Ma’ruza 27. Elektron pochta xizmati Reja


Download 1.8 Mb.
bet1/10
Sana26.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1724117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8. Маъруза elektron pochta xizmati


Ma’ruza 27. Elektron pochta xizmati


Reja:

27.1. Elektron pochta manzili


27.2. Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari
27.3. Xabarlarni uzatish
27.4. Milliy elektron pochta xizmatlari
27.5. Filtrlar va qora ro'yxat

Tayanch iboralar: Elektron xizmatlari, domen, milliy elektron pochta xizmati, filtrlar va qora ro'yxat.




27.1. Elektron pochta manzili

Elektron pochta - Electronical mail (E-mail), u bir necha minut ichida tarmoqning bir-birdan bir necha o'n ming kilometr uzoqlikda joylashgan bir punktidan boshqasiga axborotlarni jo'natish imkonini beradi, bunda elekron xat xam matnli, xam tovushli, grafikli va dasturli fayllarni o'z ichiga olishi mumkin. Kunduzi va kechasi istalgan vaqtda jo'natilishi mumkin, elektron pochta qutisiga talab qilib olishgacha jo'natilishi mumkin. Birdaniga ko'plab kanallar bo'yicha (masalan, o'z molini reklama qilgan xolda) yuborish mumkin. Elektron pochta bo'yicha, Usenet tarmoqini ishlatib dunyodagi eng yangi yangiliklarni olish mumkin. Telekommunikatsiyalarda axborotlarni o'qish va u erda bo'lib o'tayotgan muxokamalarda ishtirok etish, biznes-kelishuvlarini amalga oshirish mumkin (masalan, molga buyurtma berish va uni to'lash). Elektron pochta axborotlarni tarmoqning bir punkitidan boshqasiga tezkor uzatishni ta'minlaydi, lekin kechiktirilgan javob xizmatining tipik ko'rinishi qisoblanadi. Bu pochta bo'yicha axborotlarni yuborish va olishni kunduzi va kechasining istalgan vaqtida bajarish mumkin. Elektron pochtaning muxim afzalligi shundaki, oluvchining uzoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan xam, narxi jixatidan xam xech qanday axamiyat kasb etmaydi (telefon yoki boshqa kanalni o'zining xost-kompyuterigacha bo'lgan joyini ishlatgani uchungina xaq to'lanadi). Elektron xat u jo'natilishi bilanoq, keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga kadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va video fayllarni xamda ikkilik fayllarini - dasturlarni o'z ichiga olishi mumkin.


Elektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo'yicha yuborilishi mumkin. Internet dan foylalanuvchiga elektron pochta yordamida tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Elektron pochta bo'yicha xatlarni almashish rejimida ishlash uchun maxsus dasturlar kerak bo'ladi. Umuman, E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:
•Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple Mail Transfer Protocol (SMTP);
•International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan X.400.
SMTP o'zining oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining ko'pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan, Internet tarmoqida xam keng tarqaldi. ROR-3 standarti xam mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda mijoz uzining kompyuterida emas, balki provayderning serverida o'rnatilgan dastur bilan ishlaydi.
X.400 standarti o'zining talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi, kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko'p sonli milliy kodlarni qo'llab-quvvatlashi bilan farq qiladi. Bu standart aytilgan xususiyatlari tufayli butun dunyodagi davlat tashkilotlari orasidagi ishlarda, xususan, xukumat telekommunikatsion liniyalar bo'yicha munosib ommaviylikka erishdi.
Windows 95, 98, 2000, NT, XR boshqaruvi ostida SMTP standartida ishlaydigan E-mail dasturlaridan xozir eng ko'p tarqalganlari quyidagilardir:
— Demos kompaniyasining dMail 1.2;
— Qualcomm kompaniyasining Eudora Pro 3.1;
— MS Internet Explorer 5.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Internet Mail;
— Netscape Navigator 5.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Netscape Mail;
— Outlook Express dasturi.
Bu dasturlarning deyarli xammasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
* matnni tayyorlash;
* xatlarni o'qish va saqlash;
* xatlarni o'chirib tashlash;
* adresni kiritish;
* elektron adresli kitobni yaratish;
* xatlarni sharxlash va jo'natish;
* boshqa fayllarni import qilish (matnni qabul qilish va kerakli formatga o'zgartirish);
* IP-ulanishlarni o'rnatish uchun modemni boshqarish;
* kechiktirilgan xatlarni jo'natish;
* yangi pochtani davriy ravishda tekshirish;
* axborotlarni «papkalar» bo'yicha saralash.
Ta'kidlash kerakki, axborotlarni elektron pochta dasturlarining shaxsiy matn muxarriri tomonidan qayta ishlansa xam, uning imkokiyatlari cheklanganligi sababli katta xajmdagi matnlarni qayta ishlashni tashqi muxarrir bilan bajargan ma'qul. Elektron pochta dasturi bunday matnni jo'natahda uni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Odatda elektron pochta dasturlari matnlarni ASCII kodlarida va ikkilik formatda jo'natadi. ASCII kodi faqat matnni yozish imkonini beradi va milliy shriftlarning xususiyatlari tuqrisidagi ma'lumotlarni uzatish imkonini bermaydi. Ikkilik fayllar istalgan ma'lumotlarni aks ettirish imkonini beradi. Shuning uchun birga qo'shilgan axborotlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik fayllar ishlatiladi.
Shuni qisobga olish kerakki, munozaralarda ishtirok etishda yoki qayd qilinadigan ro'yxatlarni tuzishda axborotlarni istalgan kompyuter tushunadigan ASCII kodlarida tuzish kerak. Boshqa dasturlar bilan yozilgan axborotlarni abonetda xuddi shunday dastur borligini bilgan xoldagina jo'natish mumkin.
MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti - Internet pochtasining ko'p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o'tilgan xamma dasturlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan ikkilik fayllarni, xatto grafikali, audio va videofayllarni xam kiritgan xolda, qo'shish imkonini beradi.
Elektron pochta bo'yicha axborotlarni jo'natihda adresda faqat xost-kompyuter nominigina emas, balki axborotni olishi kerak bo'lgan abonentning nomini xam ko'rsatish zarur. Xar bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda elektron pochta bo'yicha axborotlarni olishiga o'zining katalogi ochilgan bo'lishi mumkin.
Elektron pochta adresining formati quyidagi ko'rinishga ega bo'lishi kerak:
foydalanuvchi nomi @ xost-kompyuter adresi.
Masalan keei@uzpak.uz, Uzakov_z@rambler.ru, Nosirov_BN@rambler.ru, nosirov_bn@mail15.com yoki Bahti1968@mail.ru.
Internetga chiqishga imkoni bo'lgan foydalanuvchi elektron pochtani unga shlyuzlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo'yicha xam jo'natishi mumkin. Bu xolda shuni qisobga olish kerakki, turli xil tarmoqlar foydalanuvchilarning turli xil adreslashni ishlatadi. Elektron pochta bo'yicha axborotlarni boshqa tarmoqqa uzatishda u erda qabul qilingan adreslar tizimini ishlatish kerak. Elektron pochta bo'yicha ma'lumot uzatishni tashkil etish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:
• o'zining xost-kompyuteri bilan aloqa o'rnatish;
• pochtani boshqaradigan dasturni ishga tushirish (masalan, Outlook Express dasturini ishlatish);
• ekranning taklifi bo'yicha oluvchining nomini va domenli adresini kiritish, «mazmun» satri paydo bo'lgandan keyin esa axborotning qisqacha mazmunini ko'rsatish kerak;
• kiritishni klavishalarning aniq bir to'plamini bosish bilan (masalan, ALTQS) tugatish kerak.
Bir necha sekunddan keyin sizning axborotingiz ko'rsatilgan adres bo'yicha oluvchining xost-kompyuteriga kelib tushadi. Sizning adresingizga kelib tushgan axborotlar Outlook Express dasturi oynasining «Ixodyahie» papkasiga tushadi. Bu papkani ochib yangi xatlarni o'qib ko'rishingiz mumkin. Axborotlar ro'yxatida quyidagilar ko'rsatilgan bo'ladi: axborotning tartib raqami, jo'natuvchi, olingan sana va vaqt xamda jo'natuvchi to'ldirgan «mazmun» satri. Kerakli axborotlarni o'qib chiqish uchun uning tartib raqamini kiritish kerak yoki joriy axborot uchun oddiygina Enter klavishini bosish kerak. Shunday qilib, elektron pochta ko'plab fakslarni va oddiy pochtaning o'rnini bosish qobiliyatiga ega; elektron pochta oddiy pochtaga nisbatan ancha arzonroqdir va bunda deyarli bir zumlik kommunikatsiyani ta'minlaydi.
Internet tarmoqidan foydalanuvchilar uchun qiymatlar to'plamlarini almashish jarayoni: matnli va dasturli fayllar bilan almashish xam qiziqish kasb etadi. Internet tarmoqidagi kompyuterlar o'rtasida qiymatlar to'plamini ko'chirish File Transfer Protocol (FTP) -faylni ko'chirish bayonnomasi dasturining boshqaruvi ostida bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteri tarmoqda ulangan boshqa kompyuterlarda, xususan FTP - serverlarda saqlanayotgan ko'pgina fayllarga va dasturlarga murojaat kilish imkoniga ega bo'ladi.
FTP-server - bu ochiq muloqot qilish uchun mo'ljallangan fayllarni o'z ichiga olgan kompyuterdir.
FTR-mijoz dasturi qiymatlarni uzatish bayonnomasini amalga oshiribgina qolmasdan, balki FTP-server katalogini ko'rib chiqish uchun, fayllarni qidirish uchun va qiymatlarni ko'chirishni boshqarish uchun ishlatiladigan buyruqlar to'plamini qo'llab-quvvatlaydi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling