Ma`ruzachi: Shuhrat Boboyorov Mavzu: Paleografiya va Epigrafika fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja: yozuvlar haqida umumiy ma’lumot


Download 252.24 Kb.
bet1/7
Sana27.12.2022
Hajmi252.24 Kb.
#1069162
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Paleografiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIM VAZIRLIGI
Fan: Tanlov fanlari (Paleografiya)
Navoiy-2021
Navoiy viloyat XTXQTMOHM
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi ” kafedrasi


Ma`ruzachi: Shuhrat Boboyorov
Mavzu:Paleografiya va Epigrafika fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:
1. YOzuvlar haqida umumiy ma’lumot.
2. Epigrafika faniga kirish, fanning predmeti
3. Deshifrovka tushunchasi haqida.
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi.
Yozuv 5-6 ming yil avval Misr, Mesopotamiya, Xett, Hindiston va Xitoyda kashf etilgan.
SHumerda (Mesopotamiya) mil.avv. IV – ming yillikda mixsimon ieroglif YOzuvi kashf qilingan. SHumer YOzuvlari suratli YOzuvlar bo’lib aytmoqchi bo’lgan fikr surat shaklida aks ettirilgan. Lekin suratli so’zlar bilan ko’p narsani ifoda etib bo’lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat YOzuvi kashf etilgan. Mixxat belgili YOzuvlar 600 dan ortiq bo’lgan.Bu YOzuv 3 ming yillikda SHumerda ixtiro qilingan. Mesopotamiyaning Ur, Bobil, Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud bo’lgan. Mixxat YOzuvi Old Osiyoga keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan.
Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli ieroglif kashf etilgan. Misr YOzuvida narsa va xodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo’lib zamonlar o’tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (m.a.2800-2250 y.y.) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo’lgan.1822 – yil Jak Fransua SHampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o’yilgan bir xil mazmundagi Misr va YUnon YOzuvlarini o’qishga muvaffaq bo’lgan (Rozetta tosh hozirgi kunda Londondagi “Britaniya” muzeyida saqlanadi). Misrliklar YOzuvi o’ngdan chapga qarab yozilgan, SHumerliklar YOzuvi esa chapdan o’ngga qarab yozilgan.

Download 252.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling