Mavzu 16. Kontinental va regional o’yinlar osiyo, Amerika, Afrika moq


Download 203.5 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi203.5 Kb.
#1016626
  1   2   3   4
Bog'liq
kontinental-va-regional-oynlar


Mavzu 16. KONTINENTAL VA REGIONAL O’YINLAR


Osiyo, Amerika, Afrika MOQ assotsiatsiyalari tomonidan o’tkaziladigan kontinental o’yinlar. Olimpizm g’oyalari asosida o’tkaziladigan regional o’yinlar. Yozgi Osiyo o’yinlari (1951-hozirgi davrgacha). Qishki Osiyo o’yinlari (1986 yildan - hozirgi davrgacha). Paralimpiya o’yinlari. Paralimpiya sport turlarining tavsifi. Paralimpiya o’yinlarining xususiyatlari. Paraosiyo o’yinlari.
Jahon talabalari Universiadalarining vujudga kelishi. Yozgi Universiadalar (1959 yildan – hozirgi davrgacha). Qishki Universiadalar (1960 – hozirgi davrgacha). Jahon Yoshlar o’yinlari.
Hozirgi davrda Olimpiya sporti bilan bog’liq xalqaro kompleks sport musobaqalari quyidagi guruhlarga ajratiladi: Kontinental o’yinlar, Regional o’yinlar, Butunjahon Universiadalari, Jahon yoshlar o’yinlari, Milliy, diniy, kasbiy va boshqa xususiyatlarga ega o’yinlar.
Kontinental o’yinlar Osiyo, Amerika, Afrika qit’alarining MOQ assosiasiyalari tomonidan o’tkaziladigan xalqaro kompleks musobaqalardir. Kontinental o’yinlar tarkibiga Panamerika, Osiyo va Afrika o’yinlari kiradi. Ularda bir qit’a mamlakatlarining sportchilari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiya sporti bilan bog’liq bo’lgan uyushma va birlashmalar tomonidan milliy, diniy, kasbiy va boshqa xususiyatlarga ko’ra ham turli musobaqalar muntazam ravishda tashkil etilmoqda. 1922 yildan 1934 yilgacha ayollar o’yinlari o’tkazilgan. Quyidagi xalqaro kompleks sport musobaqalari o’tkazilmoqda: tibbiy reabilitatsion yo’nalishdagi o’yinlar, kasbiy o’yinlar, o’quvchi yoshlar o’yinlari, fahriylar o’yinlari, tijorat yo’nalishidagi o’yinlar, ayrim sport federatsiyalar o’yinlari, bo’yi past odamlar o’yinlari, ijtimoiy-madaniy yo’nalishdagi o’yinlar va h.k. Bulardan tashqari XOQ rahbarligida MDH, Boltiq va Rossiya hududlari davlatlarining (sobiq mustamlaka yoki ittifoq davlatlar) hamdo’stlik davlatlar o’yinlari, xalqaro yoshlar o’yinlari o’tkaziladi. Olimpiya sporti bilan bog’liq xalqaro kompleks sport musobaqalari olimpizm g’oyalariga asoslangan.

Download 203.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling