Relef bo‘rtib chiqqan shakllarga: do‘ng, tepa, qir, tog‘, tog‘ tizmasi va boshqalar, botiq shakllarga esa: vodiy, jar, dara, chuqurlik, pastlik, qozon-soy, soy va boshqalar kiradi. Lekin shaharsozlik amaliyotida tabiiy va suniy relefning boshqa kategoriyalari qabul qilingan: Lekin shaharsozlik amaliyotida tabiiy va suniy relefning boshqa kategoriyalari qabul qilingan: - Makrorelef – Sezilarli balandlik o’zgarishlari va yuzaninig notekisligi bilan harakterlanadigan katta hududlarning relefi
- Mikrorelef – Ajratilgan hududdagi uncha katta bo’lmagan balandlik o’zgarishlariga ega relef. Uni ko’rish va obodonlashtirishda ko’cha elementlarininig balandlik holatlari,binolarga kirish va boshqalar inobatga olinadi.
Tepaliklarning yon bag‘irlari har xil: silliq, qavariq, botiq, terrasa – supali yoki murakkab shaklli bo‘lishi mumkin. Silliq yon bag‘irning nishabligi o‘zgarmaydi. Yon bag‘ir qiyalik burchagi bilan o‘lchanadi. Qiyalik burchagi 50 gacha bo‘lgan yon bag‘ir yotiq, 50 dan 200 gacha bo‘lgani qiya, 200 dan 450 gacha bo‘lgan tik, 450 dan kattasi juda tik yon bag‘ir deyiladi. Tepaliklarning yon bag‘irlari har xil: silliq, qavariq, botiq, terrasa – supali yoki murakkab shaklli bo‘lishi mumkin. Silliq yon bag‘irning nishabligi o‘zgarmaydi. Yon bag‘ir qiyalik burchagi bilan o‘lchanadi. Qiyalik burchagi 50 gacha bo‘lgan yon bag‘ir yotiq, 50 dan 200 gacha bo‘lgani qiya, 200 dan 450 gacha bo‘lgan tik, 450 dan kattasi juda tik yon bag‘ir deyiladi. Relefning botiq shakllaridan eng yirigi vodiy bo‘lib, uning doimo suv oqib turadigan qismi – daryo o‘zani, toshqin vaqtida suv bosadigan qismi esa qayr deyiladi. Vaqtincha oqqan suv o‘yib ketgan uzun chuqurlar jar deyiladi. Yon bag‘ri juda tik kichik jar jilg‘a deyiladi. Jilg‘a suv yuvishi natijasida kattalashib jarga aylanadi. Chuqurlashishdan to‘xtagan, yon bag‘ri yotiq va tagiga chim bosilgan yassi jarlik to‘sin deyiladi. Qarama- qarshi tomonlari birlashgan joy bel yoki egar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |