Matematika fanidan 5-sinflar uchun viktorina savollari
,745ni o’ndan birlar xonasigacha yaxlitlang. 8,367
Download 50.08 Kb.
|
mantiqiy savollart
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 sinflar uchun
- sinflar uchun
18,745ni o’ndan birlar xonasigacha yaxlitlang.
8,367 soni qaysi natural sonlar orasida yotadi ? 5,85 < x< 13,97 shartni qanotlantiruvchi natural sonlarni toping. 9, 1999soni qaysi natural songa yaqinroq ? Sobir uch qadam oldinga ikki qadam orqaga tashlab harakat qilmoqda. Agar u turgan joyidan olti qadam oldinga siljigan bo’lsa , jami necha qadam yurgan ? 0,098 kg ni grammda ifodalang. 0,307 km ni metrda ifodalang. Velosipedchi 5 soatda 60,5 km yo’l yurdi. Xuddi shunday tezlik bilan 4 soatda qancha yo’l yuradi ? 580 : x = 29 tenglamani yeching. 5,8 : x =29 tenglamani yeching. 100 : x = x : 4 tenglamani natural sonlarda yeching. Ikki velosipedchi ikki shahardan qarama-qarshi yo’lga chiqishdi. Shaharlar orasidagi masofa 36 km va velosipedchilarning tezligi 12 km/soat bo’lsa , ularqancha vaqtdan so’ng uchrashadilar ? Eni 2 m, bo’yi 3 m, balandligi 4 m bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi qutini to’la qoplash uchun qancha mato kerak bo’ladi ? 1 dan 10 gacha natural sonlar kvadratlarini ketma-ket yozib chiqing. Ular orasidagi farqni toping . 6 sinflar uchun 2 ni qaysi songa bo’lsak, 4 hosil bo’ladi ? Qachon bo’linuvchi va bo’linma o’zaro teng bo’ladi ? Berilgan uch xonali sonning orqasiga yana shu uch xonali son yozilib olti xonali son hosil qilindi.Hosil bo’lgan olti xonali son berilgan uch xonali songa bo’lindi. Natija qanday bo’ldi ? 2 dan boshqa juft son tub bo’la oladimi ? 30 ni 15 ga oshirsak, u necha marta oshadi ? Bir gektar necha metr kvadratga teng ? Ikki qishloqdan bir-biriga qarab, ikki velosipedchi yo’lga chiqdi. Birining tezligi soatiga 20 km, ikkinchisiniki esa soatiga 15 km ga teng. Uchrashishlariga 2 soat qolganda ular orasidagi masofa qanchaga teng bo’ladi ? To’g’ri to’rtburchak shaklidagi bog’ atrofiga orasidagi masofa 3 metrdan 10 ta ustun qo’yilib, bir marta sim panjara bilan o’ralgan. Sim panjara uzunligi qancha ? Son yarmining yarmi yarimga teng. Sonning o’zi qancha ? Birinchi qavatdan uchinchi qavatgacha zinalar soni 36 ta . Agar qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil bo’lsa , birinchi qavatdan oltinchi qavatgacha nechta zina bor ? Tezligi 60 km/ soat bo’lgan poezdning uzunligi 1 km. Shu poezd uzunligi 1 km bo’lgan ko’prikdan necha minutda o’tib ketadi ? Kitob muqovasi bilan 600 so’m. Agar u muqovasidan 3 marta qimmat bo’lsa, kitob narxi qancha ? Oilada ikkita ota va ikkita o’g’il bor, ular uchta olmani bittadan yeya oladimi ? 66 qanday raqam bilan tugaydi ? Qachon oddiy kasr qisqarmaydi ? Katerning oqim bo’ylab tezligi soatiga 21 km ga teng. Agar oqim tezligi soatiga 3 km bo’lsa, katerning oqimga qarshi tezligi qanday ? Beshta ketma – ket natural sonning o’rta arifmetigi ularning qay biriga teng ? 6 ta olma 9 so’m tursa, xuddi shunday 8 ta olma qancha turadi ? To’gri to’rtburchakning bo’yi 2 marta qisqartirilib, eni 2 marta uzaytirilsa ,yuzi qanday o’zgaradi ? Qosimning qadami 50 sm, Hakimniki esa 60 sm ga teng. Ularning qadami birinchi marta necha metrdan keyin ustma-ust tushadi ? 1litr suv necha sm kub hajmni egalalaydi ? To’qqizta sonning o’rta arifmetigi 100 ga teng, ularga bir son qo’shilib o’rta arifmetik hisoblansa, 1000 bo’ladi. Qo’shilgan sonni toping. A,B,C nuqtalar bir to’g’ri chiziqda yotadi. A dan B gacha masofa 200 sm, B dan C gacha masofa esa 500 sm bo’lsa, A dan C gacha masofa qanday bo’ladi ? Aylananing radiusi 5 sm bo’lsa, uning yuzi qanday bo’ladi ? Doiraning yuzi 36π ga teng bo’lsa,uning diametri qancha bo’ladi ? Kvadratning tomoni 10 ga teng bo’lsa, unga ichki chizilgan doira yuzini toping. 27. Aylanadagi eng katta vatar nima deb ataladi ? 8 kishi 12 kunda bajaradigan ishni 6 kishi necha kunda bajaradi ? Detal 1: 3 masshtabda 10 sm bo’lsa , 1: 5 masshtabda necha sm bo’ladi ? 400 so’mlik mahsulot narxi oshib 560 so’m bo’ldi. U necha foizga qimmatlashgan ? 320 soni 400 ning necha foizini tashkil qiladi ? 100 so’mlik mahsulot avval 10% qimmatlashib, so’ngra 10% arzonlashdi. Endi u qancha bo’ldi ? Kvadratning tomoni 30% ga oshsa , uning perimetri qanchaga oshadi ? Kvadratning tomoni 40% ga oshsa, uning yuzi necha foizga oshadi ? Velosipedchi yo’lning avval yarmini, songra qolgan yo’lning yarmini bosib o’tdi. Necha foiz yo’l o’tilmay qoldi? Eng katta manfiy butun sonni ayting. Eng kichik nomanfiy sonni toping. Qanday sonlarning moduli qarama-qarshisiga teng bo’ladi ? Toq dona manfiy sonning ko’paytmasi qanday son bo’ladi ? Koordinata tekisligi nechta chorakdan iborat ? Ikkala koordinatasi ham manfiy bo’lgan nuqta qaysi chorakda yotadi ? Ikkala koordinatasi ham musbat bo’lgan nuqta qaysi chorakda yotadi ? kasrlarning umumiy maxraji nechaga teng ? Yoyiq burchakning choragi necha gradusga teng ? Birdan boshqa umumiy bo’luvchiga ega bo’lmagan sonlar qanday nomlanadi ? Yon daftar muqovasi bilan 200 so’m turadi. Agar yon daftar muqovasidan 100 so’m qimmat tursa, yon daftarning o’zi qancha turadi ? Qanday sonlar faqat ikkita bo’luvchiga ega ? 5,6,7 sonlarining EKUKi nimaga teng ? Xonadagi pashshalar kuniga ikki marta ko’payadi. Agar xona o’n kunda pashshaga to’lgan bo’lsa, nechanchi kuni xona yarim bo’lgan ? 1 va 2 orasiga qanday belgi qo’yilsa, 1 dan katta , lekin 2 dan kichik son hosil bo’ladi ? 100 ni 7 ga bo’lganda necha qoldiq qoladi ? Qanday sonlar eng kam tub ko’paytuvchiga ajraladi ? Qanday cheksiz davriy o’nli kasrlar sof davriy o’nli kasrlar deyiladi ? Bo’luvchi 6 ga , bo’linma 5 ga , qoldiq 4 ga teng bo’lsa, bo’linuvchini toping. Uchta 5 raqami va amal ishoralari yordamida 1 ni hosil qilish mumkinmi ? 1 dan 100 gacha bo’lgan natural sonlardan nechtasi 7 ga bo’linmaydi ? (100 ham hisobda) Qanday sonlar 15 ga qoldiqsiz bo’linadi ? Qanday sonlar murakkab sonlar deyiladi ? Tub sonlarning EKUKi qanday topiladi ? Oddiy kasrlar qanday qisqartiriladi ? 130 li burchakni 5 marta kattalashtirib ko’rsatuvchi oyna orqali ko’rilmoqda. Oyna ortidagi burchak necha gradusga teng bo’ladi ? Aralash sonlarni qanday ko’paytiramiz ? Maxsulotni sotishdan olinadigan foyda sotilayotgan narxning 20%ini tashkil qiladi.Olinadigan foyda tannarxning necha foizini tashkil qiladi ? Qanday sonlar sakkizga qoldiqsiz bo’linadi ? 50 va 60 orasidagi barcha tub sonlarni ayting. Oddiy kasrni chekli o’nli kasr ko’rinishida tasvirlash uchun maxraji qanday son bo’lishi lozim ? Birinchi son 1,5 marta, ikkinchi son 2 marta oshirildi. Ularning ko’paytmasi necha marta oshdi ? Bir burchagi qolgan ikki burchagining yigindisiga teng bo’lgan uchburchak qanday uchburchak bo’ladi ? A,B,C nuqtalar ketma-ket bir to’g’ri chiziqda yotibdi.Agar AB kesma 10 sm, BC kesma 20 sm gat eng bo’lsa, AC kesma AB kesmadan necha marta uzun bo’ladi ? O’tmas burchakli uchburchakning nechta burchagi o’tmas bo’ladi ? Ixtiyoriy aylana yoyining uzunligi aylana diametridan taxminan necha marta katta bo’ladi ? 16 va 20 ni qanday eng kichik nisbatda olish mumkin ? Qanday hollarda ikkita sonning ko’paytmasi musbat bo’ladi ? Qanday hollarda ikkita sonning ko’paytmasi manfiy bo’ladi ? Qanday hollarda ikkita: musbat va manfiy sonning yig’indisi musbat bo’ladi ? Qanday hollarda ikkita: musbat va manfiy sonning yig’indisi manfiy bo’ladi ? Ikki shahar orasidagi masofa 210 km. Ulardan bir-biriga qarab ikki motosiklchi yo’lga chiqdi. Agar birining tezligi 60 km/soat, ikkinchisiniki 80km/soat bo’lsa, ular necha soatdan so’ng uchrashadi ? Bir son ikkinchisining 80% iga teng. Ikkinchi son birinchi sondan necha foiz ortiq ? Barcha butun musbat sonlar yana qanday nom bilan yuritiladi ? Teng yonli uchburchak burchaklaridan biri 1000 bo’lsa, uning qolgan burchaklari necha gradusdan bo’ladi ? O’tmas burchakli uchburchak teng tomonli bo’la oladimi ? O’tmas burchakli ucburchakning nechta burchagi o’tkir bo’ladi ? O’nli kasrlarni qanday qilib 10ga, 100ga, 1000ga,… qulay usulda ko’paytirish mumkin? O’nli kasrlarni qanday qilib 10ga, 100ga, 1000ga,… qulay usulda bo’lish mumkin ? Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo’shib, ayriladi ? Har xil maxrajli kasrlar qanday qo’shib, ayriladi ? Oddiy kasrlar qanday ko’paytiriladi ? Oddiy kasrlar ustida bo’lish amali qanday bajariladi ? Bir xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi? Har xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi ? Agar oddiy kasrlarning maxrajlari o’zaro tub sonlar bo’lsa, ular qanday qilib bir xil maxrajga keltiriladi ? Ikkita tub son har doim o’zaro tub bo’ladimi ? Ikkita tub sonning ko’paytmasi nechta natural bo’luvchiga ega bo’ladi ? Uchta tub sonning ko’paytmasi nechta natural bo’luvchiga ega bo’ladi ? Ketma-ket ikkita natural sonning yig’indisi 27 ga teng bo’lsa, shu sonlarni toping. Ketma-ket uchta tub sonning ko’paytmasi 1001 ga teng bo’lsa, shu sonlarni toping. Ham ikkiga, ham uchga, ham beshga bo’linadigan sonlarning umumiy ko’rinishi qanday bo’ladi ? 5 ga , 6 ga , 7 ga bo’lganda 1 qoldiq qoladigan eng kichik natural sonni toping. Onli kasrlar va oddiy kasrlar ustida birgalikda amal bajarilganda onli kasrlarni oddiy kasrlarga aylantirgan ma’qulmi yoki aksincha oddiy kasrlarni o’nli kasrlarga aylantirgan ma’qulmi ? Oddiy kasrning suratini ga ko’paytirib, maxrajini ga bo’linsa, kasr qanday o’zgaradi ? 7 sinflar uchun 1 dan 20 gacha bo’lgan sonlar orasidagi barcha tub sonlarni ayting. 20 dan 40 gacha bo’lgan sonlar orasidagi barcha murakkab sonlarni ayting. 4 ta sonning o’rta arifmetigi 10 ga , boshqa 6 ta sonning o’rta arifmetigi 20 ga teng bo’lsa, shu 10 ta sonning o’rta arifmetigi qancha bo’ladi ? Avtomobil 60 km/soat tezlik bilan manzilga 4 soatda yetib bordi. 80 km/soat tezlik bilan shu manzilga necha soatda yetib bora oladi ? Download 50.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling