Maslouning ehtiyojlar piramidasi Ehtiyojlarga birma-bir tavsif Fiziologik ehtiyojlar
Download 83 Kb.
|
Abraham Maslouning psixologiyaga qo’shgan hissasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maslouning ehtiyojlar piramidasi
- Ehtiyojlarga birma-bir tavsif
Abraham Maslouning psixologiyaga qo’shgan hissasi Reja: Maslouning ehtiyojlar piramidasi Ehtiyojlarga birma-bir tavsif Fiziologik ehtiyojlar Maslou nazariyasiga bildirilgan tanqidlar Maslouning ehtiyojlar piramidasi Inson xulq-atvoriga nima turtki bo’ladi? Maslouning ehtiyojlar piramidasi motivatsiya mavzusidagi eng mashxur nazariyalardan biri hisoblanadi. Gumanistik psixolog Abraham Maslouning fikricha, bizning xatti-harakatlarimiz ma’lum bir ehtiyojlarni qondirishga yo’nalgan. Maslouning ehtiyojlar piramidasi Maslou o’zining ehtiyojlar piramidasi nazariyasini ilk bor 1943-yilda chop etilgan “Shaxs motivatsiyasi nazariyasi” nomli maqolasida va undan keyin nashr etilgan Motivatsiya va Shaxsiyat asarida keltiradi. A. Maslou nazariyasi bo’yicha, inson, eng avvalo o’zining birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi. Birinchi darajali ehtiyojlar qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi. Gumanistik yondashuv tarafdori bo’lgan Maslou hayotda o’z o’rnini topish istagi, ya’ni hayotda nimalarga erishishi mumkin bo’lsa, shularga erishishga bo’lgan xohish-istak insonda tabiatan mavjud ekanligiga ishonar edi. Birlamchi ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, xavfsizlikka, mehr-muhabbat va boshqalar tomonidan tan olinishga bo’lgan ehtiyoj qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Maslouning ehtiyojlar piramidasi 5 bosqichdan iborat. Ehtiyojlarga birma-bir tavsif Maslou ierarxiyasi ko’pincha piramida ko’rinishida tasvirlanadi. Piramidaning eng quyi qismi bazis ehtiyojlarni tashkil etsa, eng murakkab turdagi ehtiyojlar piramidaning yuqori qismida joylashgan. Eng muhim fiziologik ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, suvga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan ehtiyoj piramidaning quyi qismidan o’rin olgan. Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga, xususan xavsizlik va himoyaga bo’lgan ehtiyojga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Mehr-muhabbat, do’stlik va yaqinlikka bo’lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Ular sotsial xarakterdagi ehtiyojlar sirasiga kiradi. Ehtiyojlar piramidasining yuqoriroq bo’g’inida hurmatga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo’lgan ehtiyoj, ya’ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat demakdir. Karl Rojers kabi Maslou ham insonning hayotda o’z o’rnini topishi masalasiga alohida urg’u bergan, bu jarayon o’z yashirin imkoniyatlari haqiqatga aylanishi uchun uning shaxs sifatida o’sishi va rivojlanishidan iborat. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling