Oziq ovqat mahsulotlari sifatidagi muammolar


Download 18.08 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi18.08 Kb.
#1510794
TuriРешение
  1   2
Bog'liq
Shaxzod tezis


OZIQ OVQAT MAHSULOTLARI SIFATIDAGI MUAMMOLAR.
Toshkent kimyo texnologiya institute Shahrisabz filiali talabasi
Safarov Shaxzod Sharofiddinovich
Аннотация: В статье решение проблем безопасности пищевых продуктов и их решения, действительно, сегодня в нашей стране функционирует около 10 тыс. предприятий пищевой промышленности, доля которых в ВВП составляет более 16% ( % ). Когда мы говорим о безопасных продуктах питания, мы обычно имеем в виду высококачественные, экологически чистые продукты, не содержащие генетически модифицированных организмов (ГМО), без вредных элементов, связанных с пищевыми продуктами, таких как пестициды.
Annotatsiya: Maqolada Oziq-ovqat xavfsizligi muamolari va yechimlarini hal qilish, darhaqiqat bugungi kunda mamlakatimizda 10 mingga yaqin oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 16 foiz (%)dan ko’proqni tashkil qiladi. Xavfsiz oziq-ovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz (GMO), pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz.
Ключевые слова. ГМО, пестициды, мясо и молочные продукты, растения
Kalit so’lar. GMO, pestitsidlar, go’sht va sut mahsulotlari, o’simliklar
Kirish.Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Iste’molchilar har doim sifatli va xavfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Xavfsiz oziqovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, GMОsiz (genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz),pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo’lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, atrofmuhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sog’lig’ini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko’pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi.

Download 18.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling