3-ma`ruza. Mavzu: Transport huquqining manbalari. Reja
Download 14.83 Kb.
|
3-ma`ruza. Mavzu Transport huquqining manbalari. Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
3-ma`ruza. Mavzu: Transport huquqining manbalari. Reja 3-ma`ruza. Mavzu: Transport huquqining manbalari. Reja: 1. Transport huquqi va transport qonunchiligi. 2. Transport huquqiy munosabatlari. 3.Transport huquqining predmeti, tushunchasi. 4. Transport huquqining manbalari. Tayanch iboralar: huquq manbalari, transport qonunchiligi tushunchasi, huquqiy tartibga solish, huquqiy munosabatlar, transport huquqi. Transport huquqi va transport qonunchiligi. Transport huquqi va transport qonunchiligi – birbiri bilan chambarchas bog’liq, biroq aynan bir xil bo’lmagan tushunchalar; agar transport huquqi huquq normalari yig’indisidan iborat bo’lsa, keyingisi – normativ hujjatlar yig’indisidir. Transport munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga oluvchi normativ hujjatlar tizimi transport qonunchiligi deyiladi. Transport qonunchiligiga ob’ektiv sharoit ta’sirida ham, qonun chiqaruvchining transport faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida bironbir qaror qabul qilish maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi sub’ektiv tasavvurlari natijasida ham yuzaga kelgan muayyan xususiyatlar xosdir. Har qanday mamlakatning transport qonunchiligi yuk, bagaj, yo’lovchi tashish shartnomasini belgilash, transport xizmati ko’rsatmaganlik, yuk yoki bagajning yo’qolishi, ularga ziyon yetishi (buzilganligi) uchun javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan qoidalar, to’g’ri va aralash aloqa yo’llari bo’ylab yuk tashishdagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat va h.k. Transport to’g’risidagi qonunlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: Transport qonunchiligi biron-bir mamlakat qonunchiligida eng kodifikatsiyalangan sohadir. Barcha turdagi transportda tashuvchilar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ustavlar va kodekslar amal qiladi. Tashuvchi, yuk jo’natuvchi va yuk oluvchining o’zaro munosabatlari 1954 yilgi Temir yo’l ustavi bilan ancha batafsil tartibga solingan. Avvalgi ustavlardan farqli ravishda 7 boshqa transport turlari ishtirokida to’g’ri aralash yuk tashishni tartibga solgan; umumiy foydalanilmaydigan temir yo’l shoxobcha yo’llariga maxsus bo’lim bag’ishlangan. Bu ustav avvalgi ustavlarda to’la aksini topmagan masalalarni ancha aniqravshan va konkret tartibga solgan (u 228 moddadan iborat bo’lgan). 1964 yilgi Temir yo’l ustavi yuk jo’natuvchilarning (yuk oluvchilarning) temir yo’l bilan o’zaro munosabatlarini aniq tartibga solgan. Ustav avval amal qilgan ustavlarda bo’lmagan qator (masalan, to’liq yuklamaslikni qoplash tartibi to’g’risidagi) masalalarni o’z ichiga olgan bo’lib, bunga ancha aniq va konkret ta’riflar hisobiga erishilgan. Download 14.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling