Ma’ruza Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahlili hamda xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish
Download 215.32 Kb. Pdf ko'rish
|
6-маъруза
Ma’ruza 6. Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahlili hamda xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish Reja: 1. Nazariy va eksperimental tadqiqotlarning tahlili sxemasi. 2. O’rganilayotgan hususiyatlarning asosiy statistik ko’rsatkichlari. 3. O’rganilayotgan o’zgaruvchilar o’rtasidagi korrelyatsion bog’liqlik. Ma’lumotlarning korrelyatsion, regression, dispersiyali va faktorli tahlili. 4. Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun dasturiy paketlar. Kalit so’zlars: minimal, o’rtacha va maksimal og’ish, standart og’ish, o’rta kvadratik og’ish, dispersiya, adekvatlik, korrelyatsiya, qo’shma tahlil, klasterli tahlil, dispersiyali tahlil, regression tahlil, faktorli tahlil, dasturiy paketlar, Statistica, Vortex, SPSS. Nazariy va eksperimental tadqiqotlarning qo’shma tahlil qilish uchun asos ilgari surilgan ishchi gipotezani tajriba natijalari bilan taqqoslash hisoblanadi. Nazariy va eksperimental ma’lumotlarni taqqoslash mos grafiklarni taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Taqqoslash mezonlari sifatida eksperimental natijalarni nazariy bog’lanishlar asosida hisoblab topilgan ma’lumotlardan minimal, o’rtacha va maksimal og’ishi bo’lishi mumkin. O’rta kvadratik og’ish va dispersiyani hisoblash ham mumkin. Biroq, eng aniq mezon sifatida nazariy bog’lanishlarni eksperimentallariga adekvat (mos) bo’lishi deb hisoblasa bo’ladi. Nazariy-eksperimental tahlil natijasida uch holat ro’y berishi mumkin: 1) ishchi gipotezani, nazariy nuqtai-nazarni eksperiment natijalari bilan to’liq yoki juda yaxshi mos kelishi aniqlangan. Bundan tashqari, olingan tadqiqot materiallari shunday guruhlanadi-ki, ulardan oldin ishlab chiqilgan ish gipotezasining asosiy qoidalaridan kelib chiqsin, natijada ular isbotlangan nazariy qoidalarga, nazariyaga aylanadi; 2) eksperimental ma’lumotlar ishchi gipoteza qoidalarini qisman tasdiqlaydi va uning u yoki bu qismiga zid keladi. Bunday holatda, ishchi gipoteza o’zgartiriladi va shunday qayta ishlanadi-ki, natijada u tajriba natijalariga to’liq mos keladi. Ko’pincha ishchi gipotezadagi o’zgarishlarni tasdiqlash uchun qo’shimcha aniqlashtiruvchi tajribalari o’tkaziladi va undan keyin u ham nazariyaga aylanadi; 3) ishchi gipoteza tajriba bilan tasdiqlanmaydi. Bunda u tanqidiy tahlil qilinadi va to’liq qayta ko’rib chiqiladi. Keyin, yangi ishchi gipotezani hisobga olgan holda yangi eksperimental tadqiqotlar olib boriladi. Ilmiy ishning salbiy natijalari, odatda, tashlanadigan natijalar bo’lmaydi, aksariyat hollarda ob’ektlar, hodisalar va jarayonlar haqida to’g’ri tushunchalar ishlab chiqishga yordam beradi. Tahlil tugagandan so’ng xulosalar yoki takliflar shaklida yakuniy qaror qabul qilinadi. Ishning bu qismi yuqori malakani talab qiladi, chunki tadqiqot natijasidan qisqa, aniq va ilmiy ko’rinishda yangi va ahamiyatli bo’lgan qismini ajratib olish, unga keng qamrovli baho berish va keyingi tadqiqot yo’llarini aniqlash kerak. Odatda bitta mavzu bo’yicha juda ko’p xulosalar berish tavsiya etilmaydi (5-10 dan oshmasligi kerak). Tadqiqotning belgilangan maqsadiga javob beradigan asosiy xulosalar bilan bir qatorda, boshqalarini ham berish zaruriyati bo’lsa, mavzuning asosiy vazifasiga javobni to’sib qo’ymaslik uchun ular alohida shakllantiriladi. Barcha xulosalarni ikki guruhga bo’lish mumkin: ilmiy va ishlab chiqarish. Ilmiy izlanishlar olib borishda ixtiro va kashfiyotlarning davlat ustivorligini himoya qilish uchun harakat qilinadi. Quyida nazariy va eksperimental tadkikotlarni tahlil qilishning namunaviy sxemasi keltiriladi. Nazariy va eksperimental tadqiqotlarning umumiy tahlili. Eksperimentlarni nazariya bilan taqqoslash. CHetlashishlarni tahlil qilish. Nazariy modellarni, tadqiqotlarni va xulosalarni aniqlashtirish. Qo’shimcha tajribalar o’tkazish (agar kerak bo’lsa). Gipotezani nazariyaga aylantirish. Xulosalarni shakllantirish, ilmiy-texnik hisobotni tuzish. Tahrirlash. Doklad tayyorlash. Qo’lyozmani tuzatish. Tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish jarayonida birinchi qadam bo’lib o’rganilayotgan xususiyatlarning statistik ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ularning orasida quyidagi ko’rsatkichlar ko’rsatib o’tish mumkin: Download 215.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling