Mashg‘ulot: Oziqalarning proteinli to‘yimliligi. Mashg‘ulot maqsadi


Download 20.9 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1450100
  1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg‘ulot. Oziqalarning proteinli to‘yimliligi. (1)


5-mashg‘ulot:. Oziqalarning proteinli to‘yimliligi.
Mashg‘ulot maqsadi: oziqalarning proteinli to‘yimliligini baholashni o‘rganish, hayvonlar ratsion tarkibidagi proteinning ahamiyatini bilish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oziqalaning protein to‘yimliligi deganda hayvonlarning aminokislotalarga bo‘lgan talabini qondirishga aytiladi.
Oziqalarning proteinli to‘yimligi ularning 1 kg tarkibi yoki 1 oziqa birligi hisobidagi xom yoki hazmlanuvchi proteinning (gramm yoki foizda) saqlanishiga qarab baholanadi. Bundan tashqari oziqalarning proteinli to‘yimligiga baho berishda uning tarkibiga qarab baho berish katta ahamiyatga ega.
Protein oqsil va amidlardan tashkil topgan. Oziqa tarkibidagi oqsil miqdori protein bilan amidlar ayirmasiga teng.
Oziqalarning proteinli to‘yimligiga baho berishda uning bioligik qiymatiga baho beriladi. Ushbu usullardan biri – hazm bo‘lgan azotli modalardan foydalanish koeffitsienti hisoblanadi, bunga hayotni saqlash va mahsulot sintezi uchun sarflangan azotli moddalarning hazm bo‘lgan azotli moddalarga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Buni quyidagi formula yordamida anniqlash mumkin:

Bunda: FK - hazm bo‘lgan azotli modalarning foydalanish koeffitsienti,%.
SHuni ta’kidlash joizki, azotli moddalarning foydalanish koeffitsientini vitamin va minerallar bilan tenglashtirilgan ratsionlarda aniqlash maqsadga muvofiq, chunki oqsil almashinuvi mineral va vitaminlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hayvonot olamidan olinadigan oziqalar tarkibidagi oqsilning biologik qiymati yuqori bo‘ladi va o‘rtacha 75-90% ni tashkil etadi. Boshoqli donlar (bug‘doy, suli, arpa) oqsilning biologik qiymati cho‘chqa va parrandalarni oziqlantirishda o‘rtacha 60-70% tashkil etadi, kunjara va shrotda – 70%. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda dukkakli pichan tarkibidagi oqsilning biologik qiymati – 80%, kartoshkada – 88%, ko‘k oziqalarda – 75-80% tashkil etadi.
Oziqaning proteinli to‘yimligigini biologik usul bilan ham baholash mumkin, buning uchun proteinli oziqalar bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan yosh hayvonlarning o‘sish va rivojlanishi standartli ratsion bilan oziqlantirilgan hayvonlarga nisbatan taqqoslanadi.
Oziqalarning proteinli to‘yimligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu ular tarkibida saqlanadigan aminokislotalardir. YOsh hayvonlarning o‘sish va rivojlanishi yoki mahsulot sintezi uchun organizmida etarli darajada sintez bo‘lmaydigan aminokislotalar, o‘rinalmashmaydigan aminokislotalar guruhiga kiradi, ular oziqa tarkibida qancha yuqori bo‘lsa, ushbu oziqa proteinining biologik qiymati shuncha yuqori hisoblanadi (12-jadval). 12-jadval
Aminokislotalar tasnifi

O‘rinalmashmaydigan

O‘rinalmashadigan

Arginin, valin, gistidin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, triptofan, treonin, fenilalanin

Alanin, aspargin kislotasi, glutamin kislotasi, *glitsin, prolin, serin, tirozin, sitrulin, **sistin, sistein

Izoh: *glitsin – faqat jo‘jalarni oziqlantirishda o‘rinalmashmaydigan aminokislota hisoblanadi;
**sistin – o‘rinalmashmaydigan aminokislota metionning 30-50% o‘rnini bosish mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki kavsh qaytaruvchi hayvonlarning aminokislotalarga bo‘lgan talabining o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. Ularning oshqozon oldi bo‘limlarida proteinning 60-70% mikrob va infuzoriy oqsili sinteziga aylanadi, ushbu mikrobiologik oqsil tarkibi o‘simlik oqsili tarkibiga nisbatan o‘rinalmashmaydigan aminokislotalarga juda boy bo‘ladi. Ushbu mikroflora hayoti simbiotik xaraktakterga ega bo‘lib nobud bo‘lgandan so‘ng oqsilning qolgan qismi shirdon va ingichka ichak bo‘limida proteolitik fermentlar ta’sirida hazmlanadi, ya’ni bir kamera oshqozonli hayvonlarday kabi. Aynan shunday xususiyat kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun oziqalarning proteinli to‘yimligini baholashda uning shirdonda parchalanadigan va parchalanmaydigan qismlarni hisobga olish kerak bo‘ladi, ushbu nisbat 60-70:30-40 bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Cho‘chqa va parrandalarni oziqlantirishda oziqa va ratsionning proteinli to‘yimligini baholashda uning tarkibidagi o‘rinalmashmaydigan aminkislotalar bilan ta’minlangaligi, ularning saqlanishi, azotli moddalarning foydalanish koeffitsientini oshirishda ahmiyatga ega. Bir kamerali hayvonlarni oziqlantirishda asosan lizin, metionin va triptofan aminokislotalarning etishmovchiligi kuzatiladi, shuning uchun ular kritik aminokislotalar deb nom olgan.
Oziqalar tarkibida saqlanadigan kritik aminokislotalar to‘g‘risida ma’lumot 2-ilovada keltirilgan.
O‘simiklar tarkibida bo‘ladigan proteinda oqsil xususiyatga ega bo‘lmagan amidlar guruhi saqlanadi, ular erkin aminokislotalar, aminokislotalar amidlari, azotli alkoloidlar, organik ishqorlar va amoniy birikmalar, shu jumladan nitrat va nitritlardan ham tashkil topgan. Ayrim amidlar o‘simlik organizmida oqsil sintezi to‘lig‘icha hosil bo‘lmagan yoki ferment va bakteriyalar yordamida parchalanish jarayonida bo‘lgan mahsulotlardir.
Bahorgi ko‘k o‘t, lavlagi va kartoshka tarkibidagi azotli moddalarning 50-70% amidlarga to‘g‘ri keladi. Nitrat, nitrit va amiakning ratsionda me’yordan ziyod ko‘payib ketishi subklinik zaharlanishga sabab bo‘ladi, ular tez qonga so‘rilish xususiyatga ega bo‘lib qonda karbonat angridridning qo‘payishiga sabab bo‘ladi va “qora qon” kasalligiga olib keladi.
Oziqabop o‘simliklarni (boshoqlilar o‘ti, hashaki va qand lavlagi) azotli o‘g‘itlar bilan 1 ga er maydoniga 200-300 kg miqdorda, ayniqsa suv etishmagan yoki qurg‘oqchilik sharoitda etishtirish nitrat va nitritlarning zaharlovchi miqdorda to‘planishiga sabab bo‘ladi.
SHuni ta’kidlash joizki, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda mikroflora tomonidan amidlarni amiakgacha parchalash va undan shaxsiy tana sintezizini hosil qilish imkoniyati mavjud. Aynan shunday xususiyat qoramol va qo‘ylarni oziqlantirishda sun’iy azotli moddalardan foydalanish imkonini beradi. 13-jadvalda kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun ratsionning proteinli to‘yimligini oshirish uchun qo‘llaniladigan azotli birikmalar va ularning hazmlanuvchi protein o‘rnini bosuvchi ekvivalenlari keltirilan.
13-jadval
Sun’iy azotli oziqaviy qo‘shimchalar

Azot saqlovchi birikma

Hazmlanuvchi protein o‘rnini bosuvchi ekvivalent

Mochevina (karbamid)

2,6

Sulfatamoniy

1,2

Diamoniyfosfat

1,2

Mochevina fosfati

1

Bikarbonat amoniy

0,95

Shuni ta’kidlash joizki, sun’iy azotli birikmalar hayvonning proteinga bo‘lgan talabining 25-30% miqdorda, faqat katta yoshdagi mollar ratsionida foydalanish mumkin, bunda ratsion albatda energiya, engil hazmlanuvi uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Protein etishmovchiligi natijasida organizmda yuz beradigan simptomlar: protein etishmgan holatlarda yoki uning to‘liq qiymatsizligi natijasida urg‘ochi hayvonlarda qochirish mavsumida kuyga kelish muddati cho‘ziladi, tuxum xo‘jayralarining rivojlanishi susayadi, ularning sifati pasayadi va miqdori kamayadi. Kuyukish yo‘qoladi, tuhumning otalanishi susayadi va pushtsizlikga sabab bo‘ladi. Bug‘oz hayvonlarda otalangan tuxumning so‘rilib ketishi kuzatiladi yoki nimjon bola tug‘iladi. Bunda azot balansi manfiy bo‘ladi, yoki tanada oqsilning sintezlanishi to‘liq amalga oshmaydi, sutdorlik va uning yog‘ligi hamda hayvonning semizlik darajasi pasayadi. YOsh mollar o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. 1 kg o‘sishi uchun oziqa sarfi ortib boradi, organizmning turli kasalliklarga nisbatan rezistentligi pasayib ketadi. Qon zardobida oqsilning umumiy miqdori, albumin va globulin kamayadi.
Uzoq muddatda me’yordan ziyod oqsil bilan oziqlantirish natijasida - modda almashinuvi buziladi, azot va aminokislotalarning foydalanish koeffitsienti pasayadi, urg‘ochi mollarda otalanish susayadi va qisr bo‘lishiga sabab bo‘ladi, qon tarkibida umumiy oqsil miqdori, mochevina va mocha kislotasi ortadi.

Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling