Xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdеk rivojlantirishni talab etadi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1719534
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.05 Pedagogik diagnostika va korrektsiya









 
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
 
O‘zbеkiston Rеspublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o‘zlikni anglash, 
milliy va umumbashariy qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat 
o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga kеltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka 
o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan o‘quvchi va talabalar qobiliyatlari, 
istе'dodlarini, 
ichki 
imkoniyatlarini, 
o‘ziga 
xos 
individual-psixologik 
xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdеk rivojlantirishni talab etadi. 
Ushbu dastur pedagogik diagnostika va korrektsiyaning predmeti va tarixiy 
rivoji; o‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik diagnostika va korrektsiyaning o‘rni;
pedagogik diagnostika va korrektsiya metodlari tasnifi; o‘quvchi shaxsi rivojini 
tashxis etish va korrektsiyalash metodikasi kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab 
olgan. 
Magistratura ta’lim bosqichini tugallagan magistrantlar kelgusida ilmiy va 
ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Magistrantlarni pedagogik 
jarayonni tashxis etish va korrektsiyalash hamda diagnostik-korrektsion faoliyatni 
samarali tashkil etishlarida mazkur fan muhim ahamiyatga ega. 
 
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
 
Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrantlarni o‘quv-tarbiya jarayonini tashxis 
etish va korrektsiyalash hamda diagnostik-korrektsion faoliyatga tayyorlash. 
Fanning vazifasi – magistrlarni pedagogik diagnostika va korrektsiyaning 
funktsiyalari, tamoyillari va umumiy metodlari bilan qurollantirish; pedagogik 
jarayonni tashxis etish va korrektsiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish; pedagogik 
jarayonni tashxis etish va korrektsiyalash metodikalarini samarali qo‘llashga 
o‘rgatishan iborat.
“Pedagogik diagnostika va korrektsiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida 
amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr: 
– pedagogik diagnostikaning mohiyati, predmeti va funktsiyalari; 
– pedagogik diagnostikaning obyektlari; 
– diagnostik tadqiqotlarning tuzilishi; 
– pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq etishning umumilmiy tamoyillari; 
– diagnostik tadqiqotlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar; 
– korrektsion faoliyatning mazmuni va mohiyati; 
– korrektsion faoliyatning asosiy tamoyillari haqida bilimga; 
– diagnostik ma’lumotlarni to‘plash, o‘lchash va qayta ishlash; 
– pedagogik testlarni ishlab chiqish; 
– o‘quvchilarni aqliy va axloqiy rivojlanish darajalarini tashxis etish; 
– o‘quvchi shaxsining kasbiy yo‘nalganligini tashxis etish; 
– korrektsion faoliyatning umumpedagogik va maxsus metodlarini qo‘llash 
ko’nikma; 
– o‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxis etishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish; 



– pedagogik diagnostika asosida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish; 
– diagnostik-korrektsion faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish 
malakasiga ega bo‘lishi kerak. 
 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling