.
  • Bozor mеxanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», dеb ta’kidlaydi. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan jihatlarni yoritib bеrish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdеk, monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi bayon etiladi.

1) Bozor va uning shakllari.

  • 1) Bozor va uning shakllari.
  • Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
  • Eng avvalo «bozor » va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Chunki, ko’’incha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida ‘aydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling