Mashhur qora qashqar ayg’irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. Berilgan gapda qaysi nisbatdagi fe’llar ishtirok etgan? aniq nisbat
Download 11.28 Kb.
|
6-ona tili elementar
1.Mashhur qora qashqar ayg’irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. Berilgan gapda qaysi nisbatdagi fe’llar ishtirok etgan? 1)aniq nisbat; 2)orttirma nisbat; 3)o’zlik nisbat; 4)majhul nisbat; 5)birgalik nisbat; A)1, 2 B)1,2,3 C)1,2,5 D)1,2,4,5 2. Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyidi. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 1 ta B) mavjud emas C) 2 ta D) 3 ta 3.Qaysi gapda fe’lning ravishga xoslangan shakli qo’llangan? A) Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, hamma sohadan xabardor bo’lishi lozim. B) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kin yo’q joyda chalingan kuyga o’xshaydi. C) Malika dunyodan o’tgach, unga bag’ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi. D) To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla. 4.Qaysi gapda harakat-holatning bajarilishi haqidagi xabar ma’nosi ifodalangan? A) Nugoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi. B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko’rib qo’ysin. C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir. D) Dushmanimning do’sti dushmanim, do’stimning do’sti do’stimdir. 5.Qaysi misrada qo’shma yasama fe’l qo’llangan? A) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? B) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. 6.Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. B) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. C) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. D) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! 7.Qaysi gapda zamon shaklini qo’llash bilan bog’liq imloviy xatoga yo’l qo’yilgan ? A) Mana bu shotutni bobosi ekkan ekan B) Barglar sarg’ayib to’kilmoqda C) Gulnora yakshanba kunlari kelardi D) Kimdir bog’da anor ko’mayapti 8.Qaysi javobda keltirilgan gapda davomiy bo'lishsizlik ifodalangan? A) Men bu vazifani bajarmay qo'ymayman. B) O'quvchi bu asarni o'qib qo'ymadi. C) Har yili bu voqea bo'lib turar edi.D) Sobir darsga kelmay qo'ydi. 9.Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni hushnud etish uchun g’azallar o’qib, hayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qilardi. Ushbu gapdagi fe’llarning vazifa shakllari qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) 1 payt, 1 holat ravishdoshi,2 harakat nomi,1 sof fe’l B) 2 payt ravishdoshi, 1 harakat nomi,1 sof fe’l C) 1 holat ravishdoshi, 2 harakat nomi,1 sof fe’l l D) 2 holat ravishdoshi,1 harakat nomi,1 sof fe’l 10.Noto’g’ri mulohazani aniqlang A) Ham o’timli, ham o’timsiz fe’llardan orttirma nisbat shakli hosil qilish mumkin B) Ham o’timli, ham o’timsiz fe’llardan majhul nisbat shakli hosil qilish mumkin. C) Ham o’timli, ham o’timsiz fe’llardan o’zlik nisbat shakli hosil qilish mumkin D) Barchasi to’g’ri. 11. O’rin-joy otlari berilmagan qatorni belgilang . A) shahar, mahalla B) sharq, g’arb C) viloyat, tuman D) barchasi o’rin-joy oti 12. Otlarning kichraytirish qo’shimchalari berilgan qatorni aniqlang. A) -gina, -oy B) -xon, -jon, oy C) -chi, -uv, -ch D) -cha, -chak, -choq 13. Qaysi qatordagi otlarga І shaxs birlikdagi egalik qo’shimchalari qo’shilgan? A) ruchkang, noning B) olmam, boltam C) ishtiyoqi, orzusi D) shahringiz, o’g’lingiz 14.Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang. A)Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi. B)Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik. C)Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi. D)Endi uni harbiy mashq va ta’limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do‘stlar kutmoqda edi. 15. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. A)Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan. B)Sondan yasalgan sifat qatnashgan. C)Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. D)Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan. 16.Qaysi javobda holat ravishi qatnashgan? A)Yo‘lda ikkita chol sekin gaplashib kelishayotgandi. B)U jo‘rttaga dugonasining jig‘iga tega boshladi. C)Sardor o‘ylanib turgan do‘stiga yaqinlashdi. D)Hushiga kelgan bemor qiynalib gapirardi. 17.Quyidagi gaplarning qay birida to’rtta otlashgan sifat mavjud? A) Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang, Yomondan burun o’lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang, Yaxshilik bilan unasan. B) Baxilning qo’lida oy bo’lsa olamni yoritmas. C) Kattaga kattasan, kichikka kichiksan D) A, C Otlashgan son qatnashgan gapni toping. A) Ikkalasi navqiron aktrisaga mahliyo bo`lib qolishdi B) Shu xatlardan ikkitasi sho`rroq yigit yozgan edi C) Bu yerda u sakkizinchi va to`qqizinchi sinflarda o`qirdi D) A,B,C 65.Hisob so‟z mavjud gapni aniqlang. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‟rt piyola choy ichdi. 2.Uch- to‟rt qadam narida yotgan aravani endi ko‟rdi 3.Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo‟ladi. 4.Abdulla qovunchiga o‟sha va‟da qilingan 50 gektar yer berild A.1,3,4 B.1,2 C.1,2,3,4 D) faqat 4 . Quyidagi gap tarkibida necha o’rinda ravish ishtirok etgan? Tashqaridagi daraxtlar bu yil biroz kamroq hosil qildi. A)3 o’rinda B) 2 o’rinda C) 4 o’rinda D) 5 o’rinda Download 11.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling