Mavzu : uyushiq bo’lak Va uyishgan gaplar Tayyorladi : Ravshanov Sanjar


Download 152.93 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi152.93 Kb.
#1639726
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili

Mavzu : uyushiq bo’lak Va uyishgan gaplar

Tayyorladi : Ravshanov Sanjar

Tekshirdi: Bobotoyev

Uyushiq bo’lak

  • Uyushiq bulaklar – gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan ran boʻlaklari. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Mac, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, olma, shaftoli va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi.

Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog’lama va ko’makchi fe’llar) oxirgi bo’lakka qo’shiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o’qib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo’shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qo’shma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.

  • Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog’lama va ko’makchi fe’llar) oxirgi bo’lakka qo’shiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o’qib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo’shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qo’shma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.

Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar

Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek). Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham – hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov).

Uyushiq bo’laklarning sintaktik vazifalari

Uyushiq kesim

Shakillangan kesimli gaplar

Uyushiq ega

Uyushiq bo'laklar Misollar

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 152.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling