Reja: Bolalarni chiniqtirish to`g`risida tushuncha


Download 24.04 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi24.04 Kb.
#188910
Bog'liq
BBPQ 1


Mavzu:Sog’lom bolani chiniqtirish usullari.

Reja:


  1. Bolalarni chiniqtirish to`g`risida tushuncha

  2. Chiniqtirish turlari

  3. Skеlеt dеformatsiyasini oldini olish

  4. Uqalash tеxnikasi

  5. Gimnastika

Chiniqtirish – bu aniq maqsadda,o’lchovli miqdorda tabiat in'om ztgan tashqi muhit omillarini qo’llash bilan, bola organizmining kasallikka qarshi kurashish qobilyatini oshirishdir. Bu bola salomatligining mustaxkamligini, kasalliklarini oldini olishni, jismoniy va asab tizimini rivojlantirib har xil tasirotlarga chidamliligini oshirishni tamilovchi muhim metodlardan biridir. Chiniqtirishni fiziologik mexanizmi shartli reflekslar hosil qilish bilan organizm tana xaroratning boshqarishda takomillashini taminlaydi. Chiniqtirish asosida mashq qilish printsipi yotib,buni yilni hamma faslida yaxshisi issiqroq vaqtda boshlash lozim.Chiniqtirishda G.N.Speronskiy tuzgan asosiy qoidalarga rioya qilish kerak. 1.Har bir bolaga alohida yoshiga,konstitutsiyasiga, sog’lig’iga, kasalliklariga,oliy nerv tizimi faoliyatini xarakteriga,jismoniy rivojlanishga,uy va oila sharoitiga qarab belgilanadi. 2.Butun yil davomida mutassil har kuni bir vaqtda o’tqaziladi. 3.Sekin astalikdan ya'ni organizmga vazifa kam miqdordan ko’paytirilib, harorat kamaytirilib,muolajaga ketgan vaqti esa ko’paytiriladi. 4.Hamma chiniqtirish vositalari sog’lom bolalarga,uyqudan keyin yaxshi kayfiyatda turgan vaqtida uni qiziqtirib,o’yin vositalari qo’llagan holda olib boriladi. 5.Qo’llaniladigan usullarni umumiyligi darkor (kun tartibi,faslga moslashgan kiyim ,ochiq havoda uxlash, aylanib yurish, jismoniy tarbiya,cho’milish,kechqurun oyoqni yuvish va hakazolar). 6.Bolani sog’lig’ini doimo tekshirib turish. 7.Bola kasal bo’lib qolganda chiniqtirish vaqtinchalik to’xtab qolsa,uni yana takrorlashda qaytadan boshlash. Havo bilan chiniqtirish. Chiniqtirishni birinchi vositasi bo’lib havo vannasi hisoblanadi .Bu bolani birinchi haftasidan boshlanib ,ho’l yo’rgakni almashtirganda tanani 1 - 2 minut yalang’och yoki yarim yalong’och xolda ushlab turiladi va buni har kuni 2- 3 marotaba takrorlash bilan olib boriladi.1,5-2 oylikdan boshlab havo vannasini kun tartibiga kirgazib,yaxshi shamollatilgan xonada faol xarakatlar ,uqalash,gimnastika bilan birga olib boriladi.Xonadagi zng qulay daraja bolalarni birinchi yarim yilligida 21- 22 S ,ikkinchisida 19-20S,bir yoshdan oshganda 17-19S bo’lib,bu xarorat markazini ishiga to’g’ri keladi.Havo vannasini vaqtini sekin –asta har besh kunda 2 minutdan oshirib,birinchi yarim yillikda 15 minutgacha, 2-yarim yillikda 30 daqiqagacha etkazilib,bir kunda 2-3 marotaba o’tqaziladi.Bularni va boshqa chiniqtiruvchi vositalarni ertalab yoki kechqurun (soat 17-18da) ovqatlangandan 30-40 daqiqa keyin,katta bolalarda esa kunduzi uyqudan keyin o’tqazish maqsadga muoviqdir. Tez qo’zg’aluvchan,nevroz bolalarda havo vannasini kechki uyqudan oldin 8-10 daqiqa davomida o’tqazish maqsadga muoviq bo’ladi.Issiq kunlarda tashqi xarorat soyada 22 darajadan kam bo’lmasligi, kerak.Sayr qilishni ochiq havoda uxlashni iliq kunlarda chaqaloqni tug’rukxonadan chiqqandan 3 xafta keyin boshlash mumkin.Hova salqin kunlarida bola bilan sayr qilishi xarorat manfiy 5 darajadan yuqori bo’lmaganda bajarish mumkin.Birinchi sayr etish vaqti yozda 25 daqiqa ,sovuq paytlarida 10 daqiqa bo’ladi.Sekin-asta sayr vaqtini iliq kunlarda 2- 2,5 soatgacha,bir kunda 2 marotabagacha etkaziladi.3 oygacha bo’lgan bolalarni havo xarorati -10 daraja manfiydan past bo’lsa,3-6 oylikdan -12 daraja manfiydan past,6 oydan-15 daraja manfiydan past bo’lganda sayrga olib chiqilmaydi.Havo vannasini olgandan 1-2 haftadan keyin suv bilan chiniqtirish boshlanadi. so’ng bajariladi. Bola echingan xolda bo’lish kerak. Uni orqasi bilan yotqiziladi, so’ng qorni bilan, boshi ko’tarilgan bo’lishi kerak, shuning uchun yastik qo’yiladi. Karovat qimillanmasligi kerak. 3.Massaj qiluvchi bolani yonida emas, unga to’g’rima-to’g’ri qarab turishi kerak. 4. Uqalashdan oldin qo’lidagi uzuk, soat va boshqa taqinchoqlari echib tirnog’ini olib, qo’lini issiq suv bilan sovunlab yuvib, so’ng toza sochiqqa artish, bironta xam terisida yarasi yoki kesilgan, shilingan joyi bo’lmasligi kerak. 5. Teri orqali nafas olishi qiynalmasligi uchun yog’lar, vazelinlar xar xil sepiladigan paroshoklar ishlatilmaydi. 6. Uqalash va gimnastika, havosi yaxshilab almashtirilgan, xarorati 20- 22 darajali, 1 oylik bolalar uchun 22-24 darajali bo’lgan xonada olib boriladi. 7. Massaj ovqat egandan 30-45 minut keyin yoki ovkat eyishga 30 minut qolganda o’tqaziladi. 8. Uqalash sog’lom bolalarda 1,5 oydan boshlab o’tqaziladi. 9. Mashg’ulot ko’krak yoshidagi bolalarda 8-10 minutdan oshmasligi kerak. Yosh bolalarda uqalash doimo gimnastika mashg’ulotlari bilan birgalikda o’tqaziladi. Bu mashqlar faol, sust yoki reflektor bo’lishi mumkin. Bularni bajarishdan maqsad, xarakatlarni o’zaro mosligi muvozanatini saqlash, chuqur nafas olishni rivojlantirishdir. Jismoniy mashg’ulot 1-2 yoshli bolalarga sust va reflektor xarakatlar orqali bajariladi. Sust mashg’ulotlarni massaj qiluvchi hamshira yoki onasi bajaradi. Bunda mushaklari tabiiy xarakati yozilishi va yig’ilishi qo’llaniladi. Reflektor mashg’ulotlar shartsiz refleklar asosida bajariladi, ya'ni teri va mushaklari retseptor zonasiga qitiklashga xarakat ta'siri bilan javob qilinadi. Sust va faol xarakat mashg’ulotlarni bola o’zi mustaqil bajarishi kerak, lekin bunga kattalar yordami lozim. Masalan tirsakni bukkan bolani qo’lidan tortilganda u o’tirib qoladi. 3 oygacha bo’lgan bolalarga faqat reflektor mashqlar tavsiya etiladi, so’ng sust mashqlar,4 oydan keyin zxtiyotlik bilan faol xarakat mashqlariga o’tiladi. Bola qancha katta bo’lsa, shuncha sust mashqlari kamaytirib, faol xarakatlarni umumiy mashg’ulotlarga qo’shiladi. 2-3 yoshli bolalarga jismoniy tarbiya, maxsus tuzilgan jismoniy mashqlar, xarakatli o’yinlardan iborat bo’lib, 2-2,5 yoshdan boshlab esa yana ertalabki gimnastika mashqi qo’llaniladi. Jismoniy tarbiya darsi xaftada 2 marta, 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga 10-15 minutdan, 3 yoshgacha- 15-20 minutdan o’tqaziladi. Bu yoshda bolalarga so’zning tasirchanligi kam bo’lgangiligi uchun, bolalarni mashqlarga o’z xoxishi bilan faol qatnashishiga va har qanday gimnastika mashqlarini o’yin deb tushinishiga erishishi kerak. Shuning uchun mashg’ulot vaqtida mayda gimnastika buyumlari – koptok, tayoqcha, pufaklar, gardishlar, arqonchalar, skameykalar, narvonchalar va boshqalar ishlatiladi.

Gimnastika mashqlari bajarayotganda quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish kerak. Hamma mushaklarni ishtirok etish xarakat bilan dam olish xolatlarni almashtirib turish kerak. Bundan bir yoshgacha bo’lgan bolalarda, mashqklar vazifani qila olishi qobiliyatini rivojlanishiga qaratiladi. Doimiy vaqt to’g’ri olib borilayotgan jismoniy mashg’ulotlar bolani organizmga ijobiy ta'sir qiladi va tanani, hamma a'zolarini, ish qobiliyatini yaxshilaydi. Bular suyak sistemasini baquvvatlaydi, mushaklarni kuchini oshiradi va bolalar yaxshi o’sishadi. Yurak, qon, tomir sistemasini ish qobiliyati yaxshilanadi, yurakni qisqarish kuchli bo’ladi, qon oqimi tezlashadi va to’qimalarni ovqat moddalari bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Jismoniy tarbiya mashqlarni oshqozon va ichaklarni ishiga, modda almashishiga va himoya vositalariga ijobiy ta'sir qiladi. Jismoniy baquvvat va chiniqqan bolalar kam kasal bo’ladi va charchamaydi, ularni nerv sistemasi boshqa bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Jismoniy tarbiya natijasida bolalar intizomli, xarakatlari tartibli va chiroyli bo’lib, o’zida kuch yig’adi. Jismoniy tarbiya mashqlarni bajarish uchun quyidagi talabalarga rioya qilish kerak. 1. Hamma mashg’ulotlarni yaxshilab shamollatilgan xonada yoki ochiq havoda engil kiyimda o’tqazish. 2. Mashg’ulotlar xar kuni muntazam bo’lish. 3. Mashqlar kompleksni vaqti- vaqti bilan o’zgartirib, uni murakkablashtirish. 4. Jismoniy mashqlarni ovqat egan zahoti yoki uxlashdan oldin o’tqazilmaslik. 5. Mashqlarni bolalarni xursand, ta'sirchan vaqtida o’tqazish. Jismoniy mashqlarni, xajmini bolani sog’ligiga uni jismoniy qobiliyatiga qarab vrach belgilaydi va hamshira nazorat qilib turadi. , ya'ni kirish qismidan, asosiy mushak gruppasiga umumiy takomilovchi mashqlardan, yugurib o’ynashdan iborat bo’lib, asta-sekin yurish va chuqur nafas olish mashqlari bilan tugatiladi. Xarakatli o’yinlar bolani faqat jismoniy tomondan emas, ruhiy tomondan xam rivojlantiriladi. Ertalabki badan tarbiya 2 yoshdan oshgan xamma bolalarga kerak. Bu bola organizmidagi fiziologik faoliyatini yaxshilaydi. Yurishdan so’ng chopish, organizmni bo’lajak og’ir vazifalarga tayyorlaydi. Mashqlarni asosiy qismida xar xil gruppa mushaklarga, elka qismi, qo’llarga, ko’krak qafasini nafas olish yo’li bilan kengaytirib toraytiruvchi orqa, qorin, oyoq mushaklariga mashqlar beriladi. ertalabki badan tarbiya bir joyda sakrash, chopish va asta yurish bilan to’xtatiladi. Mashqlar kompleksini xar 7-10 kunda almashtiriladi. Jismoniy tarbiya xar doim, ma'lum vaqtda to’g’ri o’tqaziladi, bolalarni sog’lom va mukammal o’sishini ta'minlaydi.



Suyak shaklini o`zgarishini oldini olish. Ko’krak yoshidagi bolalarda suyakni shaklini o’zgarishi, uzoq vaqt karovatda bir xolatda yotishidan qattiq yo’rgaklab quyishdan, yumshoq beshikda to’shakda yotganda, yastig’i baland bo’lsa, qo’lda noto’g’ri ko’tarilganda, yastiqlar orasiga quyib o’tkazilganda, 8-9 oylik bolani tuvakka o’tkazilganda, yasama yurgichlar vositasida yurgizilganda paydo bo’ladi. Sal kattaroq bo’lganda esa, nisbatan og’irrok yukni ko’tarsa, ayniqsa bir qo’lda, velosipedda, samakatda yurishiga ko’p shug’ullansa bo’ladi. Suyakni shaklini o’zgarishi oldin olish uchun bolalar to’shagi qattiq bo’lishi,uni ichiga yuvsa bo’ladigan ot yoli, dengiz o’ti, mochalka yoki penoplet solib, taxtadan qilingan karovatda yozilgan xolda, ustini kilenka bilan o’rab, ustidan choyshab solinadi. Bunda bolalar orqasi bilan yotishi kerak. Agar karovat prujinali yoi yumshoq bo’lsa, bunda bola buklanib, oyoq qo’llarini yig’gan holda yotib uxlasa, orqa umurtkasi qiyshaib, ya'ni yoysimon bukchayib, bukir bo’lib qolishiga olib keladi. Boshiga, odatda kichkina yupqa, yastiqcha qo’yilib, u esa ot yoli bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak. Chaqaloqga bu xam kerak emas. Bir yoshgacha yastiqchani to’shakni tagiga qo’yish yoki karovatni bosh tomonini bir oz baland qilish kerak.

Bolani karovatda yotgan vaqtida tez- tez xolatni o’zgartirib turish karak. Agar bola uzoq vaqt karovatda, boshi bir xolatda, chap yoki o’ng yonboshida yotsa, unda boshini shakli o’zgarib, znsa yoki chakka qismi yassi bo’lib qoladi. Suyak shaklini bunday o’zgarishini oldini olish uchun bolani tez-tez qo’lga olib ko’tarib yurish yoki o’yinchoqlarni, yorug’likni suyakni o’zgargan tomoniga qarama-qarshi tomondan ko’rsatilsa, shunda bola boshini o’sha tomonga xam aylantirishga odatlanadi. 5 oylikkacha bo’lgan bolalarni mushak va paylari quvvatsiz bo’lganligini hisobga olib, ularni hali o’tkazishga ruxsat etilmaydi. Bolani oyoq kiyimi engil katta kichikligi o’ziga mos, ob-xavo sharoitiga moslashgan bo’lib, keng yoki tor bo’lmasligi kerak, aks xolda barmoq suyaklari bir tomonlama qiyshayib qolishi mumkin, yapaloq oyoq bo’lishi asosiy sabablaridan biri. Bolani 6-7 oyligidan uzoq vaqt oyoqda tik turib qolishidir. Buni natijasida oyoq osti tekislanib, bola yurganda tez charchaydigan bo’ladi, oyoq tayanib turish qobiliyati pasayadi, bu esa gavdani to’g’ri tutmaslik asoratiga, shu bilan birga jismoniy rivojlanishi sekinlashishiga olib keladi.
Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling