Matnning turlari akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari. Matnni tahrir qilish


Download 74.83 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi74.83 Kb.
#1175834
Bog'liq
4-mavzu. Matn turlari va tarkibi. Matn tahlili va tahriri




Mavzu: Matn turlari va tarkibi.
REJA:

  1. MATNNING TURLARI

  2. Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Matnni tahrir qilish.




  1. MATN GRAMMATIKASINING ASOSIY MUAMMOLARI

Matn tahlili va tahriri
Ma’lum bir shaxstomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn tuzilishi 2 xil bo‘lib, ular mikro matn va makro matndir.
Birnecha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan birnecha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnomamatni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnomamatnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiymatn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
M
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkiltopgannutqiybutunlikmatnhisoblanadi.
atn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.

Dialogikmatnning ma’nomunosabatiga ko‘ra turlari.
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiymatn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasirivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epikasarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asossolganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarai foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.

Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi.Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillarbilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.

Monologikmatn.Monologikmatndamazmunizchilligi


Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linma gan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozmashaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatikasarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
T
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.

avsifiy(monologik) matnso‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.

Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.


M


Tilda eng yirik birlik gap bo‘lsa, matnda u eng kichik birlik bo‘lib qoladi.
atn tilini ilmiy o
‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi.
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo — matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir.
Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.

Matn shunoslar badiiy asarlar matniga yassi(gorizontal) va tik(vertikal) holatlar jihatidan qaraydilar. Birinchi holatda matn, abzats, murakkab sintaktik birikma va gap farqlansa, ikkinchi — tik holatda matn ichidagi barcha xususiyatlar mazmunni tashkil etishi ko’rinadi.
Matnning tahlili va tahriri.
Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori bilan har xil bo‘ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra o‘tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko‘ra xolis yoki noxolis faktlarga bo‘lish mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan.
To‘plangan faktlarning ayrimlari bir-birini to‘ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi.
To‘plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog‘ozga tushmasligi mumkin. To‘plangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig‘adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi.
Matn shunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi – bundan qat’iу nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va abzatslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi.
Tavsifiy matnlardashaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq ma’lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani xolisona baholash muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi.

Matnni tahrir qilish.


M

atnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.

Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.
Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taxalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Umuman, matnni tanlash va uning ustida ishlash jiddiy bilimni, savodxonlikni talab etadi. Matnning tarkibiy qismlarini aniqlash va muvofiqlashtirish, xato va nuqsonlarni to‘g‘rilash, so‘z va terminlarga sharh va izohlar berish uchun sinchkov bo‘lish zarur. Har bir matnga kiritilgan qo‘shimcha sharh va izohlar ajratib ko‘rsatiladi. Har bir adabiyotni tuzish va tahrir qilishda quyidagilar e’tibordan chetda qolmasligi kerak: annotatsiya, so‘z boshi, kirish, tarjimai hol, xotima, sharh va izohlar, eslatma va ilovalar, lug‘at va bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxati, xronologik (voqea hodisalar taqvimi) ko‘rsatkich shartli qisqartmalar, mundarija.
Matn ustida ishlash mas’uliyatli jarayon bo‘lib, tahrir qiluvchidan ham o‘ziga nisbatan jiddiy munosabatni talab qiladi. O‘quvchilarning matn tahriri bilan shug‘ullanishi esa ularga o‘rgangan til bilimlarini mustahkamlashga, undan foydalanishda shu paytga qadar yo‘l qo‘yib kelayotgan kamchiliklarini tuzatib olishiga, binobarin, o‘z nutqining uslubiy jihatdan takomillashib borishiga ko‘maklashadi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, felyeton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko‘ra
Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir.
Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi.
Matnning lingvopoetik tahlili kursining asosiy tushunchasi badiiy matndagi badiiy ma'no va badiiy mazmunni aniqlash asosida lingvopoetik butunlik sifatidagi matnni baholashdan iborat. Badiiy matnning lisoniy tahlili maxsus tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Badiiy matndagi poetik aktuallashuv fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning har birida o’ziga xos tarzda kechadi. Badiiy matnning lisoniy–estetik butunlik sifatidagi tabiati ham shakliy, ham semantik mohiyatga ega bo’lgan integrativ munosabatlarning mavjudligiga ko’ra yuzaga keladi."Matnning lingvopoetik tahlili” fanining vazifalari: talabalarnimatn va uning tiplari, badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar, badiiy nutq uslubi va uning ko‘rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari, ko‘chimlar hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari bilan tanishtirish hamda mazkur kurs bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini badiiy asarlardan tanlangan matnlar tahlilida sinab ko‘rish.

Matn qanday ma'no anglatishiga ko'ra juda ko'p turlarga bo'linadi: maksimal matn, minimal matn, og'zaki, yozma, erkin strukturali, turg'un strukturali, hikoya matni, tasviriy matn, muhokama mantni, badiiy matn, nobadiiy matn va hokazo. 
Bugungi kunda tilshunoslikda " Matnning lingvopoetik tahlili" fanining tutgan o'rni beqiyosdir. Chunki matnni tahlil qilishda, uni tushunishda bu fan katta ahamiyatga ega.

MATN GRAMMATIKASINING ASOSIY MUAMMOLARI



Matn grammatikasi muammolari qatoriga tilshunoslik tomonidan asrlar davomida yechib kelingan, lison hamda nutq hodisalarini imkoniyat doirasida tadqiqi va hamisha jamiyatning o'quv-o'qituv ishlarini talab darajasida tashkil etishga yo'naltirilgan amaliy ishlarni kiritish mumkin. Yangi muammolar qatorida quyidagilarni sanash mumkin: mashinaviy tarjimaning lingvistik asoslarini yaratish, informatsion tillar va ularning inson tabiiy tiliga munosabati, terminologiyasi va uning axborot izlashga munosabati, hujjatlarni avtomatik indekslashtirish, hujjatlarni avtomatik tarzda referatlash va annotatsiyalash, axborot tizimi ishlarini lingvistik jihatdan ta'minlash, avtomatik axborot izlash uchun lug'at - tezauruslar tuzish, matnni avtomatik sintezlash va lisonning nutqiy voqelanishining mukammal tadqiqi kabilar.
Sanab o'tilgan muammolardan tashqari tilshunoslikda, grammatikada uchraydigan global muammolar ham mavjud. Bu muammolar quyidagilar hisoblanadi:
- lingvokulturologik muammolar;
- sotsiopragmatik muammolar;
- neyrolingvistik muammolar;
- tilning milliy korpusini yaratish muammolari;
- lingvokognitiv muammolar;
- psixolingvistik muammolar va boshqalar.
Antropotsentrik tilshunoslikning etakchi yo'nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya (lot. lingua - til + lot. cultura - ishlov berish + yun. logos -ta'limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o'zaro aloqasi va ta'sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o'rganuvchi sohadir.
"Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog'i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir".
So'zsiz, dunyoni bilish faoliyati tasnif va tavsifsiz kechmaydi. Tasniflash harakati - inson bilish faoliyatining muhim amalidir, zero, voqelikni idrok etish niyatidagi shaxs dastlab ushbu voqelikni boshqasiga qiyoslaydi va uning umumiy, xususiy belgilarini topish yo'li bilan ma'lum turga kiritadi. Lisoniy hodisalarni bilish istagi ham aynan tasniflash harakatidan boshlanadi. Lisoniy birliklarning tuzilishini bilishda murojaat etiladigan dastlabki amallardan biri ham formal-mantiqiy tasniflash amali bo'ldi. Ammo bu amalga tovush va grammatik tizimlar oson «bo'ysunishgan» bo'lsa, lisoniy semantik hodisalarning unga «bosh egishi» o'ta qiyin kechdi. Natijada, lingvistika «qarama-qarshiliklar» qiyosiga asoslangan struktur uslubli tasnifdan tilni harakatdagi tizim sifatida tasavvur etish g'oyasini targ'ib etuvchi tizimlashtirishga o'tishga majbur bo'ldi.
Neyrolingvistika fanining o'rganish obyekti haqida. Neyrolingvistika neyron va lingvistika so'zlarining O'zaro birikuvidan, qo'shilishidan hosil bo'lib, inson miyasidagi nerv hujayralarining- neyronlarning tilni-so'zlarni hosil qilishdagi vazifasini o'rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida tilni-til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat iiladi, yetakchi hisoblanadi. Shunga ko'ra neyrolingvistika inson nerv sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi.
Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo lib, u og zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
Matn so'z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham oz kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn
Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: "Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo'lib, u fikran va sintaktik jihatdan o'zaro bog'liq bo'lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to'liq bo'ladi"
Matn hajm va mazmun belgisiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1. Hajm belgisiga ko'ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko'ra matn turlari.
Hajm belgisiga ko'ra matn turlari. Matn gapdan ko'ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko'rinishidir. Matn hajm belgisiga ko'ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag'ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog'lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Milliy korpus tilshunoslikning korpus lingvistikasi mutaxasislari tomonidan tuziladiki, bu ilmiy tadqiqot va til o'rganish uchun xizmat qiladi. Jahonning ko'pgina yirik tillari allaqachon ilmiy ishlanganligi, hajmi va ko'lamiga ko'ra o'zaro farqlanuvchi o'zining milliy korpusiga ega. Masalan, ko'pchilik tomonidan e'tirof etilgan Britaniya milliy korpusi (BMK)dir. Aksariyat milliy korpuslar mazkur loyiha asosida shakllangan.
Dunyo tilshunosligida pragmalingvistika, diskursiv tahlil, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya kabi sohalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi matn yaratilishi hodisasining talqinida ham jiddiy nazariy qarashlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Xususan, matn tahliliga antropotsentrik nuqtai nazardan yondashish bugungi tilshunoslikning etakchi yo'nalishlaridan biriga aylandi. Murakkab va serqirra hodisa hisoblangan matn tadqiqida so'zlovchi - matn -tinglovchi (matn muallifi - matn - retsipient) dan iborat uchlik asosiy obyekt bo'lishi lozimligi ko'plab tadqiqotchilar tomonidan ta'kidlanmoqda.
Tilshunoslikda psixologik yo'nalish bilan bog'liq muammolar naturalistik va logik ta'lim egalarining xatti-harakatlari bilan bog'liq ravishda kirib kelgan. Bu borada V. fon Gumboldt konsepsiyasiga e'tibor bergan holda, semantik qurilishda nutqiy ijodiy yondashuv ozimligini ta'kidlashida kuzatiladi. Bu holat psixolingvistika bilan shug'ullangan barcha maktab a'zolarining diqqat-e'tiborida bo'lib kelgan. Qariyb yuz yildirki, psixologiyaning turli xil aspektlarida nutq o'stirishning nutqiy ijodiy yondashuvdagi suhbat me'yorlari faoliyatiga aloqadorligi alohida o'rganilgan.
Xullas, zamonaviy tilshunoslik tobora kengayib, taraqqiy etib bormoqda. Buning asosini, shubhasiz, tilshunoslik va boshqa fanlar o'rtasidagi aloqadorlik ta'minlaydi. Psixolingvistika ham ana shunday jarayonning mahsulidir.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. Сабитова З.К. Лингвокультурология: Учебник. - М.: Флинта: Наука, 2013. -
2. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. - М.: Школа "Языки русской культуры", 1996. - b. 222.
3. A. Primov, X. Qodirova. TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI. Urganch - 2019. 25-b
4. Кубрякова Е.С. О тексте и критериях его определения // Текст. Структура и семантика. - М., 2001. - Т.1. - b.72-81.
5. Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2010 - B
Download 74.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling