Ma`ruza 5 Joyning plan, karta va profili. Masshtablar. Darsning maqsadi


Download 141.55 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi141.55 Kb.
#1059618
  1   2   3   4
Bog'liq
Joyning plan, karta va profili. Masshtablar


Ma`ruza 5
Joyning plan, karta va profili. Masshtablar.


Darsning maqsadi: Joyning plan va kartalari, ularning turlari haqida tushunchalar berish. Plan va kartalardagi chiziqning profilini qurishni urganish. Masshtablar, masshtab turlari, masshtablar yasash, masshtab aniqligi va uni aniqlashlar haqida ma`lumotlar berish. Shu bilan birga plan va kartadagi to`g’riva egri chiziqlar uzunligini aniqlash usullarini urganish.
Reja.

  1. Plan.

  2. Karta.

  3. Profil`.

  4. Masshtablar.

  5. Planda siniq va egri chiziq uzunliklarini aniqlash.

Er yuzasidan to`g’ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo`yicha qog’ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yul, kanal, tog’-tepa, soy kabi joylar yuzasini harakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situaciya deyiladi) o`rni to`la ko`rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekislikka proekciyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proekciya joyga o`xshamasligi (karta) yoki o`xshash bo`lishi mumkin.


Plan. Joy kichik bo`lagining Er egriligini hisobga olmay kichraytib, o`xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proekciyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to`la ko`rsatilib, joyning baland-pastligi (rel`efi) ko`rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy rel`efi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi.
Karta. Er yuzasining katta bo`lagi sfera bo`lganidan uni tekislikka o`xshash holda proekciyalab bo`lmaydi. Katta joyni qog’ozda tasvirlashda kartografik proekciyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o`zgartirib tushiriladi. Er yuzasining katta qismini Erning egriligini hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o`zgartirib, kichraytib qog’ozda tasvirlangan proekciyasi karta deyiladi. Kartada butun Er yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar to`rli masshtabda tuziladi. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo`linadi: a) yirik masshtabli kartalar; bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha bo`lgan kartalar kiradi; b) o`rta masshtabli kartalar; bo`lap jumlasiga masshtab 1:100 000 gacha bo`lgan kartalar kiradi; v) mayda masshtabli kartalar; bo`larga masshtabi 1:1000 000 dan kichik bo`lgan kartalar kiradi. Yirik masshtabli kartalar topografik kartalar bo`ladi. Joyning rel`efi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O`rta masshtabli kartalar obzor topografik kartalar deyiladi. Mayda masshtabli kartalar geografik kartalar bo`ladi.

5.1-shakl



Download 141.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling