Ma’ruza 6. Operatorlar. Shart operatorlari
Reja:
1. Taqqoslash amallari
2. Mantiqiy operatorlar
3. Shart operatorlari. if operatori
4. if...else operatori
5. ?: shart amali
6. switch operatori
Tayanch iboralar: include, cout, cin, if, o’zgaruvchi, identifikator,
else, switch, case, default.
7.1. Taqqoslash amallari
C++ tilida qiymatlarni solishtirish uchun taqqoslash amallari aniqlangan.
Taqqoslash amali binar amal bo’lib, quyidagi ko’rinishga ega:
< operand2>
Taqqoslash amallarining natijasi - taqqoslash o’rinli bo’lsa, true (rost), aks
holda false (yolg’on) qiymat bo’ladi. Agar taqqoslashda arifmetik ifoda qatnashsa,
uning qiymati 0 qiymatidan farqli holatlar uchun 1 deb hisoblanadi.
Taqqoslash amallari va ularning qo’llanishi