MA’ruza dinamika: asosiy ta’riflari. Nuqta dinamikasi ma’ruza mashg’uloti rejasi: 1


Download 171.93 Kb.
bet1/5
Sana28.06.2020
Hajmi171.93 Kb.
#122104
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-maruza


MA’RUZA 8. DINAMIKA: ASOSIY TA’RIFLARI. NUQTA DINAMIKASI

MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

1. Dinamikaning asosiy tushunchalari.

2. Moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi



Tayanch so`z va iboralar: moddiy nuqtaning inertligi, inersial sanoq sistemasi, erkin va erksiz moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi
1.Inersiya qonuni. Tashqi muhitdan ajratilgan moddiy nuqta tashqaridan kuch ta’sir etmaguncha o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli va teng o`lchovli harakatini saqlashga intiladi.

Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, bitta kuch ta’sirida bo`lgan moddiy nuqta (jism) bir xil vaqt orasida turli masofaga siljiydi va tezligi har xil bo`ladi. Demak, moddiy nuqtalar bitta kuch ta’sirida o`zlarining tezligini tez yoki sekin o`zgartiradi. Bu xususiyat moddiy nuqtaning inertligi deyiladi. Moddiy nuqtaning inertlik o`lchovi fizik miqdor bo`lib, u (m) massa deb ataladi.

To`g`ri chiziqli va teng o`lchovli harakat moddiy nuqtaning inersiyasi bo`yicha harakatidan iborat. Bu hodisani ta’riflovchi qonun dinamikaning birinchi qonuni deb yuritiladi.

Dinamikaning birinchi qonunini qanoatlantiradigan sanoq sistemasi inersial sistema deyiladi. Inersiya qonuni bajarilmaydigan sanoq sistema inersial bo`lmagan sistema deb ataladi.



Markazi Quyosh bilan ustma-ust tushuvchi, o`qlari esa mos ravishda tanlab olingan yulduzlarga tomon yo`nalgan sanoq sistemaning inersial ekanligi tajribada aniqlangan. Ko`pincha, texnik masalalarni yechishda, Yer bilan mahkam bog`langan sistemaga inersial sanoq sistemasi deb qaraladi. Bu holda Yerning o`z o`qi atrofidagi aylanma harakati hamda Quyosh va yulduzlarga nisbatan harakati hisobga olinmaydi.




42-rasm

2. Dinamikaning asosiy qonuni. Moddiy nuqtaning harakatlantiruvchi kuch ta’siridan olgan tezlanishi shu kuch yo`nalishida bo`lib, miqdori mazkur kuch miqdoriga proporsionaldir (42-rasm). Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha yoziladi:

, (8.1)

bu yerda - harakatlantiruvchi kuch, - nuqtaning massasi, -

nuqta tezlanishi.


(8.1) vektor tenglama moddiy nuqta dinamikasining asosiy tenglamasi deyiladi. (8.1) formuladan ko`ramizki, muayyan kuch ta’sirida moddiy nuqtaning oladigan tezlanishi faqat kuch kattaligigagina emas, balki nuqta massasiga ham bog`liq.

Agar moddiy nuqta faqat o`zining G og`irlik kuchi ta’sirida Yerga erkin tushsa, F=G , a=g bo`lib, (8.1) ifoda



G=mg (8.2)

ko`rinishni oladi. Demak, moddiy nuqtaning og`irlik kuchi bilan massasi o`zaro (8.2)

tenglik bilan bog`langan ekan.

Agar moddiy nuqtaning og`irlik kuchi aniq bo`lsa, uning massasini (8.2) ga ko`ra



(8.3)

formuladan topish mumkin.

Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da massa birligi qilib (1kg), vaqt birligi qilib sekund (1s), uzunlik birligi qilib metr (1m) qabul qilingan.

Binobarin, kuch birligi quyidagicha bo`ladi:



.

Demak, massasi 1kg bo`lgan moddiy nuqtaga 1m/s2 tezlanish bera oladigan kuch Nyuton deb ataladi.



3. Ta’sir va aks ta’sir qonuni. Har bir ta’sir o`ziga teng va qarama-qarshi yo`nalishdagi aks ta’sirni vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda, ikkita jismning bir-biriga ta’sirilari o`zaro teng va qarama-qarshi yo`nalgan (43-rasm). A jismning B jismga ko`rsatgan ta’siri bo`lsa, uchinchi qonunga ko`ra, B ning A ga ko`rsatgan ta’siri bo`ladi. Bu qonundan jismlar muvozanatda degan xulosa kelib chiqmaydi, chunki kuchlar har xil jismlarga qoyilgan. Mazkur qonun ikkita jismning o`zaro ta’sirini xarakterlaydi.







Download 171.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling