Matematika fanidan 5-sinflar uchun viktorina savollari


Download 50.08 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi50.08 Kb.
#1131860
  1   2   3
Bog'liq
mantiqiy savollart


Matematika fanidan 5-sinflar uchun viktorina savollari 

  1. Bir milliard necha xonali son ?

  2. 15 va 25 orasida nechta natural son bor ?

  3. Natural sonlar qatori qaysi sondan boshlanadi ?

  4. Bir soat necha sekundga teng ?

  5. Qachon ixtiyoriy beshta son ko’paytmasi boshqa ixtiyoriy beshta son ko’paytmasiga teng bo’ladi ?

  6. Ixtiyoriy sonni qanday songa bo’lish mumkin emas ?

  7. Hisoblash jarayonida qo’shish va ayirish amallaridan qay biri birinchi bajariladi ?

  8. Hisoblash jarayonida ko’paytirish va bo’lish amallaridan qay biri birinchi bajariladi?

  1. Uchta toq sonning yig’indisi qanday son bo’ladi ?

  2. Kvadratning yuzi 64 ga teng bo’lsa, uning tomoni qancha bo’ladi ?

  3. 1 metr necha mm ga teng ?

  4. 120 ning choragi qancha bo’ladi ?

  5. 160 ning nimchoragi qancha bo’ladi ?

  6. Eng kichik uch xonali son qanchaga teng ?

  7. Bir xil raqamlardan tuzilgan barcha ikki xonali sonlarni ayting.

  8. 9 ga bo’lganda 4 qoldiq qoladigan eng kichik ikki xonali son ?

  9. 145 ning o’ng tomoniga ikkita nol qo’yilsa, u necha marta ortadi ?

  10. Kubning nechta yoqi bor ?

  11. Kubning nechta qirrasi bor ?

  12. Kubning nechta uchi bor ?

  13. Kub sirtining yuzi 54 sm2ga teng. Uning qirrasi uzunligi qancha ?

  14. Qirrasining uzunligi 3 sm bo’lgan kub ichiga qirrasining uzunligi 1 sm bo’lgan nechta kubcha joylashtirish mumkin ?

  15. 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasi nechta nol bilan tugaydi ?

  16. 1, 4, 9, 16, 25, … sonlar qanday ketma-ketlikni tashkil etadi ?

  17. Perimetri 22 sm bo’lib, eni 5 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak yuzini toping.

  18. Hoshim, Hamid, Hakimda 50 ta yong’oq bor. Agar Hoshimda 12 ta, Hamidda undan 2 marta ko’p yong’oq bo’lsa , Hakimda qancha yong’oq bor ?

  19. Sarvarning puli Anvarnikidan 400 so’mga ortiq. Sarvar o’zining qancha pulini Anvarga bersa ularning pullari tenglashadi ?

  20. 1, 2, 3 raqamlari yordamida nechta turli raqamli uch xonali son yozish mumkin ?

  21. 150 smlik g’o’lani 30 smlik bo’laklarga ajratish uchun necha marta arralash kerak ?

  22. Mashina 60 km/soat tezlik bilan 3 soat, 70 km/soat tezlik bilan 4 soat yursa, jami necha kilometr yo’lni bosib o’tadi ?

  23. 3 ga bo’lingan son 9 ga bo’linadimi ?

  24. Sutkaning choragi necha soatdan iborat ?

  25. Qanday kasrlarning qiymati birdan kichik bo’ladi ?

  26. Qanday kasrlarning qiymati birdan katta yoki teng bo’ladi ?

  27. Surat va maxraji o’zaro teng bo’lgan kasrlar qanday ataladi ?

  28. Maxraji 8 bo’lgan barcha to’g’ri kasrlarni ayting.

  29. Surati 5 ga teng bo’lgan barcha noto’g’ri kasrlarni ayting.

  30. Eng katta uch xonali songa eng kichik uch xonali sonni qo’shsak qancha bo’ladi ?

  31. Ikkining uchincni darajasi kattami yoki uchning ikkinchi darajasi kattami ?

  32. 1 m2necha smga teng bo’ladi ?

  33. Uch bola Karim, Salim, Qosim yo’lda ketayotib, 6 so’m pul topib olishdi. Agar Karimning bitta o’zi chiqqanida qancha pul topib olgan bo’lar edi?

  34. Xonaning to’rtta burchagi bor. Har burchagida bitta mushuk o’tiribdi. Har bir mushuk qarshisida uchta mushuk, dumida bitta mushuk o’tiribdi. Xonada nechta mushuk bor?

  35. O’rdaklar ketishayapti: bittasi oldinda ikkitasi orqada, ikkitasi oldinda bittasi orqada, bittasi ikkitasining o’rtasida va uchtasi qator tizilgan. Hammasi bo’lib nechta o’rdak bor?

  36. Xonada 6 ta sham yonib turibdi. Uchtasi o’chirilsa, xonada nechta sham qoladi ?

  37. Savatda 6 ta olma bor. Oltita bolaga bittadan bering va savatda bitta olma qolsin.

  38. Uchta tayoqchaning oltita uchi bo’lsa, uch yarim tayoqchaning nechta uchi bor?

  39. Qayin daraxtida 8 ta shox, har bir shoxda 8 ta olma bo’lsa, hammasi bo’lib nechta olma bor?

  40. Hozir soat 5.Necha daqiqadan so’ng soatning minut mili soat milini,,quvib yetadi’’?

  41. Samolyot Toshkentdan Urganchga 80 minutda, Urganchdan Toshkentga 1 soatu 20 minutda boradi. Qaysi safar samolyotning tezligi katta bo’ladi?

  42. 1 dan 100 gacha natural sonlarni sanaganda 5 raqami necha marta uchraydi ?

  43. Jami nechta ikki xonali son bor ?

  44. Jami nechta uch xonali son bor ?

  45. To’g’ri to’rtburchak qarama-qarshi uchlari tutashtirilsa, shaklda nechta uchburchak hosil bo’ladi ?

  46. Soat 900da soatning soat va minut strelkalari orasidagi burchak necha gradus ?

  47. Uchta 5 raqami va amal ishoralari yordamida 11 ni hosil qiling.

  48. Uchta 4 raqami va amal ishoralari yordamida 0 ni hosil qiling.

  49. 7 litrlik va 3 litrlik idishlar yordamida hovuzdan 2 litr suv oling.

  50. Shaharga ketayotgan kampir yo’lda qaytayotgan uch yigitni uchratdi. Ularning har birining bittadan o’g’ilchasi bor edi. Shaharga necha kishi borishdi ?

  51. Aka ukadan bir yosh katta . Qachon ularning yoshlari tenglashadi ?

  52. Har bir natural son o’zidan oldingi son bilan nechaga farq qiladi ?

  53. Eng katta to’rt xonali sondan eng kichik to’rt xonali sonning ayirmasi qancha ?

  54. 1 dan 100 gacha barcha toq sonlar ko’paytmasi qanday raqam bilan tugaydi ?

  55. Ixtiyoriy ikkita ketma-ket natural sonning ko’paytmasi juft sonmi yoki toq son?

  56. 4 ta olmaning narxi 6 ta nokning narxiga teng bo’lsa, 6 ta olmaning narxi nechta nok narxiga teng ?

  57. Sonning yarmi sonning choragidan necha marta ko’p ?

  58. Bir to’pda 20 metr gazlama bor. 2- to’pda undan 2 marta ko’p, 3- to’pda esa birinchisidan 3 marta ko’p gazlama bor. Uchchala to’pda jami qancha gazlama bor ?

  59. 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarning nechtasi 7 ga qoldiqsiz bo’linadi ?

  60. To’rtta bola o’zaro shaxmat o’ynashmoqda. Agar ularning har biri raqib bilan bir martadan shaxmat o’ynagan bo’lsa, jami necha partiya shaxmat o’ynashgan ?

  61. Qirrasining uzunligi 3 sm bo’lgan kub ichiga qirrasining uzunligi 1 sm bo’lgan nechta kubcha joylashtirish mumkin ?

  62. Ixtiyoriy ikkita natural sonning xona birliklari teng bo’lsa, ular qanday taqqoslanadi?

  63. Maxrajlari teng bo’lgan kasrlardan qay biri katta bo’ladi ?

  64. 1+2+3+4+5+6+7+8+9+10 ni qulay usulda hisoblab, javobini ayting.

  65. 20 qaysi natural sonlarga qoldiqsiz bo’linadi ?

  66. 3 tovuq 3 kunda uchta tuxum qo’ysa, 6 tovuq 6 kunda nechta tuxum qo’yadi ?

  67. Bitta tuxum 4 minutda pishsa, beshta tuxum necha minutda pishadi ?

  68. Oilada 5 ta o’g’ilning har birining bittadan singlisi bor. Oilada nechta farzand bor ?

  69. 7 Biror natural sonni 5 ga bo’lganda qanday qoldiqlar qolishi mumkin ?

  70. Ikki xonali sonlar nechadan boshlanib nechaga yetganda tugaydi ?

  71. 7 To’g’ri kasr teskariga aylantirilsa, qanday kasrga aylanadi ?

  72. To’g’ri to’rtburchakning eni 2 sm ga, bo’yi 18 sm ga teng. Yuzi uning yuziga teng kvadrat tomoni necha sm ga teng bo’ladi ?

  1. Natural sonni o’nli kasrga qanday qo’shamiz ?

  2. Natural sonni o’nli kasrga qanday ko’paytiramiz ?

  3. O’nli kasrni o’nli kasrga qanday qo’shamiz ?

  4. O’nli kasrni o’nli kasrga qanday ko’paytiramiz ?

  5. O’nli kasrni natural songa qanday bo’lamiz ?

  6. O’nli kasrni o’nli kasrga qanday bo’lamiz ?


  7. Download 50.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling