Ma’ruza №2 elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr zanjiri


Download 39.61 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi39.61 Kb.
#1525178
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza




Ma’ruza № 2
ELEKTR ZANJIRLARNING ASOSIY ELEMENTLARI (1-QISM)


Elektr zanjiri
Elektr toki uchun yo‘l (yo‘lak) hosil qiladigan elementlar va qurilmalar yig‘indisiga elektr zanjiri deb ataladi.
Elektr zanjirini shartli belgilar bilan tasvirlash elektr sxemasi deyiladi. Ushbu rasmda elektr sxemasining bir ko‘rinishi keltirilgan.



2.1.-rasm. Sodda elektr sxemasi ko’rinishi.


Elektr zanjir elementlari
Elektr zanjirlar asosan qarshilik, induktivlik, kondensator (sig‘im), EYuK va tok mabalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning harakteristikalarini ko‘rib chiqamiz:
Qarshilik elementi elektr energiyasining issiqlik energiyasiga o‘tishishini ifodalaydi va modda molekulasi harakatlanayotgan zaryadli zaryadchalar qarshiligiga uchraydi.
Bu xolatda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi, elementda saqlanib qolmaydi. Ushbu rasmlarda qarshilik elementining elektr zanjirlarda belgilanishi va chiziqli va nochiziqli elementlar va Volt Amper xarakteristikalari (VAX) keltirilgan.



2.2 – rasm. Qarshilik (a-chiziqli, b-nochiziqli) VAXi.


Induktivlik elementi qurilmada magnit maydon borligini ifodalaydi va o‘zgarmas tok bo‘yicha qarshilik ko‘rsatadi. Induktiv elementida magnit maydon energiyasi saqlanib qoladi. Ushbu rasmlarda chiziqli va nochiziqli elementlar va Veber Amper xarakteristikasi (VebAX) keltirilgan.



2.3 – rasm. Induktivlik (a-chiziqli, b-nochiziqli) VAXi.

O’tkazuvchi konturdan (elektr zanjiridan) oqayotgan tok kontur atrofida magnit maydoni hosil qiladi va bu maydonning magnit oqimi tok kuchiga ga proportsionaldir. Ya’ni





bu yerda – proportsionallik koeffitsienti bo’lib konturning induktivligi deyiladi. Induktivlik (lotincha-inductio uyg’atmoq) faqatgina konturni xarakterlovchi kattalik bo’lib, uning magnit maydoni vujudga keltira olish qobiliyatini ko’rsatadi va oqadigan tok kuchiga mutlaqo bog’liq emas. Induktivlik shu ma’noda yakkalangan o’tkazgichning elektr sig’imiga o’xshab ketadi. Agar o’tkazgichning elektr sig’imi uning qancha elektr zaryadini o’zida mujassamlashtirish qobiliyatini xarakterlasa, induktivlik konturdan tok oqqanda uning magnit maydoni hosil qila olish qobiliyatini xarakterlaydi.



Download 39.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling