Mavzu : Fanlar bo’yicha kurs ishlarini yozish va rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar
Download 25.41 Kb.
|
I q t i s o d
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Kurs ishining maqsadi va vazifalari
- Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat
Mavzu : Fanlar bo’yicha kurs ishlarini yozish va rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar. Reja: KIRISH I. Kurs ishlarini maqsad va vazifalari II. Kurs ishlarini yozish va uning tartibi III. Kurs ishlarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar Kirish O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazorat bilimlarini puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi asoslarini, bozor munosabatlarini, milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni, moliya-kredit, investitsion, agrar siyosatlarning mohiyatini, integratsion jarayonlarni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish, iqtisodiyotning asosiy joriy muammolarini mqljalga olish uchun zarur bo’lgan ma’lumot (axborot) lar to’plash va ulardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish ko’nikmasi (tajribasi) ga ega bo’lishi va foydalana olishi, umumiqtisodiy va ixtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. I. Kurs ishining maqsadi va vazifalari Talabalarga kurs ishi berilishi o’quv rejasiga kiritilgan bo’lib, talabalarga berilayotgan nazariy bilimlarni mustaxkamlash va ularni mavzular ustida kurs tadqiqotlar olib borishga tayyorlashdir. Kurs ishining maqsadi – talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash xisoblanadi.. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: mustaqil ravishda tanlangan kurs ishi mavzusi bo’yicha mavjud iqtisodiy muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi; iqtisodiyot qonun - qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilishi; milliy istiqlol g’oyasi va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini singdirish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’g’risida amaliy ko’nikmalarni hosil qilish ; Prezidentimiz I. Karimov asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotga tegishli qonunlarni va Vazirlar Mahkamasi chiqargan me’yoriy hujjatlarni ishda o’zlashtirishi; Internet va statistik ma’lumotlar, hisobotlar va xujjatlarni iqtisodiy taxlil qilish; Ishlab chiqarish va xizmat kqrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan yo’l – yo’riq, xulosalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqish. Download 25.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling