Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
AKT VA MEDIA SAVODXONLIK
moduli bo‘yicha
“Ta’limiy faoliyatida sun’iy intellektga asoslangan dasturlardan samarali
foydalanish”
o‘quv kursining
“Sun’iy intellekt va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Toshkent 2021
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Mavzu. Sun’iy intellekt va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati
Reja:
1. Sun’iy intellekt va uning rivojlanish tarixi
2. Sun’iy intellekt xususiyatlari
3. Ta’limda sun’iy intellekt
Tayanch tushunchalar: sun’iy intellekt, robot,
robototexnika, chatbot, chuqur
o’rganish,
bulutli hisoblash, kvant hisoblash,
biometrik xaritalash, ta’limni
individuallashtirish.
1. Texnologik taraqqiyot va insoniyat ehtiyojlarining umumiy talabi sun’iy aqlning
hayotimizning barcha sohalariga kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. U inson aqlining
muqobili sifatida ko‘rilmoqda va tibbiyot, iqtisod, ta‘lim kabi ko‘plab sohalarning
rivojlanishida asosiy rol o‘ynamoqda. SI dan davlat tashkilotlarida foydalanish keng
yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, sun’iy intellekt usullari
moliya sohasida qaysi
operatsiyalarda firibgarlik bo‘lishi mumkinligini aniqlashda, tezkor va aniq kredit
qarorlarini qabul qilishda, shuningdek, ma‘lumotlarni boshqarish bo‘yicha vazifarni
avtomatlashtirishda yordam bermoqda. Sun’iy intellektni puxta o‘rganish natijasida
har bir shaxs kelajakda o‘z kasbida undan samarali foydalanish,
uning
imkoniyatlarini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.