Mavzu: Abonent kirish tarmoqlari. Pon, xdsl, 3G/4G, kabelli internet. Ma’ruzachi: ass. Fayziyev V


Download 1.58 Mb.
Sana07.12.2020
Hajmi1.58 Mb.
#162115
Bog'liq
17-ma'ruza

Mavzu:Abonent kirish tarmoqlari. PON, xDSL, 3G/4G, kabelli internet.

Ma’ruzachi: ass. Fayziyev V

    • Abonent kirish tarmoqlari

1
    • PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq)

2
    • xDSL

3
    • Kabelli internet

4

Tayanch iboralar. Application layer, presentation layer, session layer, transport layer, Network layer, physical layer, Application Program Interface, API, FTP, Protocol Data Unit, PDU, MAC, Ethernet, Token Ring, Frame Relay, FDDI, ATM.

Abonent kirish tarmoqlari

Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham transport, ham kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarni iyerarxik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (rasmda keltirilgan). Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse).


Telefon tarmog‘i rivojlanishining asosiy bosqichlari.

  • Texnologik jihatlar. Keyingi yillarda abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar sezilarli darajada o‘zgarayotganligi shubhasiz namoyon bo‘lmoqda. Abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalashning texnologik jihatlarini ikkita nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, «kanallar kommutatsiyasi» usuliga yoki umuman olganda, axborotni taqsimlash invariant usullariga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarni tahlil qilish kerak. Ikkinchidan, qo‘llanilishini NGN konsepsiyasi aniqlaydigan texnologiyalarga e’tibor qaratish zarurdir.

Pastdagi rasmda abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning klassifikatsiyasi keltirilgan. Elektr aloqaning uchta elementi – kommutatsiya, signallarni uzatish va tarqalish muhiti uskunalari ko‘rilgan. Rasmning chap qismida XX asr oxirlarida asosiy bo‘lgan, rasmning o‘ng qismida XXI asr boshlarida qo‘llanayotgan texnologiyalar keltirilgan. Kommutatsiya tizimlari uchun asosiy texnologik o‘zgarishlar axborotlarni taqsimlash paketlar usullariga tegishlidir. Avvallari paketlar kommutatsiyasi deyilganda XEAIning X.25 tavsiyalarida aniqlangan axborotlarni almashinish tushunilar edi. Hozirda «paketlar kommutatsiyasi» termini IP va ATM texnologiyalarida, shuningdek, kadrlarni retranslatsiyalash uchun – Frame Relay (FR) texnologiyalarida ishlatiladi. Raqamli uzatish tizimlariga qo‘shimcha sifatida, AKTni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalarni alohida ko‘rsatish lozim.

Abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning klassifikatsiyasi.

PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq)

PON – passiv optik tarmoqlar asosidagi yechimdan foydalanilganda FTTH tarmog‘ini qurish uchun optik passiv splitterlar va tarmoqlagichlardan foydalaniladi, ularning bo‘linish koeffitsiyenti 1:2 dan 1:128 gacha bo‘ladi. PON optik tarmog‘ida aloqa provayderi tomonida OLT (Optical Line Terminal) qo‘llaniladi, shuningdek, abonent qurilmasi sifatida ONT (Optical Network Terminal) dan foydalaniladi.

PON optik tarmog‘ida aloqa provayderi tomonida OLT (Optical Line Terminal) qo‘llaniladi, shuningdek, abonent qurilmasi sifatida ONT (Optical Network Terminal) dan foydalaniladi. ONT kommutatsiyalash va muvofiqlashtirishni o‘ziga jamlagan murakkab qurilma hisoblanadi. Keng polosali ulanishni taqdim etish va xizmatlarni ta’minlashdan tashqari, ONT qurilmasi quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni ta’minlaydi: • PON ga kirishni boshqarish protokoli; • paketli rejimdagi lazerlar (burst-modelasers); • yuqori darajadagi signal quvvati; • shifrlash; • yuqori samaradorlik.

xDSL

XDSL (1 Mbit/s), WiFi (50 Mbit/s), WiMax (50–75 Mbit/s), HFS (o‘tkazuvchan qobiliyati cheklangan) texnologiyalardagi kamchilikni OTAL yotqizish bilan erishish mumkin. Demak, tarmoq yangi takliflar bilan ishlash qobiliyatini yaratish va uzatish tezligini oshirish uchun OTAL yotqizish kerak ekan. Bu yechim eski kabellarni yangilash va yangi kirish tarmoqlarini qurish uchun qulaydir.



xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil qilishning strukturali sxemasi.

x.DSL (Digital Subscriber Line – raqamli abonent liniyasi) – mis simkabellar hayotini cho‘zib, raqamli abonent liniyasini hosil qilib, o‘tkazish yo‘lagini kengaytiruvchi va keng polosali kirishni tashkil qiluvchi texnologiyalar yig‘indisidir.



xDSL texnologiyalarining turlari.

xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil qilishning strukturali sxemasi.

3G/4G

3G inglizchathird generation — uchunchi avlod degan maʼnoni anglatadi. Mobil aloqa texnologiyasi[1] 2G va 3G texnologiyalari orasida ovozli aloqa sifatida farq yo‘q. Biroq, uchinchi avlod tarmoqlarining kengaytirilishi natijasida uyali aloqa operatorlari avval mavjud bo‘lmagan qator xizmatlar, jumladan videoqo‘ng‘iroq va mobil TV xizmatlarini taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi. Axborot uzatish tezligi — 384 kbit/sek.Dunyoda eng keng tarqalgan ikki standartlarga ega: UMTS (yoki W-CDMA) bir xil texnologiya asoslangan va CDMA2000 (IMT-MC), — CDMA (Code Division Multiple Access — kodi boʻlimi bir necha erkin foydalanish kanallari). Bu standart CDMA450 foydalanish ham mumkin.

Dunyoda eng keng tarqalgan va ulanish imkoniyati mavjud aloqa standartlari ro'yxatida birinchi o'rinda GSM standarti turadi.Ushbu standart o'z ichiga quyigadi to'rt chastotalar diapazonini oladi: 900/1800MHz va  850/1900 MHz. Shulardan faqat ikkigina O'zbekistonda barcha operatorlar tomonidan qo'llaniladi va ular quyidagilardir 900/1800 MHz.

Keyingi qadamda kanal pog’ona, agar tarmoqda ajratiladigan muhit ishlatilsa, unga ruxsat olishi kerak. Buning uchun alohida kichik pog’ona-muhitga ruxsat etishni boshqarish ishlatiladi (media Access Control, MAC). Ruxsat etish olinganidan keyin kadr tarmoqqa uzatiladi, alohida kanal bo’yicha o’tadi va bitlar ketma-ketligi tarzida jo’natish manzilining fizik pog’onasiga keladi. Bu pog’ona olingan bitlarni o’z bog’lamasining kanal pog’onasiga uzatadi.

Oluvchi bog’lamaning kanal pog’onasi bitlarni kadrlarga guruhlaydi, nazorat yig’indisini hisoblaydi va uni uzatilgan kadrning o’zidagi nazorat yig’indisining raqami bilan taqqoslaydi. Agar ular mos tushsa, kadr bexato uzatilgan hisoblanadi, agar mos tushmasa xatolik qayd etiladi. Xatoliklarni tuzatish jo’natuvchidan (1-nchi kompyuter) kadrlarni qayta uzatilish hisobiga amalga oshiriladi. Bu kanal pog’onaning muhim vazifalaridan biri, lekin u barcha texnologiyalarda ham qo’llanilmaydi, ko’pincha u ishonchsiz aloqa kanallarida ishlatiladi.

Kanal pog’ona protokollari kompyuterlar, ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar orqali ishlatiladi. Kompyuterlarda kanal pog’onaning vazifasini tarmoq adapterlari va portlar drayverlari orqali ishlatiladi. Kanal pog’ona protokoli bilan ishlaydigan manzillar (MAC-manzillar) faqat bu tarmoq chegaralarida kadrlarni yetkazish uchun ishlatiladi. Tarmoqlar orasida kadrlarni harakatlantirish uchun esa, tarmoq pog’onasidagi manzillar qo’llaniladi. Global tarmoqlarda kanal pog’ona protokoli faqat qo’shni bog’lamalar orasida ma’lumotlar uzatish vazifasini bajaradi.

Kabelli internet

- Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash.  O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.



Bunday kabellar to`rt qatlamdan tashkil topgan buladi: uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyastiya bilan o`ralgan bulib, u 2-qatlamini tashkil qiladi. 3-qatlam izolyastiyasi yupqa metall ekran bilan koplangan buladi.     Ekran egiluvchan o`ki, ichki sim egiluvchanlik o`ki bilan ketma-ket tushadi. Shuning uchun xam koaksial sim deyiladi. Turtinchi qatlam plastik qatlamdan iborat bulib, u uchta qatlamni qoplaydi.   Keyingi paytda keng rivojlangan kabel  televideniesida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabel televideniesi  yordamida bir kancha kanallar orkali kursatuvlar berilishining sababi xam koaksial simlar orkali bir paytda bir kancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir.  Bunda xar bir signal turiga bittadan kanal mos keladi. Xar bir kanal uz chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular oralikda bir-biridan mustaqil xisoblanadi.
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling