Neyropsixologiya asoslari
Download 0.7 Mb.
|
Neyropsixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neyropsixologik sindromlar
- Afaziya
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO`NALISHI 4-KURS SIRTQI TALABASI SATTOROV DIYORBEKNING KLINIK PSIXOLOGIYA FANIDAN NEYROPSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHIDA A.P.LURIYA XIZMATLARI MAVZUSIDA BAJARGAN TAQDIMOT ISHI Qabul qildi: _______________________ TOSHKENT - 2023 Neyropsixologik sindromlar
Ko’ruv agnoziyalari
Bunda ko’ruv o’tkirligi va ko’ruv maydoni kabi oddiy ko’ruv funkstiyalari saqlanib qoladi. Ko’ruv agnoziyasining barcha turlarida bemorlar atrofdagi narsalarni bemalol ko’radi, ya’ni ko’ruv apparatining periferik tizimlari funkstiyasi saqlangan bo’ladi, lekin ularni tanimaydi, nomini aytib bera olmaydi.
Afaziya
Demak, nutq markazlari bosh miya katta yarim sharlarining katta sohasini egallaydi. Kuchli ifodalangan nutq buzilishlari, ayniqsa, Brok va Vernike sohalari zararlanganda kuzatiladi, bu markazlarga chegaradosh sohalar zararlanganda, o’tib ketuvchi afaziyalar kuzatiladi.
Neyropsixologlar nutqning ikkita alohida turini farq qilishadi. Bu ekspressiv nutq (so’zlash) va impressiv nutq (so’zlarni, gaplarni tushunish). Afaziyaning barcha turlarida u yoki bu darajada ekspressiv va impressiv nutq buzilgan bo’ladi. Masalan, motor nutq markazlari zararlanganda, asosan ekspressiv nutq, sensor nutq markazlari zararlanganda, ko’proq impressiv nutq buziladi.
Ekspressiv nutq og`zaki va yozma nutqlarga ajratilsa, impressiv nutq og`zaki va yozma nutqni tushunishdan iboratdir. Og`zaki nutqqa monologik, dialogik va takroriy nutqlarni misol qilib keltirish mumkin. Narsalarning nomini aytish, ularning harakatini so’z bilan ifodalash ham og`zaki nutqning bir turidir. Yozma nutq mustaqil yoki diktant ko’rinishida bo’ladi.
Afferent motor afaziya. Har qanday so’z talaffuz qilinayotganda, har xil kuchga, yo’nalishga va qamrovga ega bo’lgan artikulyator harakatlar qilinadi. Har qanday nutq tovushini chiqarish uchun ham aniq bir artikulyator harakatlar yig`indisi ishtiroki zarur. Ushbu harakatlarni boshqarib turish uchun so’zlash a’zolaridan (lab, til, tanglay va h.k.) miyaga doimo to’xtovsiz impulslar kelib turishi kerak.
Organizmning ontogenetik rivojlanishi davrida artikulyator harakatlar ma’lum bir stereotipga ega bo’lgan harakatlarga aylanadi. Bu harakatlarning dastlabki elementlari «ishga tushib» ketsa, odam bemalol gapirib ketadi. Ushbu harakatlarni boshqarib turishda bosh miya katta yarim sharlarining orqa gnostik markazlari faol ishtirok etadi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling