Mavzu 6: Terining virusli infektsiyalari. Oits. Oddiy uchuq, o'rab oluvchi temiratki. Yuqumli mollyusk, o'tkir uchli kondilomalar, so'gallar. Oitsda teri kasalliklari
Download 265.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Terining virusli
1 MAVZU 6: Terining virusli infektsiyalari. OITS. Oddiy uchuq, o'rab oluvchi temiratki. Yuqumli mollyusk, o'tkir uchli kondilomalar, so'gallar. OITSda teri kasalliklari. Maksad – ushbu mavzudagi ma'ruzada talabalarni virusli dermatozlarga kiradigan oddiy pufakchali temiratki, sugallar, yukumli mollyusk, utkir uchli kondiloma, koramol soxta chechagi (soguvchilar tugunchalari) kabi kasalliklar bilan tanishtirish. Nomlari yukorida zikr etilgan kasalliklar chakiruvchi filьtrlanuvchi viruslar ekanligiga e'tibor karatish, klinik turlari, kechishi, davosi va oldini olish turlari, kechishi, davosi va oldini olish masalalarini yechish. Dars rejasi: 1.Kirish 2.Uchuk 3.Urab oluvchi temiratki 4.Yukumli mollyusk 5.Sugallar 6.Utkir uchli kondiloma 7.Virusli dermatozlarni davolash 8. Virusli dermatozlarni profilaktikasi TEZIS Virusli dermatozlarni viruslar chakiradi va ularga kuyidagi kasalliklar kiradi: 1. Oddiy (uchuk) gerpes (Oddiy pufakchali temiratki); 2. Urab oluvchi gerpes (Urab oluvchi temiratki); 3. Sugallar; 4. Utkir uchli kondiloma; 5. Yukumli mollyusk (kontagioz mollyusk); 6. Koramol soxta chechagi (soguvchilar tugunchalari). 2 Oddiy pufakchali temiratki (Herpes simplex) – utkir virusli kasallik bulib, teri kasalliklari ichida kup uchraydi. «Gerpes» suzi yunon (grek) suzidan olingan bulib, sudralmok, yashirinib kelmok ma'nosini bildiradi. 1962 yili oddiy uchukning 2 ta serotipi aniklangan va ular OVG-1 va OVG-2 deb ataladilar. Oddiy gerpesning kup kuzatiladigan joylari, bu tabiiy teshiklardir (burun kanotlari, ogiz burchaklari, lab (herpes labialis), jinsiy a'zolar). Dastlab bitta joyda, ba'zi xollarda ikki va undan ortik joylarda, chegaralangan giperemiya yuzasida mayda, tarik kattaligiga yoki uncha katta bulmagan nuxot ulchamidagi pufakchalar paydo buladi. Asosiy davo sifatida virusga karshi kullaniladigan preparatlar – Atsiklovir,Zaviraks, Viroleks, Ulkarildan foydalaniladi. Urab oluvchi temiratki (UOT) terining utkir yalliglanishli kasalligi bulib, kupinchi u tana xaroratining kutarilishi, nevrologik ogriklar bilan boshlanadi. Bir necha kun utach esa terida toshmalar tosha boshlaydi. Kasallik kuzgatuvchisi bulib dermatoneyrotrop virus xisoblanadi. Terida aloxida-aloxida bulib joylashgan pushti-kizil shish uchoglari paydo buladi. Shu uchoglar yuzasida mayda gurux- gurux bulib joylashgan, kattaligi tugnogich boshidan to tarik kattaligicha keladigan pufakchalar paydo buladi. Virusga karshi preparatlar (veroleks, atsiklovir, zaviraks, ulkaril) bilan bir katorda atsetilsalitsilovaya kislota (aspirin) 0,5 g dan 3-4 maxal ichishga buyuriladi. Bundan tashkari antibiotiklar (benemitsin (rifampitsin) 0,3 g dan kuniga 2 maxal, eritromitsin 0,25 g dan kuniga 4-5 maxaldan) buyurish tavsiya etiladi. Kattik ogrikli xolatlarda paxikarpin, gangleron, analьgetiklar (baralgan, analьgin), vitaminlar (V1, S), ulьtrazvuk yaxshi foyda beradi. Maxalliy davoga xuddi oddiy pufakchali temiratkini davosi kabi davolash metodlari kullaniladi. Sugallarning 4 turi bulib, ularga oddiy (verrucae vulgaris), yassi yoki usmirlar (verrucae planae s. Juvenilis), utkir uchli kondiloma va tovon sugallari kiradi. Kuzgatuvchisi bulib odam papillamatoz virusi xisoblanadi. Virusga karshi kullaniladigan malxamlar: 3% Oksalin, 5% Tebrofen, 0,5% Bonafton, 5% Veroleks buyuriladi. Suggestiv terapiya xam davolashi mumkin. Yaxshi terapevtik effekt krioterapiya va elektrokoagulyatsiya xam beradi. 3 Utkir uchli kondiloma Terida yumshok xamirsimon konsistentsiyali bulakchali tuzilishga ega bulgan, gulkaramni yoki xuroz tojisi shaklidagi, teri bilan ingichka oyokchasi bilan boglanib turuvchi ulchami tarik kattaligigacha bulgan element paydo buladi. Davosi: xirurgik olib tashlash xisoblanadi. Bundan tashkari krioterapiya va elektrokoagulyatsiya xam kullasa buladi. Yukumli mollyusk filьtrlanuvchi virus tomonidan chakiriladi. Zich konsistentsiyaga ega bulgan, sharsimon kurinishdagi normalь teri yoki biroz pushti rangidagi papulalar kuzatilib, ularni ulchami tugnogich boshi kattaligidan to tarik kattaligicha buladi. Tugunchalar markazida kindiksimon botiklik kuzatiladi. Virusli dermatozlar Virusli dermatozlarni viruslar chakiradi va ularga kuyidagi kasalliklar kiradi: 1. Oddiy (uchuk) gerpes (Oddiy pufakchali temiratki); 2. Urab oluvchi gerpes (Urab oluvchi temiratki); 3. Sugallar; 4. Utkir uchli kondiloma; 5. Yukumli mollyusk (kontagioz mollyusk); 6. Koramol soxta chechagi (soguvchilar tugunchalari). Oddiy gerpes (uchuk) (Oddiy pufakchali temiratki, Herpes simplex) – utkir virusli kasallik bulib, teri kasalliklari ichida kup uchraydi. «Gerpes» suzi yunon (grek) suzidan olingan bulib, sudralmok, yashirinib kelmok ma'nosini bildiradi. Bu kasallik kup uchraydi va ogir asoratlarni kelitir chikarishi, xattoki bemorni ulimga xam sabab bulishi mumkin. AKShda xar yili 500 000 gacha shu infektsiya bilan kasallanuvchi bemorlar aniklanadi. Buyuk Britaniyada esa jinsiy a'zolarning gerpes infektsiyasi bilan kasallanish esa, jinsiy yul bilan yukuvchi kasalliklar ichida kup uchrashi ma'lumligi e'lon kilingan (Skripkin Yu.K. va boshkalar, 1995). Etiologiyasi va patogenezi. Oddiy uchuk (gerpesi) guruxiga morfologik tuzilishi buyicha uxshash bulgan 4 ta virus kiradi: OVG (oddiy virus gerpesi), virus varicella-zoster – suv chechak (vetrenaya ospa) va urab oluvchi temiratki kuzgatuvchilari, Epstayn-Barr virusi va sitomegalovirus. 4 1962 yili oddiy uchukning 2 ta serotipi aniklangan va ular OVG-1 va OVG- 2 deb ataladilar. OVG-1 virusi bilan xamma odamlar xayoti boshlanganidan sung 18 oyi ichida kontaktda bulib chikishadi va virus organizmga nafas olish yullari orkali kirib keladi. Birinchi kontaktdan sung virus organizmning uchshoxli (troynichnыy) nerv gangliyalaridagi xujayralar ichiga kirib oladi, shu joyda latent xolatda uzok vakt saklanib koladi, balkim bir umrga kolib, klinik belgilarni bermasligi xam mumkin. OVG-2 bilan esa kontakt odam birinchi marotaba jinsiy balogatga yetgach, birinchi jinsiy aloklarida yuktirib olishi mumkin. Shunda virus OVG-1 ga uxshab yashirin (faolsiz, noaktiv) xolatga utib oladi, u sakral gangliyalaridagi xujayralarda joylashib oladi. Bu xolat bir umr davom etishi mumkin. Ikkala xolatda xam kasallik sovkatish, kizib ketish, xar xil shamollashlardan va stress xolatlardan, VICh-infektsiyadan sung kelib chikadi, ya'ni viruslar faol xarakatga utishadi, kasallikni kaytalashi mumkin. OVG-1da toshmalar ogiz atrofida, labda, keratokon'yunktivitda, OVG-2da esa genitaliy soxasida chikishi mumkin. Jinsiy alokaning atipik turlarida esa OVG-1 genitaliy soxalarida, OVG-2 esa yuzdagi kasallik uchoglarda topilishi mumkin. OVG lar, asosan OVG-2 onkogenlik xususiyatiga ega xisoblanadi. Kasallik ikkala jinsda xam, xamma yoshda xam kuzatiladi. Klinikasi. Oddiy gerpesning kup kuzatiladigan joylari, bu tabiiy teshiklardir (burun kanotlari, ogiz burchaklari, lab (herpes labialis), jinsiy a'zolar). Dastlab bitta joyda, ba'zi xollarda ikki va undan ortik joylarda, chegaralangan giperemiya yuzasida mayda, tarik kattaligiga yoki uncha katta bulmagan nuxot ulchamidagi pufakchalar paydo buladi. Xar bir uchogda pufakchalar soni xar xil bulib, 2-3 tadan to 8-10 tagacha, ba'zida undan xam kup buladi. Pufakchalar gurux-gurux bulib joylashadi, ichida tinik ekssudat kuzatilib, 2-3 kun utgach u xaralashadi. Ba'zan pufakchalar kushilib 1-1,5 sm diametrdagi pistonchali kurinishdagi kup kamerali pufaklarni xosil kilishadi. Keyinchalik pufak ichidagi suyuklik, agar u matseratsiya yoki ishkalanish kuzatiladigan joyda joylashmagan bulsa, kotadi va 5 urnida sargish-kulrang kalok paydo buladi, 5-6 kun utgach esa tukilib, uning urnida biroz giperemiyalashgan yoki pigmentli dog koladi. Ishkalanish yoki matseratsiya soxalari kuzatiladigan terida yoki shillik kavatlardagi pufaklar yorilib, ular urnida kizil rangdagi politsiklik shakldagi eroziyalar paydo buladi. Pufaklarni toshishi sanchish, achishish, ogrik va ba'zi xollarda atrofdagi tukimaning shishishi bilan kechadi. Bemorning umumiy xolati uzgarmaydi. Limfatugunlar kattalashmaydi. Ba'zi bir kasallardagina uzini noxush sezish, mushakdagi ogriklar, kaltirash kuzatiladi. Tana xarorati 38-390 S kutarilishi mumkin. Kasallik 1-1 ½ xafta ichida tugashi mumkin. Agar ikkilamchi infektsiya shu jarayonga kushilsa bemorni tuzalishi biroz chuzilishi mumkin. Uchukni kuyidagi turlari tafovut kilinadi: 1. Abortiv shakli (engil tez utib ketadi); 2. Shish shakli (shish bilan kechadi); 3. Ogir shakli (ogir kechuvchi); 4. Urab oluvchi yoki belbogsimon shakli; 5. Retsidiv (tez-tez kaytalanib turuvchi). Oddiy gerpesning kytalanib turuvchi shakli yil davomida mavsumga boglik bulmagan xolda kaytalanib turishi mumkin. Ba'zi bir bemorlarda kasallik oyda 3-4 marta kaytalanishi xam mumkin. Klinikasi oddiy gerpesning klinik manzarasidan fark kilmaydi. Uni kaytalanishiga kuyidagi moyillik faktorlari sabab bulishi mumkin: uta sovkatish yoki kizib ketish, infektsion kasalliklar bilan ogrish, kon kasalliklariga chalinish, masalan leykoz, rak va boshkalar. Bu kasalliklarning xujayra immunitetini tushirib yuboradi. Ayollarda yana menstrualь sikl vaktida xam kasallik kuzgalishi mumkin. Differentsial diagnostikasi. Kattik shankr, kup shaklli ekssudativ eritema, vulьgar pursildog urab oluvchi temiratki kabi kasalliklar bilan differentsial diagnostika utkazish lozim. Davolash. Asosiy davo sifatida virusga karshi kullaniladigan preparatlar – Atsiklovir,Zaviraks, Viroleks, Ulkarildan foydalaniladi. Masalan, atsiklovir (0,2) kuniga 1 tabletkadan 4-5 maxal ichishga buyuriladi. Teridagi pufakchalar va eroziyalarga anilin buyoklari (metilen kukini va brilliant yashilini 1%li spirtli eritmalari, Kastellani buyogi surtiladi. Yana maxalliy 6 davolash uchun virusga ta'sir kiladigan keng Veroleksni 5% li, Bonafton, Tebrofenni 3-5% li, Gossipol, Oksalin malxamlari xam kullaniladi. Patologik jarayonga ikkilamchi infektsiya kushilganda esa antibiotiklar (eritromitsin va boshkalar) kullash maksadga muofikdir. Maxsus davodan tashkari simptomatik, immunostimyatorlar kullanishi mumkin. Timalin 10-30 mg dan, Taktivin 80-100 mg dan 8-10 in'ektsiya buyuriladi. Bulardan tashkari Pirogenal, Prodigiozan, Dibazol, Levamizol, Dekarislardan xam foydalanish mumkin. Masalan, Dibazol 0,01 dan 2 maxal ichishga buyuriladi. Dezoksiribonukleaza (DNKaza) 10-25 mg dan m/o buyuriladi. Gerpetiform polivalent vaktsinasi yelka soxasining t/i 0,1-0,2 ml dan xar 2-3 kunda 1 marta 10 ta in'ektsiya kilinadi. URAB OLUVChI TEMIRATKI (HERPES ZOSTER) Urab oluvchi temiratki (UOT) terining utkir yalliglanishli kasalligi bulib, kupinchi u tana xaroratining kutarilishi, nevrologik ogriklar bilan boshlanadi. Bir necha kun utach esa terida toshmalar tosha boshlaydi. Kasallik kuzgatuvchisi bulib dermatoneyrotrop virus xisoblanadi. Bu virus uzini xususiyatlarga kura suvchechak virusiga uxshab ketadi. Kasalikning kelib chikishiga sababchi faktorlar: sovkatishi, surunkali intoksikatsiyalar, kon kasalliklari, usma kasalliklari, VICh-infektsiya tashuvchanligi. Maxalliy prodromal kurinishlardan parasteziya, kichishish, ogriklar bemorni bezovta kiladi. Terida aloxida-aloxida bulib joylashgan pushti-kizil shish uchoglari paydo buladi. Shu uchoglar yuzasida mayda gurux-gurux bulib joylashgan, kattaligi tugnogich boshidan to tarik kattaligicha keladigan pufakchalar paydo buladi. Pufakchalar kobigi kalin va ular tarang kurinishda bulib, bir necha kun utgach vezikulalar ichidagi seroz tinik suyuklik asta sekin xiralasha boshlaydi va pustulalar xosil buladi. Keyinchalik pufakchalar ichidagi suyuklik kura boshlaydi va ular urnida sargish-jigarrang kaloklar xosil bulgani kuzatiladi. 5-10 kundan sung kaloklar tukilib ketadi. Patologik jarayon toshmalari terida doimo nerv tolalari buylab assimetrik joylashadi. Urab oluvchi temiratkining xarakterli belgilaridan biri nevrologik ogriklarining xatto toshmalar joylashgan soxalardan xam uzok tana 7 kismlarida kuzatilishidir. Kari odamlarda nevrologik belgilar bir necha oylab davom etishi, xattoki yillab bezovta kilishi mumkin. VII – kalla suyagi nervining xarakat kildiruvchi va sezuv vazifasi bilan boglik nerv tolalari jaroxatlanganda Xanta sindromi kelib chikadi. Bunda urab oluvchi temiratki bilan birga yuz nervining paralichi, kulokdagi ogriklar, eshitishning pasayishi kuzatiladi. Urab oluvchi temiratkida ogriklar yalliglanish soxasini rumol yoki kiyim saliga tegishi bilan kattik bezovta kiladi. Sub'ektiv belgilar doimo xam teridagi klinik kurinishning ogirligiga va tarkokligiga boglik bulmaydi. Urab oluvchi temiratki ba'zi bir soxalarda, masalan, uch boshli nervning birinchi shoxida joylashganda, kuchli ogrik bilan kechadi. Urab oluvchi temiratkining intensiv ogriklari simulyatsiyasi natijasida shu kasallikni boshka kasalliklar belgilariga uxshatib yuborishi mumkin. Masalan, utkir appenditsit, xoletsistit, miokard infarkti bunga misol bula oladi. UOTning kup uchraydigan soxalari bulib – boshning, peshonaning, kuz va yuzning boshka soxalari, buyin, kukrak, korin, yelka, son va dumbalar xisoblanadi. Kasallikning odatdagi oddiy turidan tashkari kuyidagi klinik turlari tafovut kilinadi: 1. Generalizatsiyalangan 2. Gemorragik 3. Gangrenoz 4. Bullyoz 5. Abortiv Generalizatsiyalangan turida kasallik ma'lum soxada (segmentda) boshlanib, sungra badanning barcha soxalariga tarkaladi. Bunda xosil bulgan yangi vezikulalarning kurinishi xuddi suv chechakdagi toshmaga uxshab ketadi: markazida kindiksimon chukurcha kuzatiladi. Kasallik ogir kechadi. OIV- infektsiyasiga chalingan bemorlarda bu klinik turi kuprok uchraydi va ularda kaytalanish xususiyatiga ega. Gemorragik turida pufakcha ichidagi suyuklik gemorragik tus oladi, ogrik kuchli buladi, kasallik ogir kechadi, kupincha kon kasalliklari (leykozlar va gemorragik diatezlar) bilan ogrigan bemorlarda kuzatiladi. 8 Gangrenoz turida vezikulyoz toshmalar soxasida teri gangrenaga (nekrozga) uchraydi, natijada u soxalarda eroziya emas, balki yaralar xosil buladi va ular uzidan keyin chandik koldiradi. Bu klinik turi kupincha kariyalarda va sillasi kurigan bemorlarda kuzatiladi va ogir kechadi, ogrik kuchli buladi. Bullyoz turida vezikulalardan tashkari yirik-yirik pufaklar xam xosil buladi, ularning kobigi tarang, yarim sferik shaklda buladi, ichida seroz suyuklik, ba'zan esa gemorragik suyuklik bulishi mumkin. Kasallikning bu klinik turi kupincha yuz nervi, uch shoxli nerv va kuz nervi innervatsiya kiladigan teri soxalarida uchraydi. Yuz nervi soxasida uchraganda pufaklar kupincha yukorigi kovok va peshona soxalarida paydo buladi, kuz shillik pardasining zararlanishi xavfi tugiladi, kuz shillik pardasi kizargan, pastki va yukorigi kovoklar keskin shishgan xolda buladi. Abortiv klinik turida kasallikning klinik alomatlari bilinar-bilinmas bulib, ba'zan xatto vezikulalar toshmasligi xam mumkin. Ogrik kuchli bulmaydi, eritema oz- moz rivojlangan, kasallik cheklangan kichkina soxalardagina joylashgan. Urab oluvchi temiratki kasalligi uzok davom etib, ba'zan 4-5 xaftagacha chuzilishi mumkin, ogrik simptomi esa ba'zan 2 oygacha va xatto 4 oygacha chuzilishi mumkin. Ogir kasalliklar bilan ogrigan yoki nimjon odamlarda UOTning gangrenoz shakli uchraydi va toshmalar urnida bu xolatda chandiklar koladi. UOT uzidan sung immunitet koldiradi; kasallik kaytalanmaydi (retsidiv kuzatilmaydi). Ammo, immunitetni keskin tushushi kuzatiladigan ogir kasalliklar (rak, leykoz, OITS (SPID)) bilan ogrigan paytlarda retsidivi, uni generalizatsiyalashgan turlari kuzatilashi mumkin. Davolash. Virusga karshi preparatlar (veroleks, atsiklovir, zaviraks, ulkaril) bilan bir katorda atsetilsalitsilovaya kislota (aspirin) 0,5 g dan 3-4 maxal ichishga buyuriladi. Bundan tashkari antibiotiklar (benemitsin (rifampitsin) 0,3 g dan kuniga 2 maxal, eritromitsin 0,25 g dan kuniga 4-5 maxaldan) buyurish tavsiya etiladi. Kattik ogrikli xolatlarda paxikarpin, gangleron, analьgetiklar (baralgan, 9 analьgin), vitaminlar (V1, S), ulьtrazvuk yaxshi foyda beradi. Maxalliy davoga xuddi oddiy pufakchali temiratkini davosi kabi davolash metodlari kullaniladi. SUGALLAR Sugallarning 4 turi bulib, ularga oddiy (verrucae vulgaris), yassi yoki usmirlar (verrucae planae s. Juvenilis), utkir uchli kondiloma va tovon sugallari kiradi. Kuzgatuvchisi bulib odam papillamatoz virusi xisoblanadi. Xamma yoshdagilar bu kasallik bilan orishi mumkin bulib, ammo birinchi ikkita turi bilan asosan bolalar va usmirlar kasallanadi. Sugallar kontagioz kasallik xisoblanadi. Oddiy sugallar asosan kullarda, yuzda, labning kizil xoshiyasida, kupincha lab burchaklarida, ba'zan shillik kavatlarda xam uchrashi mumkin. Oddiy sugalda papula paydo bulib, uni ulchami 1 sm kattalikgacha buladi, teri yuzasidan kutarilib turadi, kulrangsimon, kungir-kulrang yoki tana rangidaka rangga ega buladi. Katta va uzok vakt saklanib kolgan papullar yuzasida muguzlanish va surgichsimon usimtalar kuzatiladi. Yassi, yoki usmirlar sugallari kupincha yosh bolalarda va usmirlarda kuzatiladi. Asosiy element yassi papulalar bulib, ularni diametri 3 sm gacha buladi. Ular teri yuzasidan biroz kutarilib turadi, rangi esa normal teri rangidan to pushti yoki kungir ranggacha boradi. Yassi sugallar yuzda va kaftnig tashki yuzasida kuzatiladi. Ba'zidagina bir oz kichishish bezovta kilishi mumkin. Tovon sugallari bemorlarni yurishiga xalakit beradigan kasallik xisoblanadi, ular poyabzalning bosim beradigan soxalarida paydo bulib, noxush sub'ektiv belgilar bilan kuzatiladi. Elementlar soni xar xil buladi, ammo, kupincha bir nechta sugallar paydo buladi. Ulchami nuxat kattaligicha va undan katta bulgan notugri shakldagi kalinlashgan, muguzlashgan katlam uchoglari kuzatiladi. Shu uchogning markaziy kismini mexanik tarzda osonrok kuchirib olsa buladi, uni urnida esa biroz namrok, surgichsimon, yumshok konsistentsiyali yuza kuzatiladi. Uchokning atrofida zich konsistentsiyali xalka palьpatsiyada seziladi. 10 Davolash. Virusga karshi kullaniladigan malxamlar: 3% Oksalin, 5% Tebrofen, 0,5% Bonafton, 5% Veroleks buyuriladi. Suggestiv terapiya xam davolashi mumkin. Yaxshi terapevtik effekt krioterapiya va elektrokoagulyatsiya xam beradi. UTKIR UChLI KONDILOMA Terida yumshok xamirsimon konsistentsiyali bulakchali tuzilishga ega bulgan, gulkaramni yoki xuroz tojisi shaklidagi, teri bilan ingichka oyokchasi bilan boglanib turuvchi ulchami tarik kattaligigacha bulgan element paydo buladi. Ularni rangi pushti yoki tana rangidaka bulib, matseratsiya, ishkalanishdan sung yuzasida kizil rangli va oson kon kechishi mumkin bulgan yuzalar xosil buladi. Usib borgan sari katta konglomeratlar xosil kilishi mumkin. Utkir uchli kondilomalar kupincha jinsiy a'zolarda: erkaklarda toj egatda, olat boshchasi kopchasining ichki yuzasida, ayollarda kinga kiraverishda, orka peshov atrofida, bolalarda burun-lunj, burun-lab burmalarida joylashadi. Davosi: xirurgik olib tashlash xisoblanadi. Bundan tashkari krioterapiya va elektrokoagulyatsiya xam kullasa buladi. YuKUMLI (KONTAGIOZ) MOLLYuSK (molluscum contagiosum) Yukumli mollyusk filьtrlanuvchi virus tomonidan chakiriladi. Zich konsistentsiyaga ega bulgan, sharsimon kurinishdagi normalь teri yoki biroz pushti rangidagi papulalar kuzatilib, ularni ulchami tugnogich boshi kattaligidan to tarik kattaligicha buladi. Tugunchalar markazida kindiksimon botiklik kuzatiladi. Pintset bilan sikib kurilganda tugunchalardan ok kashasimon (tvorogsimon) ajratma chikadi, uni tarkibida muguzlangan xujayralar bilan bir katorda ovoid kurinishdagi mollyusk tanachalari kuzatiladi. Teriga mollyusk tanachalari tushgan soxalarda 1½ - 2 oy utgach toshmalar toshishi kuzatiladi. Toshmalar soni bitta yoki kup sonli bulishi mumkin. Yukumli mollyusk kupincha bolalarni kovok, kaft, korin soxalarida joylashishi mumkin. Kattalar jinsiy alokada yukkanda jinsiy a'zolar atrofida xam joylashadi. Davolanmasa xam tugunchalar 2 - 3 oydan sung yukolib ketishi xam mumkin. 11 Davosi. Papulalarni sikib, yulib olib tashlash va shu soxalarni 5% li yod nastoykasi bilan kuydirish. Ortirilgan immunitet tankisligi sindromi (OITS) Kasallikka orttirilgan immunitet tankisligi sindromi AIDS (OITS) degan nom 1982 yilda berilgan. Xozirgi paytda immunitet tankisligi virusining kamida 2 xil irsiy turlari NIV-I, NIV – II borligi aniklandi. ITV bemorlarining biologik tukimalarida va suyukliklari tarkibida kup mikdorda topilgan. Kasallik kuyidagi yullar bilan boshka shaxslarga utishi mumkin: 1. Jinsiy yul – turli-tuman usuldagi jinsiy aloka paytida erkaklar yoki ayollar suyukligi tarkibidagi retroviruslr jinsiy sherik organizmiga utadi. 2. Tibbiy muolaja paytida yukish – retroviruslar tushgan igna, shprits va boshka asboblardan yukish, mazkur asboblarni takroriy kullash natijasida, sanitariya-gigiyena koidalariga rioya kilmaslik okibatida yuzaga keladi. 3. Bemor onalardan bolalarga utish. Bu asosan yuldosh orkali kindik tomiri vosi-tasida sodir buladi. Shuningdek tarkibida retroviruslar bulgan konni kuyish yoki usha kondan tayyorlangan kon preparatlari ishlatilganda ITV boshka shaxslarga utadi. Mazkur kasalikning gemofiliya dardiga duchor bulgan bemorlar orasida uchrashi xam shundan. ITV kasalligining uziga xos anik spetsifik belgilari yuk. Kasallik kupincha boskichma-boskich utadi. Bunda kasallikning kuzish va susayish davrlari navbatma-navbat almashib, bemorning axvoli ogirlashib boradi. Jaxon soglikni saklash tashkilotining taklifiga binoan kasallikning 5 boskichi tafovut kilingan. 1-boskichi. Dastlabki boskich – bu boskich yukumli mononuklezning belgilari namoyon buladi. Urta xisobda 3-14 kun davom etib, sungra barcha belgilar yukolib ketadi. Terida asosan och pushti rangli doglar kuzatiladi. Ular aylana oval shaklida, kattaligi tarikdek keladi. 2-boskichi. Belgisiz boskich-bunda kasallikka xos biror belgi kuzatilmaydi. Bu boskich fakat laboratoriya usuli bilan aniklanadi. Mazkur boskich 5 oydan 5-6 yilgacha davom etishi mumkin. 12 3-boskichi. Tarkalgan limfadenopatiya boskichi-bunda bir necha limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Agar kamida ikki gurux limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilsa, bu simptom OITSga alokador deb xisoblanadi. Bunda kattalashgan limfa tugunlari belning yukori soxasida joylashgan bulishi lozim. 4-boskichi. OITSga alokador belgilar yigindisi. Xolsizlik, terlash, kaltirash, yutal, mushak va bugimlarning ogrishi, oriklab ketish, ich ketishi, turli-tuman infektsion kasalliklar, usmalar va ichki a'zolarda kuzatiladigan uzgarishlar yigindisi bemor axvolini ogirlashtiradi. Teri va shillik kavatlarda turli-tuman: dogcha, tuguncha, tugun, tarvok va xokazolar kuzatiladi. U yoki bu turdagi dermatozlar (ekzema, eshakem), kandidoz, oddiy uchuk, kamarsimon uchuk, shunga uxshagan boshka dermatozlar shakllanadi. 5-boskichi. Orttirilgan immunitet tankisligi boskichi – bunda barcha immunologik kursatkichlar keskin pasayib ketadi. Bu davrdan avval paydo bulgan simptomlar zurayib, bemorni xoldan toydiradi. OITS boskichida uning 4 turi farklanadi: a) upka turi; b) nevrologik turi; v) oshkozon-ichak turi; g) isitma bilan utadigan turi. KISKAChA TARIXIY MAЪLUMOT Kasallikka orttirilgan immunitet tankisligi sindromi AIDS (OITS) degan nom 1982 yilda berilgan. Usha davrda uni besokolbozlar (gomoseksualistlar) kasalligi deb xisoblashar edi. Tez orada bu kasallikning giyoxvandlarda, shuningdek gemofiliyaga duchor bulgan bemorlarda kup uchrashi ma'lum buldi. Keyinchalik kasallikning bemor onalardan bolalarga yuldosh orkali utishi aniklandi. Yigilgan ma'lumotlarning barchasi mazkur dardning kuzgatuvchisi bulishi kerak, deb taxmin kilishga asos buldi. Kupgina mamlakatlarda OITSning kelib chikish sabablarini aniklashga kirishildi. Jumladan, Amerikada Robert Gallo, Frantsiyada Lyuk Montan'e raxbarligida olib borilgan ilmiy-tadkikot va kuzatishlar samaralarini berdi. Ularning 1982-1984 yillarda utkazgan kuzatuvlarida OITSning virus kasalligi ekanligi aniklandi, kasallikni retroviruslar kuzgatishi isbotlandi. Yangi kashf etilgan viruslarga HTLV –1, HTLV – II, HTLV-III (Human T- Lymphotropic virus) va LAV (Lymphotropic virus) deb berilgan nomlar 13 umumlashtirildi. Nixoyat, 1986 yilda OITSni kuzgatuvchi virusga HIV (human immunodeficincy vipus) deb nom berildi. Shuningdek tibbiy adabiyotda kulaylik yaratish maksadida kiskacha kilib ITV (iimunitet tankisligi virusi) deb atadik. KASALLIKNING SABABLARI. Xozirgi paytda immunitet tankisligi virusining kamida 2 xil irsiy turlari NIV-I, NIV – II borligi aniklandi. ITV bakteritsid eritmalar ta'sirida tez nobud buladi. Ayniksa, formalьdegidning 0,5% eritmasi, lizolning 0,5%, xloramin, efir, atsetonlarning 3%, natriy gipoxloridning 0,2% eritmalarida va 70% spirtda tez yukumsizlanai. ITV ning yukumlilik xususiyati xomiladorlikka karshi maxsus – spermintsid ta'sirida yukoladi. Spermintsid jumladan ITVning teskari transkriptaza fermenti aktivligini xam susaytiradi. Turli- tuman buyumlar tarkibidagi OITVni yukori xarorat (57o dan yukori) xam butunlay nobud kiladi. Ammo retrovirus kuritilgan xolda 22o S. da 4-6 kun mobaynida uzining yukumlilik darajasini salab kolishi mumkin. Shuningdek OITS kuzgatuvchilari radiaktiv nurlanishlar va ulьtrabinafsha nurlariga birmuncha chidamli. ITV bemorlarining biologik tukimalarida va suyukliklari tarkibida kup mikdorda topilgan. Ayniksa kon tarkibidagi viruslar xal kiluvchi rolь uynaydi. Kon kasallik manbaigina emas, u kasallik kuzgatuvchisini boshka shaxslarga tashuvchi vazifasini xam bajaradi. Ammo kasallikning asosiy sababchisi erkaklarning urug suyuklikligi (sperma) dir. Shu bilan birga ayollarning jinsiy suyukligi (kin va bachadon buynidan ajraladigan suyuklik) tarkibida ITV patogen xolda saklanadi. Geteroseksualistlar orasida OITSning keng tarkalayotganligi sababini tushuntirish mumkin. Boshka biologik suyukliklar (sulak, kuz yoshlari, ter, ayollar suti, orka miya suyukligi) tarkibidagi retroviruslar ma'lum mikdorda topilgan. Ammo bu suyukliklarning mikdori kam bulganligi va ularning tarkibidagi viruslar soni xam kam topilganligi sababli ularning kasallik yuktirish xavfi past. Fakat ona suti orkali kasallik bolaga utishi mumkin (agar ona uzok muddat davomida emizayotgan bulsa). ITV kondagi monotsitlar, limfa tugunlarida, upka tukimasida, suyuk iligida, shuningdek asab sistemasi tukimalarida xam topilgan. 14 OITSning YuKISh YULLARI. Kasallik kuyidagi yullar bilan boshka shaxslarga utishi mumkin: 1. Jinsiy yul – turli-tuman usuldagi jinsiy aloka paytida erkaklar yoki ayollar suyukligi tarkibidagi retroviruslr jinsiy sherik organizmiga utadi. 2. Tibbiy muolaja paytida yukish – retroviruslar tushgan igna, shprits va boshka asboblardan yukish, mazkur asboblarni takroriy kullash natijasida, sanitariya- gigiyena koidalariga rioya kilmaslik okibatida yuzaga keladi. 3. Bemor onalardan bolalarga utish (vertikal). Bu asosan yuldosh orkali kindik tomiri vositasida sodir buladi. Shuningdek tarkibida retroviruslar bulgan konni kuyish yoki usha kondan tayyorlangan kon preparatlari ishlatilganda ITV boshka shaxslarga utadi. Mazkur kasallikning gemofiliya dardiga duchor bulgan bemorlar orasida uchrashi xam shundan. OITSga MOYIL BULGAN GURUXLAR. Orttirilgan immunitet tankisligi sindromi axolining kuyidagi tabakalarida kuprok uchraydi: 1. Besokolbozlar. 2. Giyoxvandlar – ularning soni turli mamlakatlarda turlicha. 3. Gemofiliyaga duchor bulgan bemorlar. Bu kasallik bilan asosan erkaklar kasallanadilar. Bunday bemorlarda konning ivishida ishtirok etadigan VIII – IX omillar yetishmaydi. Yangi va tabiiy kondan tayyorlangan kontsentrat (kerakli omillar yigindisi) tayyorlash uchun 2000-5000 donorning koni kerak buladi. Bu xol ITVning yukish xavfini oshiradi. 4. Turli xil sabablarga kura kon kuyiladigan bemorlar va boshka toifadagi shaxslar. Kon va kon preparatlari olinadigan kishilar orasida OITS xollari keyingi yillarda kupayib bormokda. 5. Jinsiy sheriklarini tez-tez almashirib turadigan geteroseksualistlar. Kasallik ayniksa «ukalash xona» lariga va islovotxonalarga katnaydigan erkaklar va foxishalar orasida kupaymokda. Bemorlarning kupchiligini ayollar tashkil etmokda (29-50%). Agar gomoseksualizm erkaklar orasida OITSning keng tarkalishiga olib 15 keladigan bulsa, geteroseksual jinsiy alokalar va keng kulamda kon kuyilish xollari kasallikning ayollar orasida kupayishiga sabab bulmokda. 6. Yukorida sanab utilgan axoli tabakalaridan tugilgan, ayniksa OITS ga chalingan bemorlardan va ITV yukkan shaxslardan tugilgan bolalar. Bunda kasallik kupincha xomila yuldoshi orkali gudakka utadi. Shuningdek xomila tugruk yullaridan utayotganida (tugish paytida) kin va bachadon buynidagi retroviruslardan zararlanshi mumkin. Bemor onalar sutini emgan bolalarning OITS bilan kasallanishi yukorida aytib utilgan edi. OIV-infektsiyasining patogenezi Odam organizmidagi xar kanday xujayrani ITV virusi bilan zararlanish jarayonini kuyidagi boskichlarga ajratish mumkin. 1. Virusning retseptsiyasi – virionning xujayra yuzasi (kobigi) bilan boglanishi. 2. Penetratsiya – virus va xujayra membranalarining kushilib ketishi okibatida virusning xujayra ichiga kirishi. 3. Virusning genomi RNKsi va nukleoidining ozod bulishi; 4. Virus genomining xujayra genomiga integratsiyasi; 5. Infektsiyaning yashirin davri – provirus DNKsi xujayra genomi bilan integratsiyada bulsada, ammo virus genlarining transkriptsiyasi va translyatsiyasi yuk, virus antigenlari ekspressiyasi kuzatilmaydi. Demak infektsiyaning ushbu boskichida immunologik usullar bilan uni aniklash mumkin emas. 6. Provirus DNKsida transkriptsiya jarayonining faollashuvi va virus oksillarining traslyatsiyasi. 7. Morfogenez – virusning barcha komponentlarining katta mikdorda ishlab chikarilishi va ulardan yangi virionlarning shakllanishi, viruslarning faol replikatsiyasi. 8. Virionlarning xujayin – xujayradan tashkariga ajralib chikishi. Sitopatogen ta'sir etish samarasi. ITV virusining xujayra ichiga kirishining bir kancha yullari mavjud. 1. Xujayra-nishonlar membranasidagi SD4 molekulasi bilan retseptsiya kilish orkali. 16 2. ITVning virusga karshi antitanachalar bilan kompleksining xujayra-nishonlar retseptori immunoglobulini Fs fragmenti bilan retseptsiyasi orkali. 3. ITV genomining xujayra ichiga psevdovirus kurinishida (ya'ni boshka turdagi virusning kobigi ichiga ITV genomi joylashgan) kirishi. 4. ITVning gamma-interferon bilan kompleksining gamma-interferonga retseptorlari mavjud bulgan xujayralar ichiga kirishi. 5. ITVning V-limfotsitlar ichiga kirishi – buning molekulyar mexanizmlari aniklanmagan. Xujayra-nishonlar Xozirgi kunda ITVning kuyidagi xujayralarni bevosita zararlashi aniklangan: A. Kon tizimidagi xujayralar 1. T4-limfotsitlar (xelperlar) induktorlar, effektorlar 2. T8-T4-periferik limfotsitlar 3. Dendrit xujayralari va ularning balogatga yetmagan avlodlari – Langergans xujayralari 4. Monotsitlar (tukima makrofaglari) 5. Eozinofillar 6. Megakariotsitlar 7. Timotsitlar 8. V-limfotsitlar V. Asab tizimi xujayralari 1. Neyronlar 2. Mikrogliya (makrofag) 3. Astrotsitlar 4. Miyaning fibroblastsimon xujayralari («VT») 5. Kon tomirlari endoteliy kavatining xujayralari 6. Oligodendrotsitlar S. Ovkat xazm kilish tizimidagi xujayralar 1. Ichaklarning epiteliy xujayralari 2. M-xujayralar 17 D. Boshka xujayralar 1. Yuldoshning xoriontrofoblast xujayralari 2. Spermatozoidlar 3. Kundalang-targil muskul xujayralari Kasallik yangi paydo bulgan dastlabki davrlarda ITVning T4-limfotsitlarga tropizmi mavjudligi aniklangach bu infektsiya fakat immun tizimini zararlaydi degan farazlar mavjud edi. Ammo keyinchalik utkazilgan tekshirishlar bu virus organizmdagi juda kup xujayralarni bevosita zararlashi aniklandi. Bulardan eng asosiylarini kurib chikamiz. 1.Dendrit xujayralar – ularning ulchami limfotsitlardan va makrofaglardan katta. Bu xujayralar terida, shillik kavatlarda joylashgan, konda sirkulyatsiya kilayotgan kismi esa undagi yadro tutuvchi xujayralarning 1% ni tashkil kiladi. Dendrit xujayralar begona antigenlarni T-limfotsitlarga tanishtirish vazifasini bajaradi va bu ishni ular makrofaglarga nisbatan 100 marotaba samaralirok bajaradi. Bu xujayralar teriga, shillik kavatlarga va konga tushgan begona antigenlarni birinchi bulib kutib olib, limfoid a'zolarga migratsiya kiladi va ularni limfotsitlarga tanishtiradi. Tekshirishlar shuni kursatdiki dendrit xujayralar uzida T4- limfotsitlarga nisbatan 30 marta kup, makrofaglarga nisbatan esa 100 marta kup ITV tutadilar. Dendrit xujayralar kondagi yadro tutuvchi xujayralarning 1 %ni tashkil kilsada, kondagi mononuklear xujayralar (T4-limfotsitlar, monotsitlar, eozinofillar, megokariotsitlar va x.k) tomonidan ishlab chikarilayotgan barcha ITVlarning 80% ni ular ishlab chikaradilar. Viruslarning ishlab chikarilishi jarayonida dendrit xujayralari darxol xalok bulmaydi. Yukorida sanab utilganlardan ma'lum buldiki, dendrit xujayralar OIV-infektsiyasi patogenezida juda katta urin egallaydi. 2. T4-limfotsitlarning fiziologik funktsiyasi induktorlik xamda effektorlikdan iboratdir. ITV T4-limfotsitlarga sitopatogen ta'sir kiladi (tsitolitik). Laboratoriya tekshirishlari natijasida aniklandiki T4-limfotsitlar kulturasiga viruslar bilan zararlangan material kushilganda xujayra sitoplazmasida 2 soatdan keyin Southern blot. usulida tekshirilganda virusning chizikli joylashgan DNKsi aniklangan, ya'ni 18 virus shu vakt ichida xujayra ichiga kirib, kobigidan chikib RNK genomini aksincha transkriptaza kilib DNK xosil kilgan. ITVning SD4 retseptoriga ega bulgan T4-limfotsit xujayrasi ichiga kirish jarayonining bioximik mexanizmi shundan iboratki SD4 molekulasi unga ITV retseptsiya kilgach fosforlanish jarayoni kuzatiladi. Bu jarayon xujayra proteinkinaza S si tomonidan katalizlanadi. ITVning retseptsiya uchun SD4 molekulasini uzi uchun maxsus retseptor sifatida tanlashining sababi shundaki, virus kobigidagi gp120 oksili SD4 molekulasi bilan bevosita boglanish xususiyatiga ega, bu spetsifikdir. Virusning gp120 oksili xujayraning SD4 retseptori bilan boglangach SD4 molekulasining sitoplazmatik uchastkasida tezda fosforlanish kuzatiladi, bu jarayon xujayra proteinazasi bilan katalizlanadi. 2 soatdan keyin xujayra sitoplazmasida chizikli shakldagi provirus DNKsi aniklanadi, 6 soatdan keyin esa virus DNKsining xalkasimon shakli aniklanadi, ya'ni virus genomining xujayra genomiga integratsiyasi yakunlanadi. Shu vaktdan boshlab infektsiyaning latent boskichi boshlanadi. Virus uz antigenlari bilan xozircha immun tizimini «kitiklamaydi», demak virusga nisbatan maxsus antitela ishlab chikarish kurinishidagi immun javob yuk va sensibilizatsiyalangan limfotsitlar yuk. Yukorida aytilgan latent infektsiya tushunchasi fakatgina aloxida olingan bitta xujayra uchun tegishli, butun organizm uchun emas. Organizm uchun infektsiyaning bu davri «inkubatsion» davr deb ataladi. Organizm mikyosida kupgina omillar ta'sir kilib virusning latent genomini faollashtirib, viruslar ekspressiyasiga olib kelishi mumkin. Bunday omillar bulib boshka viruslar va bakterial infektsiyalar, glyukokortikoid gormonlarning mikdorining ortishi, gipertermiya, ulьtrafiolet nurlari va boshkalar xisoblanadi. Anti SD4 antitanachalar bilan immunoflyuorestsent va immunogistoximik tekshirish usullari natijasida aniklandiki SD4 molekulalari fakat T4- limfotsitlardagina emas, balki dendrit xujayralarda, monotsitlarda (makrofaglarda), neyronlarda, eozinofillarda, megakariotsitlarda, spermatozoidlarda va boshka kator xujayralarda xam ekspressiyalangan. 3. Monotsitlar (makrofaglar) – bu xujayralarni obrazli kilib ITVga nisbatan «Troyan oti» deb ataganlar. Monotsit xujayrasining tashki membranasida SD4 19 molekulasi 10 barobar kam bulgani bilan, sitoplazma ichida ularning mikdori yukori. Yangi xosil bulgan virionlar xujayra ichidan tashkariga chikishi xujayraga sitonekrotik ta'sir kilmaydi. Uz navbatida monotsitlarning lizosomal apparati virionlarga parchalovchi ta'sir etmaydi. 4. Eozinofillar – donador leykotsitlar bulib, atsidofil granulalar tutadi, bu xujayralar asosan tashki muxit bilan chegaradosh bulgan tukimalarda joylashgan: nafas, gastrointestinal, genitourinar tizimlarda. Eozinofllarning plazmatik membranasida SD4 antigenlari ekspressiyalangan, shuning uchun ular xam ITVning yuzasidagi gp 120 oksili bilan xuddi T4-limfotsitlar kabi oson boglanadilar. 5. Megakariotsitlar – trombotsitlardan avvalgi xujayralar bulib, ularning 25%ida SD4 antigenlari ekspressiyalangan, bu esa ularning ITV bilan bevosita zararlanishiga sabab buladi. Bu xolat OITSdagi trombotsitopeniyaning kelib chikish mexanizmini (patogenezini) tushuntirib beradi. 6. Timotsitlar – timus limfotsitlari, bular periferik T4-limfotsitlarga nisbatan kuchlirok zararlanadilar va ITVni kuprok ishlab chikaradilar. Ayniksa timotsitlardan bir vaktning uzida SD4 va SD8 antigenlarini ekspressiya kilgan xujayralari ITV bilan kuprok zararlanadi. Bundan kelib chikadiki, timus OITS patogenezida, ayniksa bolalarda muxim rol uynaydi. Birinchidan u ITV ishlab chikaruvchi yukori samaradorli «reaktor» sifatida nomoyon buladi, ikkinchidan timusda normal fiziologik regeneratsiya mavjud emas. 7. V-limfotsitlar. Xozirgi vaktda ITVni V-limfotsitlarni zararlashi ma'lum. Bunda ITV Epshteyn-Barr virusi bilan koinfektsiya kurinishida zararlasa, infektsiya sitonekrozga olib kelishi ma'lum, aks xolda infektsiya latent yoki sekin kechuvchi xarakterda buladi. ITVning V-limfotsitlarga kirish mexanizmi (ularda SD4 antigenlari yuk) xozircha noma'lum. 8. Neyronlar. Organizmdagi OIV-infektsiyasining eng erta muddatlaridanok ITV gematoentsefalit barьerdan utadi va neyronlarni bevosita zararlaydi. OIV bilan kasallikning latent davridayok 90% dan ortik bemorlarda asab tizimida u yoki bu usulda tekshirilganda ITV aniklanadi. Viruslar 33-38% neyronlarni xalok bulishga 20 olib keladi, bunda birinchi navbatda yirik neyronlar xalok buladi. Miyada ITV neyronlardan tashkari makrofaglarni, kon-tomir kapillyarlarini, editeliy xujayralarini, astrotsitlarni, miyaning fibroblastsimon xujayralarini va oligodendrotsitlarni bevosita zararlaydi. Viruslarning neyronlarda replikatsiya kilishi nixoyatda zaif, uni deksametazon yoki butirat natriy yordamida induktsiya kilish (kuchaytirish) mumkin. Neyronlarda sitoliz kuzatilmaydi, sintitsiy xosil bulmaydi. 9. Yuldosh tukimasining ITV bilan zararlanishi, xoriontrofoblast xujayralari xamda kon-tomirlari endoteliy xujayralarini SD4 antigeni ekspressiyasi bilan izoxlanadi. Eksprimentda yuldosh tukimasi virus bilan juda oson zararlanadi, demak organizmda xam virus yuldoshni zararlaydi. Ammo bemor ayollardan tugilgan chakaloklarning 2/3 kismi soglom (virus bilan zararlanmagan) ekanligi ajablanarli xoldir. 10. Spermatozoidlarda SD4 retseptori aniklangan, u membranasida HLA-DL molekulasini tutuvchi xujayralarni faollashtiruvchi funktsiyani bajaradi. Bunday xujayralar ayollarning repraduktiv tizimida kupchilikni tashkil kiladi: kin epiteliysida va bachadon buynida, endometriyada, fallopiy trubasida va tuxum xujayralarida. Spermatozoid uzaro ta'sir tufayli ularni faollashtiradi. Spermatozoidlar uzlarida ITV saklagan xolda yukorida sanab utilgan xujayralar bilan xam virusni yakin kontaktga olib keladi (ya'ni zararlanishiga). Nishon xujayralarda joylashgan virus genomini faollashuvi natijasida viruslar ekspressiyasi transkriptsiyasi va translyatsiyasi kuchayadi. Bu kuyidagi xollarda yuzaga chikadi: 1. Spetsifik antigenlar ta'sirida 2. T-limfotsitlarning mitogenlari ta'sirida 3. Sitokinlar ta'sirida 4. Bir vaktning uzida boshka virusli infektsiyalar bilan zararlanganda (tsitomegalovirus, gerpes viruslar, adenoviruslar, Epshteyn-Barr virusi). 5. Usmalar nekrozi omili (TNF), IL-6 (interleykin-6), RMA (forbolmiristat- atsetat). Bu sanab utilgan omillar monotsitlarda virus ekspressiyasini kuchaytiradi. 21 6. Bakterial immunomodulyatorlar ta'sirida. 7. Glyukokortikoid gormonlar ta'sirida. 8. Gipertermiya ta'sirida. 9. Ulьtrafiolet nurlar ta'sirida. Infektsiya yukkan dastlabki davrlarda bemorlardan ITVni zaif replikatsiya kiluvchi shtamlari ajratib olinadi, ammo kasallik vakti uzoklashib borgan sari ITVning kuchli replikatsiya kiluvchi shtamlari ajratiladi. ITVning sitopatogen ta'siri Virusning kasallangan organizmning xkjayralariga nisbatan shikastlovchi ta'sirini sitopatogen effekt deb ataladi. Bu ta'sir 5 xil kurinishda uchrashi mumkin. 1.Virus bilan zararlangan xujayrani virusning faol replikatsiyasi tufayli nekrozga uchrashi ya'ni sitonekroz yoki sitoliz va tugridan-tugri destruktsiyasi. Bunday jarayon nishon xujayralardan T4-limfotsitlar T4-T8-limfotsitlar, megakariotsitlar uchun xos. 2. Sintitsiy xosil kilishi. Bunda sintitsiy xosil kilishda bir tomondan virus bilan zararlangan va tashki membranasida virusning gp120 va gp41 oksillarini ekspressiya kilgan xujayralar ishtirok etsa, ikkinchi tomondan tashki membranasida SD4 molekulalarini ekspressiya kiluvchi, ammo viruslar bilan zararlanmagan xujayralar ishtirok etishi mumkin. Bunday nofiziologik sintitsiy yashash kobiliyatiga ega bulmagan xosiladir. 3. Tezkor sitoliz kuzatilmaydigan, xujayraning surunkali infektsiyasi. Infektsion jarayonning bunday kechishi viruslar bilan zararlangan dendritik xujayralarda, monotsitlarda (makrofaglarda), neyronlarda, kundalang targil muskullarda kuzatiladi. Ushbu xolatlarda dendritik xujayralarda ITV faol kupayadi, xujayradan tashkariga ajrab chikadi, zararlangan dendritik xujayra ma'lum vakt mobaynida uz fiziologik migratsiya yuli buyicha xarakatlanib yashab turadi, viruslarni shu yul bilan butun organizm buyicha tarkatadi va shu jumladan T4-limfotsitlarga olib keladi. Monotsitlar xam tezda sitolizga uchramaydi, ammo ular soglom monotsitlarga funktsional jixatdan tenglasha olmaydi. Neyronlarni xam virus tezda 22 xalok kilmaydi, ammo ular asta-sekinlik bilan xalok bulib, gliya tukimasi bilan almashadilar. 4. ITVning ayrim oksillarini patogen ta'siri. Tulakonli viruslardan tashkari ularning ayrim oksillari xam bemor organizmidagi xujayralar va tukimalarga toksik va patogen ta'sir etadi. Bunday oksillarga virus kobigining gp120 oksili Tat genining regulyatsiyalovchi proteini va virusning r67 oksili kiradi. Virus yuktirilgan xujayra sintez kilib chikarayotgan gp120 oksilining 50% ga yakini yangi viruslar xosil kilish uchun sarflanmaydi, balki xujayradan tashkariga aloxida eruvchi oksil sifatida sekretsiya kilinadi. Ular uz navbatida soglom xujayralarning SD4 retseptorlari bilan maxsus boglanib oladi. SD4 retseptori gp120 oksili bilan birlashib olgan xujayralar uzlarining normal fiziologik funktsiyalarini bajara olmay koladilar. Masalan T4-limotsitlar uzlarining xelperlik xususiyatlarini yukotadilar va bu uz navbatida u xujayralar tulakonli virus bilan zararlanmagan bulsada, immunodefitsit xolatining kuchayishiga olib keladi. Bundan tashkari yuzasiga yukoridagi oksilni biriktirib olgan xujayralar organizmning virusga karshi immun mexanizmlarining (antitanachalar, AZKTST, STL) parchalovchi ta'siriga nishon bulib koladilar. Tat oksili OITS bilan assotsiatsiyada keluvchi Kaposhi sarkomasining patogenezida muxim rol uynaydi. Bu oksil ushbu kasallikdagi duksimon xujayralarning usib ketishida omil xisoblanadi. Shunday kilib ITV zararlangan xujayrani tezda kelib chikuvchi sitolizini chakiradimi yoki yukmi, baribir virusning ayrim komponentlari bemor organizmidagi xujayralarga patogen va toksik ta'sir kursatadi. 5. Surunkali kechuvchi infektsiyada vakt utishi bilan zararlangan xujayralarda yetarlicha uzgarishlar kelib chikadi. Masalan ularda soglom xujayralarga nisbatan gistonlar soni 3-4 barobar ortib ketadi. Undan tashkari xujayra ichida virusning sarflanmagan DNKsi, RNK, oksillar yigiladi, xujayra ichida virus kobigining gp120 oksili bilan xujayraning SD4 retseptori oksil komplekslari xosil buladi. Bular oxir okibat bunday xujayralarni xalokatga olib keladi. 23 Infektsion jarayonning makroorganizmdagi patologiyasi. OIV-infektsiyasi immunopatogenezi. 1. OIV-infektsiyasining patogenezidagi birinchi komponent viruslarning zararlangan xujayralarni bevosita shikastlashidir. 2. Infektsiya patogenezidagi ikkinchi komponent virusning ayrim eruvchan oksillarining (gp120, Tat, p67 va boshkalar) xujayralarga shikastlovchi ta'siridir. 3. Uchinchi komponent erta rivojlanuvchi immunosupressiyadir. Immunosupressiya rivojlanishiga bir tomondan viruslarning gp120 oksili sabab bulsa, ikkinchi tomondan T8-supressorlarning kondagi mikdorining juda kuchli ortib ketishi sababdir. 4. Turtinchi komponent infektsion jarayonning spetsifik viruslarga karshi antitanachalar ta'sirida kuchayib ketishidir. 5. Beshinchi komponent xujayralar shikastlanishining autoimmun mexanizmlaridir. Bular antitanachalarga boglik xujayra sitotoksikligi – AZKTST, sitotoksik T-limfotsitlar – STL. 6. Oltinchi komponent infektsion jarayonni kuchaytiruvchi kofaktorlar (omillar). Bular boshka virusli infektsiyalar, bakterial infektsiyalar, stress xolatlari, xomiladorlik, alloantigen kitiklovchilar, gipertermiya, ulьtrabinafsha nurlar, giperkortitsizm va x.k. 7. Yettinchi komponent total immunodefitsit tufayli rivojlanadigan ikkilamchi patologik jarayonlar. Bular opportunistik va endemik infektsiyalar, usmalar. 8. Sakkizinchi komponent ITVni asab tizimini shikastlashi okibatida rivojlangan ikkilamchi patologik jarayonlar. OIV-infektsiyasida immun tizimi ITV uz tabiati buyicha immunotrop virusdir. Virusning immun tizimi bilan uzaro munosabati faol ikki taraflamadir. Birinchidan virus T4-limfotsitlarga va immun tizimining boshka xujayralariga tugridan-tugri destruktiv ta'sir kiladi, ikkinchidan gummoral immunosupressiv ta'sirga ega. Ikkinchi tomondan immun tizim uzi ITV antigenlariga javob tarikasida maxsus antitanachalar va sensibilizatsiyalangan limfotsitlar effektorlar ishlab chikaradi. Immun tizimidagi disfunktsiya ortib 24 borgach, patologik immun mexanizmlar (autoimmun va boshka) kushila boshlaydi va ular ustuvorlikni egallaydi. Konda virusga karshi antitanachalar paydo bulishi bilan «serokonversiya» deb yuritiladi va bundan OIV-infektsiyasi diagnostikasida foydalaniladi. Bunday maxsus antitanachalar kasallik yuktirib olingandan keyin 8 xafta utgach paydo buladi (konda virus antigenlari esa 2 xaftadan keyin paydo buladi). Immunosupressiya. Virus bilan zararlangan organizmda xujayralar ichida ITV replikatsiyasi boshlangach, bu maxsulotlar organizmda tuplana boshlaydi. Shu davrdan boshlab OIV-infektsiyasi uzining immunosupressiv ta'sirini utkaza boshlaydi. Bunday ta'sirga ega bulgan virus maxsulotlari yukorida aytib utilgan virus kobigi oksili gp120 va r67 dir. Sintez kilingan gp120 ning 50% ga yakini xujayradan konga chikib, u yerdagi T4-limfotsitlar va boshka xujayralar bilan birikadilar. Immunosupressiv ta'sir kiluvchi yana bir omil r67 xam bu jarayonga uz xissasini kushadi. Infektsiyaning dastlabki davrlarida, immun tizimining kup kismi zararlanmagan paytda virusga karshi antitanachalar ishlab chikariladi va ular virusning oz kismini inaktivatsiya kiladi, ammo bu infektsion jarayonni rivojlanishini tuxtatib kola olmaydi. Keyinchalik esa antitanachalar fakat kuchsiz viruslarnigina inaktivatsiya kiladi, kuchli va virulentligi yukori bulgan viruslar esa saklanib koladi, bu omil infektsion jarayonnin yanada kuchayishiga olib keladi. Gumoral immunitet. ITVga karshi maxsus antitanachalar infektsiya yuktirib olgan odamlarning fakat 90% dagina aniklanadi. Agar infektsiya yukishi teri yoki shillik kavat orkali yuz bergan bulsa, serokonversiya bir oydan keyin buladimi yoki 10 yildan keyin buladimi buni xech kim avvaldan aytib bera olmaydi. Yukish konga virusning katta dozasi tushishi orkali yuz bersa, gumoral immun javobning dinamikasi standart va anik. ITV antigenlari immunoferment usulida 2 xaftadan keyin aniklana boshlaydi, antitanachalar esa 8-xaftadan boshlab aniklanadi. Virusni yuktirib olgan shaxslarda V-limfotsitlarni poliklonal faollashuvining belgisi bulgan gipergammaglobulinemiya kuzatiladi. Immunoglobulinlardan esa immunoglobulin A ning ortishi OIV-infektsiyasi uchun xosdir. 80% bemorlarda konda SIK mikdori ortgan. Immunoglobulin Ye mikdori normadan yukori, T4- 25 limfotsitlar soni kanchalik past bulsa, immunoglobulin Ye shunchalik ortib boraveradi. Immunitetning T-tizimi. ITVning eng asosiy nishoni T4-limfotsit xelperlar induktorlardir. Kondagi virus bilan zararlangan T4-limfotsitlar mikdori kasallikning kechki vaktlarida xam 1% dan ortmaydi, ammo limfoid tukimalarda zararlangan limfotsitlar mikdori kondagidan 10-15 barobar kupdir. Dastlab kasallikning alomatlari kuzatilmgan davrda T4-limfotsitlarning V-limfotsitlar uchun xelper xisoblangan effektorlar subpopulyatsiyasi anik darajada kamayib ketadi. T4-limfotsitlarning supressorlar uchun induktor xisoblangan subpopulyatsiyasi esa kechrok kamaya boshlaydi. T8-limfotsitlarning kondagi mikdori kasallikning erta davridayok keskin ortib ketadi va klinik rivojlangan OITS davridagina ularning mikdori pasayadi. T8-limfotsitlarning sitotoksik subpopulyatsiyasi supressor subpopulyatsiyasiga nisbatan kuprok ortadi. Shunday kilib, infektsiyaning erta davrlaridayok T4: T8 koeffitsiyenti pasayib ketadi va 63% xollarda 1 dan past buladi. Normal killerlarning faolligi bemorlarda anik va kuchli pasaygan. Bu xujayralarning sitoliz funktsiyasini bajaruvchi subpopulyatsiyasi progressiv ravishda kamayib boradi, sitostaz funktsiyasini bajaruvchi subpopulyatsiyasi esa infektsiyaning boshlangich davrlarida biroz ortgan. Antigen tashuvchi xujayralar (monotsitlar, makrofaglar, dendrit xujayralari) funktsiyasi xam infektsion jarayon rivojlanib borgani sari izdan chikadi. Asab tizimidagi uzgarishlar patogenezi. ITV fakat immunotrop virus bulib kolmasdan, balki neyrotrop virus xamdir. Markaziy asab tizimida virus bevosita neyronlarni, astrotsitlarni, mikrogliyani, kon-tomirlar endoteliy xujayralarini, miyaning fibroblastsimon xujayralarini, oligodendrotsitlarni zararlaydi. Kasallikning erta davrlaridayok 75-97% bemorlarda asab tizimida ITV aniklanadi. Miyaning ushbu infektsiyada shikastlanish patogenezi komponentlari kuyidagilardir: 1. Virusning nerv tizimining zararlangan xujayrasiga tugridan-tugri sitopatogen ta'siri. 26 2. Virusning eruvchi gp120 oksilini neyrotoksik ta'siri. 3. Virusga karshi antitanachalar va sensibilizatsiyalangan limfotsitlarning miya xujayralariga shikastlovchi ta'siri. 4. Yalliglanish jarayonlari – entsefalitlar, bular miyadagi ikkilamchi infektsiyalar tomonidan chakirilgan. 5. Miyaning usmalar bilan shikastlanishi. Kaposhi sarkomasining patogenezi. OITS bilan assotsiatsiyada keluvchi Kaposhi sarkomasining (KS) uziga xos xususiyati shundan iboratki, 90% xollarda u passiv gomoseksualistlarda, ya'ni fakat erkak kishilarda uchraydi. OIV-infektsiyasi kon orkali va vertikal yul bilan (yuldosh orkali xomilaga) yukkanda KS uchramaydi. Bunday yorkin namoyon bulgan fark anal seks KS uchun kofaktorligidan dalolat beradi. KSdagi duksimon xujayralar ertaki mezenximal xujayralar bulib, ular endoteliy xujayralariga yoki sillik muskul xujayralariga tomon differentsiatsiya kilishi mumkin. ITVning Tat oksili KS xujayralarini usishini kuchaytirib yuborish xususiyatiga ega. Shuning uchun Tat oksili ushbu usma uchun kuchli kofaktor xisoblanadi. Duksimon xujayralarda xar xil sitokinlarga (ya'ni usish omillariga) kup mikdorda retseptorlar mavjud. OIV-infektsiyasida limfotsitlar va monotsitlar kup mikdorda sitokinlar ishlab chikaradi. Terining me'yordagi xujayralari Tat oksilining kichik kontsentratsiyasiga reaktsiya bermaydilar, ammo sitokinlar ta'siri ostida terining endotelial va sillik mushakli xujayralari Tat oksilining ta'siri ostida kuchli proliferatsiyaga uchraydi. OIV-infektsiyasining klinikasi OIV-infektsiyasi uchun boskichma-boskich kechish, retsidivlarning remissiyalar bilan almashinib turishi, xamda klinik va laboratoriya alomatlarining uzliksiz ogirlashib borishi xosdir. Kasallikning oxirgi etapida sof OITS shakllanadi, u ogirlashib borib, ma'lum muddatlardan sung tragik yakunlanadi. OITSning klinik asosini opportunistik infektsiyalar (OI) yoki yomon sifatli usmalar tashkil kiladi. OI deb shunday kasalliklarni aytiladiki, normal sharoitlarda ularning kuzgatuvchilari kasallik chakira olmaydi, immunitet pasayganda esa 27 patogen bulib koladi va xar xil kasalliklar chakiradi. Bu kasalliklarni SPID indikatorli kasalliklar deb xam yuritiladi. OIni 4 ta guruxga ajratish mumkin. 1. Protozoyli 2. Zamburugli 3. Bakterial 4. Virusli Bu OIlardan tashkari boshka odatdagi infektsion agentlar va endemik infektsiyalar xam xar xil kasalliklarni chakirishi mumkin. V.I. Pokrovskiy 1989 yili OIV- infektsiyasini klinik klassifikatsiyasini taklif kildi, unga asosan bu infektsiyaning kechishida 4 ta boskich tafovut kilinadi. 1. Inkubatsiya boskichi (bir oydan 1,5 yilgacha va undan ortik) 2. Birlamchi alomatlar boskichi a. Utkir infektsiya (mononukleazsimon sindrom) b. Yashirin infektsiya (latent) v. Limfadenopatiya 3. Ikkilamchi alomatlar boskichi a. Terining, uning xosilalarining, shillik kavatlarning zamburugli, bakterial va virusli kasalliklari: kaytalanuvchi faringit, sinusit, tana vaznining 10% dan kam yukotilishi b. Terining, ichki a'zolarning disseminatsiyalanmagan kaytalanuvchi bakterial, zamburugli, virusli va protozoyli kasalliklari: sochli leykoplakiya, shillik kavatlar kandidozi, kaytalanuvchi urab oluvchi temiratki, cheklangan KS, upka sili, noma'lum ich ketishi (diareya), 1 oydan ortik noma'lum xaroratning ortishi (istima), tana vaznining 10% dan ortik yukotilishi. v. Generalizatsiyalangan bakterial, virusli, zamburugli, protozoyli, parazitar kasalliklar: pnevmotsistalar tomonidan chakirilgan pnevmoniya, kizilungach kandidozi, atipik mikobakterioz, upkadan tashkari a'zolar sili, kaxeksiya, disseminatsiyalangan KS. 4. Terminal boskich (xakikiy OITS). a. Upka shakli b. Nevrologik shakli v. Oshkozon-ichak shakli d. Xaroratli shakli 28 ye. Teri shakli (KS) 1. Utkir infektsiya, dastlabki boskich yoki mononukleazsimon sindrom utkir kechadi. Kasallik yukkandan keyin taxminan 2-4 xaftadan keyin boshlanadi, 3-4 kundan to 1 oygacha davom etishi mumkin, spontan ravishda regressga uchraydi (ya'ni kasallikning barcha alomatlari sogayib ketadi). Bu boskich organizmda ITVga karshi antitanachalar xosil bulishi bilan kechadi. Klinik alomatlari xilma-xil bulib, kuchli bosh ogrigi, noxushlik, umumiy darmonsizlik, artralgiya, mialgiya, tana xaroratni kutarilishi, angina, faringit, generalizatsiyalangan limfodenopatiya, gepatoliyenal sindrom, diareya kabilar kuzatiladi. Ba'zan epileptik alomatlar (tutkanok) kuzatilishi mumkin. Terida kup mikdorda kepaklashmaydigan och pushti rangli dumalok yoki oval shaklidagi, yasmik donicha va undan kattarok doglar paydo buladi. Laboratoriya usulida tekshirilganda limfopeniya aniklanadi. 2. Yashirin (latent) infektsiya boskichida xech kanday klinik alomatlar kuzatilmaydi, bu davr virus tashuvchanlik davri deb xam ataladi. Bu boskichni fakat laboratoriya tekshirish usuli orkaligina aniklash mumkin. 3. Generalizatsiyalangan limfodenopatiya boskichi OIV-infektsiyasida konuniy xolat bulib, 90% bemorlarda kuzatiladi. Klinik jixatdan OIV-infektsiyasiga boglik limfodenopatiya deb chov soxasidan boshka joylarda, eng kamida 2-ta va undan ortik soxalarda limfa tugunlari 3 oydan ortik muddatga kattalanishi xisobga olinadi. Kattalashgan limfa tugunlarining diametrining ulchami 0,5 sm dan 2 sm gacha, ba'zan esa 4-5 sm gacha kattalikda buladi. Ularning konsistentsiyasi zich- elastik, bir-biri bilan kushilmagan aloxida-aloxida joylashadi, xarakatchan, ogriksiz, ularning ustidagi teri uzgarmagan. Ba'zan ular palьpatsiyada ogrik chakirishi mumkin, ayrim xollarda esa bir-biri bilan yopishishi mumkin. Bunday xolat ikkilamchi infektsiyalardan mikobakteriyalar kasallik chakirganda va neoplastik jarayonda (KS) kuzatiladi. 29 4. Kasallikni ikkilamchi alomatlar boskichini adabiyotlarda SPID- assotsiatsiyalangan kompleks deb xam yuritiladi. Bu boskichning dastlabki paytlarida limfodenopatiya boshlangandan 1,5-3 yil utgach bemorning umumiy axvolida uzgarish kuzatiladi. Klinik alomatlardan bosh ogrishi, darmonsizlik, noxushlik, tezda charchash, kup terlash, isitma chikishi, yutal, mialgiya, artralgiya, ishtaxani pasayishi, diareya, tana vaznining kamayishi, ikkilamchi infektsiyalar va boshka patologiyalar kuzatiladi. Vakt utishi bilan kasallikning klinik alomatlari zuraya boradi. Terining va shilik kavatlarning zararlanishi bu boskichda aloxida axamiyat kasb etadi. Xar bir bemorda bu pallada 2,5-3,7 tagacha dermatologik simptomlar (alomatlar, kasalliklar) kuzatiladi. Eng kup uchraydiganlari mikotik kasalliklar bulib, bular orasida ayniksa kandidoz ustivorlik kiladi. Undan tashkari virusli kasalliklar, piodermitlar, seboreyali dermatit (ekzema), papulyoz toshmalar uchraydi. Mikotik kasalliklar uchun umumiy bulib ularning tezda generalizatsiyaga uchrashi, remissiya davrlarining kiskarishi, retsidivlarning kupayishi xisoblanadi. OIV-infektsiyasida uchraydigan kandidoz uchun bemorning nisbatan yoshligi, jarayonni albatta shilik kavatlarda xam uchrashi, asosan erkaklarning kasallanishi, teridagi jarayonning tezda genital va perianal soxalarga tarkalib ketishi, kasallik uchogining katta soxalarni kamrab olishi, ogrik chakirishi, eroziyaga va yaraga aylanib ketishi xosdir. Kasallik kupincha xalkumga, kizilungachga tarkaladi, ovkat yeyish yutingan paytdagi kuchli ogrik xisobiga kiyinlashadi. Jarayon generalizatsiyaga uchrashi mumkin. Rubrofitiya uchun xos jixatlar shundan iboratki, u polimorf eritema, seboreyali dermatit, kaft-tovon keratodermiyasi kabi kechishi mumkin, ba'zan esa kup mikdordagi yassi papulalar paydo bulishi bilan kechadi. Onixiya va paronixiyalar paydo bulishi konuniydir. Rang-barang temiratkida doglarning ulchami tangachalik bulishi mumkin ularning asosida esa infilьtrat rivojlanadi, ya'ni doglar blyashkalarga aylanadi. Virusli infektsiyalardan oddiy gerpes ogiz shillik pardasini, jinsiy a'zolar soxasini, perianal soxani zararlaydi. Toshmalar mikdori juda kup, xatto disseminatsiya kuzatiladi, retsidivlar tez-tez uchraydi, bir-biriga ulanib ketadi, remissiyasiz kechadi, eroziyalar va yaralar xosil buladi, kuchli ogrik bezovta kiladi. Atipik, 30 noodatiy soxalarda joylashishi mumkin. Disseminatsiyalangan shakllarida nafakat pufakchalar, balki pufaklar, papulalar xosil buladi, vistseral a'zolar xam zararlanadi. Urab oluvchi temiratki OIV-infektsiyasining erta paydo buluvchi alomatlaridan biridir, ayniksa bu Afrika axolisi uchun xosdir. Jarayon ikki va undan ortik dermatomlarni kamrab oladi, diffuz kasallik uchoglari xosil buladi, tez-tez kaytalanib turadi. Retsidivlar bir dermatom soxasida kup marotaba kaytalanishi okibatida u soxada papulalar paydo bulishi, ular kushilib ketishi, papillomatoz usimtalar xosil kilishi mumkin. Pufakchalardan tashkari pufaklar xam xosil buladi, ba'zan ular gemorragik xarakterda buladi (trombotsitopeniya xisobiga). Virusli infektsiyalarning aloxida guruxini yukumchil mollyusk, sochli leykoplakiya, oddiy sugallar, utkir uchli kondilomalar kabi proliferativ kasalliklar tashkil kiladi. Bu kasalliklar juda kattik kechadi, disseminatsiyaga uchraydi, katta soxalarni kamrab oladi. Terining yiringli kasalliklari kup va xilma-xil. Uldardan kup uchraydiganlari aknesimon follikulitlar, impetigo, shankrsimon piodermiya, vegetatsiyalovchi diffuz yarali piodermiyalardir. Aknesimon follikulitlar nafakat odatdagi soxalarda (yuzda, peshonada, yelka kamarining yukori kismida) joylashgan, balki boshka soxalarda – kul-oyoklarda, korin, bel, dumba soxalarida, ayniksa son soxasida kup mikdorda paydo buladi. Shankrsimon piodermiyada doimo yara paydo buladi, u atrofga karab usib, kattayadi, kup marotaba retsidiv beradi. Yarali piodermiya uchun ogir kechish, atrofga karab kengayib borish, eski kasallik uchoklariga yangilarining kushilib ketishi, kuchli ogrik bezovta kilishi xosdir. OIV-infektsiyasida kukrak soxasida juda kuchli rivojlangan, kalin bulib joylashgan, ikki yelka oraligini tuldirib turuvchi teleangiektaziyalar paydo bulishi mumkin. Shuningdek kulok suprasida, kaftlarda, barmoklarda, boldirda va boshka soxalarda xam teleangiektaziyalar paydo bulishi mumkin, ular kupincha eritematoz doglar bilan birgalikda keladilar. Terining boshka kasalliklaridan seboreyali dermatit kup uchraydi, uning joylashgan soxasi xam noodatiydir. Bemorlarda kupincha uchogli yoki diffuz alopetsiya kuzatiladi. 31 Terminal boskich. Upka shaklida pnevmoniya alomatlari ustuvor bulib, 57% xollarda bu kasallik pnevmotsistalar tomonidan chakirilsa, 43% xollarda sitomegalovirus infektsiyasi chakiradi. Ayrim xollarda mikobakteriyalar, kriptokokklar, koktsidoidoz, aspergillalar, gistoplazmalar, toksoplazmalar, oddiy gerpes viruslari tomonidan xam pnevmoniya chakiriladi. Nevrologik shakli. OIV-infektsiyasida asab tizimi 90-95% shikastlanadi. Entsefalopatiyalar, meningit, entsefalit, miyelopatiya, bosh miyaning uchokli kasalliklari uchraydi. Ularning sababchilari: toksoplazmalar, kriptokokkoz, SMV, gistoplazmoz va boshka opportunistik infektsiyalar. Ayrim xollarda miya abstsesslari, limfomalar kuzatiladi. Dementsiya alomatlari neyronlarning bevosita zararlanishi bilan boglik. Oshkozon-ichak shakli. Asosiy klinik belgisi persistirlovchi yoki retsidivlovchi diareyadir.uning natijasida organizmda suvsizlanish, toksikoz, eksikoz, intoksikatsiya alomatlari rivojlanadi, tana vazni uzluksiz pasaya boradi. Buning sababchilari: amyobalar, lyambliyalar, shigellalar, salmonellalar, mikobakteriyalar, koktsidiyalar, kriptosporidiyalar. Xaroratli shakli. Bu klinik turining asosiy belgisi doimiy yoki epizodik kuzatiluvchi xaroratning febril kutarilishidir, uning natijasida bemor tana vazni pasayib ketadi (ozib ketadi). Teri shakli. Bu klinik turining eng asosiy klinik belgisi Kaposhi sarkomasidir (KS). OIV-infektsiyasiga chalingan bemorlarda KSning vistseral va dermal klinik shakllari tafovut kilinadi. Vistseral shaklida dastlab ichki a'zolar, ayniksa ovkat xazm kilish tizimi kasallikka chalinadi, teri esa undan keyin ikkilamchi bulib jarayonga kushiladi. Dermal shaklida birinchi bulib teri va shillik kavatlar kasallikka uchraydi. KS uchun OITSda kelganda kuyidagi belgilar xosdir: bemorning nisbatan yoshligi, elementlarning rangi yorkin va tinik, noodatiy soxalarda joylashish, tezda dissiminatsiyaga uchrash, agressiv kechish, limfa tugunlari va ichki a'zolarning jarayonga jalb kilinishi. 32 OIV-infektsiyasining terminal davrida opportunistik infektsiyalardan tashkari xar bir region uchun xos bulgan endemik infektsion kasalliklar xam kup uchraydi. Bular sil kasalligi, salmonellalar va boshka infektsiyalar. Trombotsitopenik purpura OIV-infektsiyasida 9% xolgacha uchraydi, bunda trombotsitlar soni 50 000 mkl dan pasayib ketganda gemorragiyalar kuzatiladi. OIV-infektsiyasiga tekshirish uchun absolyut kursatmalar. 1. OIV-infektsiyasining utkir xaroratli fazasi. 2. Kaposhi sarkomasi. 3. Ogizning sochli leykoplakiyasi. 4. Proksimal tirnok osti onixomikozi. 5. Bakterial angiomatoz. 6. Eozinofilli fallikulit. 7. Surunkali yarali gerpes (1 oydan uzok davom etgan). 8. Barcha venerik kasalliklar. 9. Katta yoshli odamlarning yuz terisida kuplab elementlar bilan kechuvchi yukumchil mollyusk. 10. Narkotiklarni vena ichiga yuborishning teridagi belgilari. Nisbiy kursatmalar 1. Urab oluvchi temiratki 2. Shillik kavatlar kandidozi 3. Seboreyali dermatit 4. Uzok vakt bitmaydigan aftalar OIV-infektsiyasining bolalardagi uziga xos jixatlari Bolalar kachon va kanday yul bilan zararlanganligiga karab kasallikning kechishi fark kilishi mumkin. 1. Kasallik xomilaga embrional davrda antenatal yuktirgan (transplatsentar) 2. Kasallik perinatal yukkan (xomilaning 28-xaftasidan keyin) 3. Kasallik postnatal yukkan (tugilgandan keyin yoki tugilish paytida) Postnatal yukkanda yoki kechki perinatal yukkanda kasallik kattalarga uxshab kechadi, ammo simptomatikasida va dinamikasida fark bor. Inkubatsion davr 33 bunda kiskargan (eng uzogi bilan 3-5 yil), kasallikning manifest belgilari paydo bulgandan to bemor bola xalok bulguncha utadigan davr xam kiskaradi. Kasallikni perinatal yuktirib olgan bolalarda OITSning klinik alomatlari urtacha 2,5 yilda rivojlanadi. Agar kasallik belgisi gudakning 1 yoshlik davrida boshlansa, gudak 2 yoshga yetib bormaydi. OIV-infektsiyasining bolalardagi asosiy belgilari: 1. Persistirlovchi generalizatsiyalangan limfodenopatiya 2. Gepatosplenomegaliya 3. Entsefalopatiya (akliy va jismoniy rivojlanishning tuxtashi, mushaklardagi kuchsizlik) 4. Pnevmotsistali pnevmoniya 5. Kandidoz 6. Diareya 7. Bakterial infektsiyalar 8 Gipergammaglobulinemiya Bolalarga kasallik yuldosh orkali yukkanda mononukleazsimon sindrom bulmaydi. KSsi xam bolalarda kariyb uchramaydi. Kasallikning vertikal yukishi 27-47%, urtacha 30% xollarda kuzatiladi. Ammo kolgan soglom tugilgan chakaloklar xam nimjon, rivojlanishdan koladi. Xomiladorlikning 25% da bola tashlash kuzatiladi. DIAGNOSTIKASI. Kasallikning anik tabiatini aniklashda, ularni teri va yukumli kasalliklardan farklashda laboratoriya tekshiruv usullari yordam beradi. Immunologik analizlar limfotsitlar turlarini sanash va takkoslash usuli goyat amaliy axamiyatga ega. Bunda yordamchi limfotsitlar – xelperlar soni kamayib ketadi, birok limfotsitlarning umumiy soni kamaygan bulishi mumkin. Limfotsitlar umumiy sonining kamayishi (limfotsitopeniya) kasallikning keyingi davrlarida kuzatiladi. Bunda limfotsitlarning 1 ml kondagi soni 500 tagacha tushishi mumkin (soglom kishilarda 1200-1700 dona). Ma'lumki normada xelperlarning 34 supresorlarga nisbati – 1,5 -:- 1,8 ga tengdir, VICh kasalligida bu rakam 1 dan pastga tushib ketadi. Soglom geteroseksualistlarda Tx = 1,75, soglom gomoseksualistlarda esa Tx – 1,2 (Sthel et al. 1982). Surunkali xar xil teri kasalliklari (gush, gulafshon, kichima, eshakem va xokazolar) bulgan bemorlar VICh kasalligiga chalinsa, ularning eski teri kasalliklari kuziydi. Buning ustiga-ustak yangi shakllangan toshmalar diagnostikani murakkablashtiradi. Birok, kasallik tarixini mukammal urganish, OITSga tegishli belgilarni topish va diagnostika maksadlarida foydalanish, shuningdek immunobiologik va virusologik laboratoriya tekshiruvlarini utkazish kasallikning anik, tabiatini aniklashga yordam beradi. Ommaviy tekshiruvlarda keng kullaniladigan IFA usuli – immunoferment analiz deb ataladi. Mazkur usul ancha sezuvchan bulib, xatto 1 ml kon tarkibida bir molekula antitanacha bulgan takdirda xam uning borlini sezadi. Birok, immunoferment usuli OITSga chalingan bemorlarning 82% ida ijobiy, 16% ida esa taxminiy natijalar beradi va 2% ida VICh kasalligi borligi aniklay olmaydi (manfiy natijalar beradi). Immunoferment usulidan afzalrogi immunobloting usuli deyiladi. Immunobloting usuli IFA musbat natijalar bergan shaxslargagina kuyiladi, chunki uni ommaviy tekshiruvlarda kullash kimmatga tushadi. Retroviruslarga nisbatan xosil buladigan karshi tanachalar kasallik yukkandan sung 6-8 xafta utgach konda paydo buladi. Shuningdek VIChga karshi tanachalar xosil bulishi 3-6 oygacha chuzilishi mumkin. Shu sababli tekshirilayotgan shaxsda IFA kelish xato xisoblanadi, ya'ni bu xolda karshi tanachala yetarli mikdorda xosil bulib ulgurmagan bulishi mumkin. Shuning uchun IFA usulini 2 marta kullash lozim. Xozirgi paytda faol ish olib borayotgan barcha OITS laboratoriya axoli orasida VICh kasalligini aniklash maksadida IFA usulini keng kullamokda. Ayniksa, zaxmga duchor bulgan xomilador ayollar, kon beruvchi donarlar, giyoxandlar, silga uchragan bemorlar, tanosil kasalligiga duchor bulganlar va aloxida ijtimoiy tabakaga kiruvchi shaxslar VICh kasalligiga sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim. Soglikni saklash vazirligining maxsus kursatmasiga muvofik, yukorida sanab 35 utilgan shaxslar V gepatitini kuzgatuvchi virusga Hepatitis B virus xam tekshirilishi lozim. Davolash. Uzok vakt davomida yagona davo sifatida nukleozidlar bulib, ular virusning kaytalama transkriptaza fermentini ingibitorlari xisoblanadi. Ulardan: 1987 y. – Azidotimidin, 1991 y. – Didanozip, 1992 y. – Zalьtsitobin, 1994 y. – Otavudin, 1995 – Lamivudin, 1996 – Kriksivan, Invaraza, Norvir. Ular virusga karshi ta'sir kiluvchi dorilarning ingibitorlaridir. Bular Ushbu ferment ish faoliyatini tuxtatish kobilyatiga ega. Ya'ni protein va enzimlarning uzun zanjirlarini mayda-kalta bulaklarga bulinishiga, parchalinishiga tuskinlik kiladilar, natijada Yangi viruslar xosil bulishi tulik amalga oshmaydi (defektli viruslar xosil buladi). Viruslar buni natijasida xujayraga kirish kobiliyatini yukotishadi. Sinovlar shuni kursatdiki, ularning virusga ta'sir kilish kobiliyati kaytalama transkriptaza ingibitoriga nisbatan kuchlirok ekan. OIV – kasalligini davolash jarayonida Yangi yunalish amalga oshirildi. Ya'ni virusga karshi ta'sir kiluvchi 1 nechta dorilarni birdaniga kullash yaxshi samara bera boshladi. Chunki 1 tasi kullanilganda virusning ularga nisbatan sezuvchanligi tezda yukolishi mumkin ekan. Xozirda bir nechta kaytalama transkriptaza ingibitorlari kullanib kelinmokda. Masalan, AZT+xivid+inviraza. Davolash ancha kiyin bulib, bemor xar kuni 20 tadan ortik tabletkani yillab ichishi lozim. Bundan tashkari opportunistik kasalliklarni xam davolash kerak. Kolaversa, bunday dorilar toksik ta'sirga egadirlar, xamda bir necha un ming dollar atrofida. Bundan tashkari patogenetik davo xam kullanilishi lozimdir. Bulardan biri immunomodulyatorlardir. OIV kasalligida immun tankisligini tiklash niyatida olimlar kuyidagi preparatlarni kullashmokda: a) Timozin – buzoklar timusidan tayyorlangan bulib, u T-limfotsitlar sonini kupaytirish va ularni ish faoliyatini jonlantirish xususiyatiga egadir; b) Timopentin – timus gormonining urnini bosuvchi sintetik preparat, u OIVning dastlabki boskichlarida kullash tavsiya etiladi; v) Interleykin-2 – interferon xosil bulishini jonlantiradi; g) Interferonlar – alьfa-leykotsitarli, beta-fibroblastli, gamma-immunli va b.; d) Imrego – leykotsitlardan tayyorlangan past molekulali immunomodulyator; ye) Levomizol 36 (dekaris) – sintetik immunomodulyator; Izoprinozin - sintetik immunomodulyator. Bundan tashkari immunitetni urnini bosuvchilar – tulik limfotsitlarni yuborish va ilikni kuchirib utkazish. Simptomatik davo (ikkilamchi kasalliklarni davolash). OIV-infektsiyasining profilaktikasi Profilaktik tadbirlar kompleks ravishda olib borilishi kerak. Eng asosiylari kuyidagilardan iborat: 1. Axoli orasida, ayniksa xavfli guruxlar orasida sanitariya-okartuv ishlarini olib borish. Xavfli guruxlarga gomoseksualistlar, tartibsiz jinsiy xayot kechiruvchilar (foxishalar), narkomanlar, kon va uning komponentlari kuyiluvchi shaxslar kiradi. Yukoridagilar orasida OIV-infektsiyasi tugrisida tushintirish ishlari olib borish zarur. Kon kuyish uchun esa konni (donorni) avval yaxshi aniklab tekshirish zarur. Narkomaniyaga karshi kurash olib borish xozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki xozirgi kunda OIV-infektsiyasini yuktirib olgan shaxslarning asosiy kismi narkomanlardir. Kasallikni yuktirib olgan shaxslar orasidagi olib boriladigan ishlar xam profilaktikada aloxida urin tutadi. Kontrol savollar 1. OIV - infektsiyasi etiologiyasi. 2. OIV - infektsiyasi epidemiologiyasi. 3. OIV - infektsiyasi klinikasi. 4. SPID indikatorli kasalliklar. 5. OIV - infektsiyasi diagnostikasi. 6. OIV - infektsiyasini laboratoriya diagnostikasi. 7. OIV - infektsiyasi davolash. 8. OIV - infektsiyasi profilaktikasi. Kontrol savollar: 1. Oddiy pufakchali temiratki klinikasi, diagnostikasi, davolash. 37 2. Urab oluvchi temiratki klinikasi, diagnostikasi, davolash. 3. Kontaktli mollyusk klinikasi, diagnostikasi, davolash. 4. Sugallar va utkir uchli kondiloma klinikasi, diagnostikasi, davolash. Asosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlar hamda axborot manbaalar Asosiy adabiyotlar 1. Rodionov A.N., Zaslavskiy D.V., Sыdikov A.A. Dermatologiya. Illyustrirovannoye rukovodstvo po klinicheskoy diagnostike. – Moskva. “Granitsa”. 2018 g. 2. Eshboyev E.X., Tashkenbayeva U.A., Teri-tanosil kasalliklari va ularning laboratoriya tashxisoti. Darslik. Toshkent. – “Navro'z”. 2018y. 3. Vaisov A.Sh., Teri-tanosil kasalliklari. Darslik. - Toshkent, “Yangi asr avlodi”. 2009y. 4. Arifov S.S., Eshbayev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. Darslik. - Toshkent. “Entsiklopediya”. 1997 y. Qo'shimcha adabiyotlar 1. Atif Hasnain Kazmi. Color atlas of clinical dermatology. New Delhi, India. “Jaypee Brothers Medical Pub” 2015 g. 2. Olisova O.Yu., Kojnыye i venericheskiye bolezni. Uchebnik. – Moskva. “Prakticheskaya meditsina”. 2015g. 3. Chebotarev V.V., Tamrazova O.B., Chebotareva N.V., Odinets A.V., Dermatovenerologiya. Uchebnik. – Moskva. “GEOTAR Media”. 2013g. 4. Pasricha J.S., Ramji Gupta. Illustrated Textbook of Dermatology. New Delhi, India. “JP Medical Ltd”. 2013y. 5. Korotkiy N.G. Kojnыye i venericheskiye bolezni. Uchebnik. –Moskva. “Meditsinskoye informatsionnoye agentstvo”. 2011 g. 6. Skripkin Yu.K., Butov Yu.S., Dermatovenerologiya. Natsionalьnoye rukovodstvo. –Moskva. “GEOTAR Media”. 2009 g. 38 7. Skripkin Yu.K., Kubanova A.V., Akimov V.G. Kojnыye i venericheskiye bolezni. Uchebnik. -Moskva, “GEOTAR Media” 2009g. 8. Ananьev O.L., Anisimova Ye.V. Kojno-venericheskiye zabolevaniya. Uchebnik. “EKSMO”, 2006 g. 9. Pol K. Bakston Dermatovenerologiya. Uchebnik. Rossiya. “Binom”, 2005 g. 10. Elinor Ye. San. Dermatologiya. 100 sluchayev iz praktiki. Uchebnik. Rossiya. “Binom”, 2001 g. Ijtimoiy – siyosiy adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizning mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2017 y. 2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2017 y. 3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2016 y. Internet saytlari: 1. www.mediashhera.aha.ru.//dermatol//derm-mn.htm; 2. www.matrix.ucdavis.edu//DOJ.html; 3. www.cc.emory.edu //WHSCIV/medweb. dermatology.html.; 4. www.Mosbycom//Mosby//Periodicals// medical//CPDM//dm/html; 5. www.skindex.com.; 6. www.ama-assn/org//journals//standing//derm//dennhome.htm.; 7. www.Crawford.com//epo//mm wz//wor ld. html. 8. www.ziyonet.uz; 9. www. info@ minzdrav.uz; 10. www.info@tma.uz. 39 Download 265.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling