Matlab muhitining hisoblash imkoniyatlari Ish muhiti
Download 56.29 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Oddiy hisoblashlar.
- 3. Hisoblash natijalarni chop qilish shaklllari.
- 4. Til alifbosi
1-amaliy ish. Matlab muhitining hisoblash imkoniyatlari 1. Ish muhiti. MATLAB ish muhiti quyidagi asosiy oynalardan tashkil topgan: - Command Window (bo’yruqlar satri interfeysi) - Workspace (yaratilgan barcha o’zgaruvchilar ro’yxati) - Command history (bo’yruqlar tarixi) - Editor (m-fayllar taxrirlagichi) - Figures (grafiklarni chop etish) - Current Folder - Variable Editor (o’zgaruvchilar taxrirlagichi) - Help 2. Oddiy hisoblashlar. Oddiy hisoblashlarni, matnli muloqot tartibida Command Window oynasida bajarish mumkin, masalan: >> 1 + 2 ans = 3 Hisoblash natijasi maxsus ans o’zgaruvchisiga joylashtiriladi, bo’yruqlar satri esa keying bo’yruqni kiritish tartibiga o’tadi. Agar oldingi ifoda bilan ishlash talab etilsa, masalan, (1+2)/4, unda ans o’zgaruvchisida saqlanayotgan mavjud natijadan foydalanish mumkin: >> ans / 4 ans = 0.7500 3. Hisoblash natijalarni chop qilish shaklllari. MATLAB da hisoblashlar vaqtida ikkilik aniqlikdagi tartibdan foydaniladi. Natijalarni chop qilishda, son jimlik bo’yicha haqiqiy shaklidagi o’nlik nuqtadan keyin 4 ta raqamlar bilan chiqariladi. Chop qilish shaklini o’zgartirish uchun, bo’yruqlar satrida chiqarilayotgan qiymatlar oldidan format name bo’yrug’ini bajarish kerak, bu yerda name – shakl nomi. Sonli ma’lumotlar uchun name quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: - short – fiksirlangan shaklning qisqacha tasvirlanishi (5 ta belgilar); - short e – eksponensial shaklning qisqacha tasvirlanishi (mantisalar 5 ta belgili va tartib 3 ta belgili); - long – fiksirlangan shaklning uzun tasvirlanishi (15 ta belgilar); - long e – eksponensial shaklning uzun tasvirlanishi (mantisalar 15 ta belgili va tartib 3 ta belgili). Masalan, x=[4/3 1.2345e-6] vektorning turli shakldagi tasvirlari quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: - format short 1.3333 0.0000 - format short e 1.3333E+000 1.2345E-006 - format long 1.333333333333338 0.000001234500000 - format long e 1.333333333333338E+000 1.234500000000000E-006 - format bank 1.33 0.00 Berilgan shakllar faqat sonlarni chiqarish shaklllarini ko’rsatadi. Hisoblash har doim xam ikkilik aniqlikdagi tartibda amalga oshiriladi. 4. Til alifbosi Boshqa tizimlar kabi MATLAB da xam, barcha A dan Z gacha lotin alifbosining xarflaridan va 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydaniladi. C++ kabi, o’zgaruvchi va o’zgarmaslarda katta va kichik xarflar turlicha bop’ladi. Download 56.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling