Ma’ruza №4: Injenerlik tayyorlashda vertikal rejalashtirishning ahamiyati. Reja

Download 470.57 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi470.57 Kb.
#1271564
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-maruza (2)

“SHAHAR HUDUDLARINI INJENERLIK TAYYORLASH”
FANIDAN

Ma’ruza №4: Injenerlik tayyorlashda vertikal rejalashtirishning ahamiyati.

REJA:

Relef va shaharsozlikda unu baholash.
Belgilash. Interployatsiya metodi bilan balandliklarni aniqlash.

Relef – shaharsozlikda eng katta va muhim ahamiyatga ega omil bo‘lib, shaharni rejalashtirish, sug‘orish kabi bir qator ishlar uning holati bilan chambarchas bog‘liq. Yer yuzi relefining shakllari, uning rivojlanishi va tarqalishini o‘rganadigan fan geomorfologiya deb ataladi. Yer yuzi sathining past-baladligini belgilovchi tabiiy sharoitlardan eng muhimi relefdir. Relef holatini o‘rganish hududda fuqaro muhofazasi tadbirlari qatorida obodonlashtirish ishlarida ham katta ahamiyatga ega. Tabiiy va o‘zgartirilgan relefning uch turi ma’lum. Ular quyidagilar:

1.Relef va shahrsozlikda uni baholash.
Makrorelef – katta mintaqadagi va balandligi bo‘yicha 200-1500 m.
Mezorelef – shaharning o‘rtacha mutlaq balandliklariga (farqi 10-200 m) tegishli ko‘rsatkich bo‘lib, unga ko‘ra tepaliklar yoki shahar miqyosidagi past-balandliklar aniqlanadi;
Mikrorelef – balandligi bo‘yicha kichik (0-10m) chegaralangan maydon bo‘lib, u muhandislik obodonchiligida ko‘chalar, yo‘laklar, uylarga kirishdagi ostonalarning balandliklarini ko‘rsatadi.

Tabiiy relef – er yuzasining qattiq qismidagi (litosfera) turli (notekis) geometrik shakllarning yig‘indisidir. Uning shakllari paydo bo‘lishi, katta-kichikligi, dengiz sathidan balandligi, tashqi ko‘rinishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir necha turga bo‘linadi. Lekin, umumiy holda uning tashqi ko‘rinishiga qarab, ular qavariq yoki botiq bo‘ladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling