Marketing nazorati tushunchasi


Mumkin bo‘lgan chiqim tahlili


Download 22.71 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi22.71 Kb.
#1064061
1   2   3   4   5
Bog'liq
Marketing nazorati tushunchasi

Mumkin bo‘lgan chiqim tahlili. Bu tahlil shundan iboratki amaldagi va rejadagi savdoni o‘lchash, baholash va taqqoslashdan iborat. Korxona tahlil statistikasidan boshlashi mumkin. Faraz qilaylik, yillik rejada to‘rt ming dona mahsulot 1$ dan sotish ko‘zda tutilgan, bu esa to‘rt ming dollarni tashkil qiladi va chorak oxirida uch ming dona mahsulot 0,8 dollardan sotiladi, bu 2400 dollarni tashkil etadi. Savdo hajmi 1600 dollarni tashkil etadi, yoki ko‘zda tutilgan reja 40%ni tashkil etilgan. Unda korxona ko‘zda tutilgan reja bajarilmaganligi sababini qunt bilan o‘rganishi, tahlil qilishi lozim. Korxona bir vaqtning o‘zida o‘zining aniq mahsulotlari, maydonlari va boshqa bo‘lgan birliklarini aylanmadagi o‘z ulushini bajarayotganligini kuzatib borishi kerak. Masalan, korxona 3 ta maydonda savdo qiladi, ularda 1500, 500 va 2000 donadan mahsulot sotadi, ularning hajmi 4000 donani tashkil qiladi. Amalda esa maydonlarda savdo hajmi 1400,525 va 1075 dona mahsulotni tashkil qiladi. Bu jarayonda maydon birinchisi rejani 7%ga bajara olmaganligi, ikkinchisi esa 5%ga ortiqcha bajarganligi, uchinchisi esa 45%gacha bajara olmaganligini ko‘ramiz. Uchinchi maydon eng katta havf tug‘diradi. Savdo bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari bu maydonning salbiy savdo ko‘rsatkichlarining sabablarini aniqlashi va tahlil qilish bilan aniq shug‘ullanishi mumkin.
Bozor ulushi tahlili. Faqatgina savdo statistikasi korxonaning raqobatbardoshligini to‘liq aniqlab bermaydi. Faraz qilaylik sotish hajmi o‘smoqda. Bu o‘sish iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi natijasida ham bo‘lishi mumkin, bu yaxshilanish boshqa korxonalarga ham ta’sir etadi yoki bu o‘sish korxona faoliyatining boshqa raqobat korxonalar faoliyatiga nisbatan yaxshilanishi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Boshqaruv xodimlari korxonaning bozordagi ko‘rsatkichlar ulushini har doim nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush yaxshilansa korxonaning raqobatbardoshligi mustahkamlanadi, agarda kamaysa korxona o‘z o‘rnini boshqa raqobatchi korxonalarga bo‘shatib beradi.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling