L=lп+[(lб-lп)/l]*l1 = 104 + [(106-104)/45]*16 = 104,71
бу ерда
L- қидирилаётган нуқта;
lп – пастки горизонтал белгиси;
lб – баланд горизонтал белгиси;
l – баланд ва пастки горизонталлар орасидаги масофа;
l1 – қидирилаётган нуқтадан пастки горизонталгача бўлган масофа.
Loyiha-rejalash ishlarini amalga oshirishda ba’zan kichik kesishuvda qo’shimcha gorizontallarni kiritish yo’li bilan relefni detalizatsiya qilish kerak bo’ladi Detalizatsiya berilgan joy, trassa yoki nuqta bo’ylab qo’shimcha tekislash yoki boshqa ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Muhandislik jihatidan relef nishabligini baholash (yuzaning tikligiga ko’ra)
T/r
|
Er sathi
nishab-
ligi, %
|
SHaharsozlik jihatdan tabiiy relefni baholash
| |
0,5 dan kichik
|
Uy-joy qurilishi, ko‘cha va yo‘llar trassasini joylashtirish uchun qulay, ammo sug‘orish, qor-yomg‘ir suvlarini qochirish va o‘zi oqar kanalizatsiyani qurish uchun noqulay joy.
|
2.
|
0,5-3
|
Uy-joy qurilishi, sug‘orish, suvni qochirish va hokazolar uchun qulaydir, muhandislik tayyorgarligida murakkab chora-tadbirlar o‘tkazish talab qilinmaydi.
|
3.
|
0,6
|
Qurilishi uchun qulay, ammo uylarni, shahar maydonlarini joylashtirishda, ko‘chalarni o‘tkazishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Muhandislik tayyorgarligida relefni qisman o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
|
4.
|
6-10
|
Uy-joylarni, ko‘chalarni qurishda va joylashtirishda, transport harakatini tashkillashtirishda va er osti kommunikatsiyalarini yotqizishda ancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Muhandislik tayyorgarligida er sathini shakllantirishda murakkab va katta hajmdagi ishlarni bajarish lozim bo‘ladi.
|
5.
|
10-20
|
Uy-joylarni joylashtirishda, ularni kamaytirish va bir xil guruhdagi uylarni tanlashda ba’zan uylar alohida terassa qurishga majbur bo‘linadi, bunday joylar uchun ko‘proq bir qavatli shaxsiy uy- joy qurish uchun yaroqli. Bu uylar uchun er osti quvurlarini joylashtirish qiyin. Muhandislik tayyorgarlik ishlarida maxsus inshootlar (ushlovchi devorchalar va shunga o‘xshashlar) qurish talab etiladi.
|
6.
|
20 dan katta
|
Uy-joy qurilishi, joylashtirish va obodonchilik uchun juda ham noqulay, har bir alohida uy uchun maxsus joy tanlanadi, er osti kommunikatsiyalarini joylashtirish juda noqulay, muhandislik tayyorgarlik ishlarida juda katta qiyinchiliklar tug‘iladi. Bu erlarni o‘zlashtirish zaruriyati bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |