Masalani muhokama qilib yechish- o‘quvchi mantiqiy tafakkurini
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq305-306 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoyeva Yulduz Amin qizi BuxDUPI 1- kurs magistranti Annotatsiya
- Tayanch so‘zlar
305 MASALANI MUHOKAMA QILIB YECHISH- O‘QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI O‘STIRUVCHI VOSITA SIFATIDA https://doi.org/10.5281/zenodo.6568840 Shoyeva Yulduz Amin qizi BuxDUPI 1- kurs magistranti Annotatsiya: Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini masalani muhokama qilib yechish ko‘nikmasini shakllantirish orqali ularda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari va uning afzalliklari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Tayanch so‘zlar: masala, masala muhokamasi, mantiqiy masalalar, mantiqiy tafakkur, masalani yechish usullari, individual topshiriqlar. Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ushbu davrda har tomonlama bilimga ega, ilmli, bilim salohiyati kuchli, jahon yoshlari bilan teng raqobatlasha oladigan yosh avlodni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ham prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yuksak ma’naviyat egalari qilib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. U kishi ta’kidlaganlaridek har tomonlama bilimli, barcha fanlarni chuqur biladigan yoshlarni yetishtirishda matematika faniga e’tiborni kuchaytirish lozim. Chunki matematika hamma fanlarga asos. “Matematika fanini bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab keta oladi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib- intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurni kengaytiradi.” deydi davlatimiz rahbari. Darhaqiqat, maktab matematika ta’limi oldida turgan bosh talablardan biri-mustaqil fikrlovchi, o‘quv topshiriqlarini ijodiy yondashib, mustaqil bajara oladigan, mantiqiy tafakkuri yuqori shaxsni shakllantirishdan iborat. Matematikadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini o‘stirishda “masala” tushunchasi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Matematika darsida o‘quvchilar masalalarni yechish orqali predmetlar orasidagi bog‘lanishlarni tahlil qiladilar. Ayniqsa, masalalarni muhokama qilib yechish orqali o‘quvchi mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati bilan bir qatorda, ularning mustaqil fikrlashi ham kengayadi. Ko‘p yillik kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari masala shartini tuzishga va uni tahlil qilishga qiynalishadi. Shu sababli ularda masalani sinfda muhokama qilib yechish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bu orqali birinchidan, masala yechimini topish oson bajariladi, ikkinchidan, vaqt tejaladi, uchinchidan, masalani yechish usullari, yo‘llari yaxshi o‘zlashtiriladi va eng asosiysi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash tasavvurlari kengayadi, tafakkurlari oshadi. Avvalo masala tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu tushuncha sermazmun tushuncha bo‘lib, uning yagona bir ta’rifi yo‘q. Har kim bu tushunchani o‘z sohasi bo‘yicha turlicha talqin qiladi. Olimlarning fikrlaridan kelib chiqqan holda masalani bir necha yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganamiz: 1. Muammoli holat sifatida qarash. 2. Berilgan shart asosida subyekt faoliyatining maqsadi sifatida qarash. 3. Masalaning belgili xarakterdagi talqinini qarash. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha A.M.Matyushkin “masala” va “muammoli holat” tushunchasini farqlab, “masala” tushunchasini harakatning maqsadini, harakatni bajarish shartlari va bajariladigan harakatning ayrim talablarini o‘z ichiga olgan intellektual topshiriqlarni bajarishda ishlatilishini ta’kidlaydi. Masalani yechish degan so‘z, bu berilganlar va izlanadiganlar orasida aloqa, muammoli holatni o‘rnatish demakdir. Psixologlar fikricha kishilar uchun muammoli holatni yaratish negizida kelishmovchilik va ziddiyat turadi. Demak, masala yuzasidan ziddiyat kelib chiqdimi, bu jarayon ko‘pchilik orasida, turli xil qarashlar va bilimlarning o‘rtaga tashlab, fikr bildirishlar natijasida hosil bo‘ladi. Bundan shu ma’lum bo‘ladiki, masalani birinchi yo‘nalish bo‘yicha, muammoli holat sifatida qarab yechish sinfda o‘quvchilar orasida o‘zaro munozara va muhokamani keltirib chiqaradi. O‘quvchilar o‘z o‘zidan masala muhokamasiga kirishishar ekan, berilgan masalani yechishning yo‘lini qidirib, bir masalani yechishning turli usullarini o‘rganib borishadi. Shu bilan birga masala turli tomondan talqin qilinib turlicha yondashib yechilar ekan, bu orqali o‘quvchilarda uchraydigan muammoli holat yuzasidan yechim topish ko‘nikmasi shakllanadi, ularning mantiqiy o‘ylab ish qilish qobiliyatlari oshadi, tafakkurlari rivojlanadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ayrim hollarda bir o‘quvchi uchun muammoli hisoblangan holat boshqa bir o‘quvchi uchun muammoli bo‘lmasligi mumkin. Bu bevosita o‘quvchilarning bilim salohiyatlariga, biluv imkoniyatlariga bog‘liq. Berilganlar va izlanayotganlar orasidagi farq masalani yechayotgan 306 o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlariga bog‘liq. Bu kabi sinf o‘quvchilari orasidagi farqlarning oldini olish va har bir o‘quvchining o‘z imkoniyati doirasida ularning mantiqiy tafakkurini asta-sekinlik bilan rivojlantirishga erishish uchun darslarda o‘qituvchi o‘z mahoratini ishga solishi, sinf o‘quvchilarining bilimidan kelib chiqqan holda ularga individual topshiriqlar tayyorlab kelishi bilan ham ko‘zlangan natijaga erishishish bir muncha osonlashadi. Yani, intellektual imkoniyatlari yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun tayyorlanadigan topshiriqlarda intellekti pastroq o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan topshiriqlarga nisbatan ko‘proq noma’lumlar qatnashgan masalalar tuzish, keyinchalik esa shu murakkabroq masalalarni intellekti pastroq o‘quvchilarga ham topshirish lozim. Bu usulni qo‘llash orqali garchi, bu uzoqroq vaqtni olsa ham, sinf o‘quvchilarining intellekti bir qancha tenglashishiga erishish mumkin. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatini imkon qadar tenglashtirishga erishgandan so‘ng guruh jamoasi bilan masalalar muhokamasini birgalikda qilish, masalani turli tomondan tahlil qilish orqali ularning mantiqiy tafakkur ham sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tganlarimizdan xulosa qiladigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini masalani muhokama qilib yechishga o‘rgatish orqali ularning mantiqiy fikrlashini oshirishga erishish mumkin. Sababi, masalani muhokama qilib yechish mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi eng muhim vositadir. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling