Mavzu: ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish. I. Kirish II. Asosiy qism


Download 236 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi236 Kb.
#1466926
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ahloqiy tar.maqollardan foydalanish 447


MAVZU: AHLOQIY TARBIYADA XALQ MAQOLLARIDAN FOYDALANISH.


I.KIRISh
II.Asosiy qism:
1. Matal va maqollar haqida umumiy tushuncha, ularning mazmuni va mohiyati
2.Talabalarni axloqiy ruxda tarbiyalashda matal va maqollardan foydalanishning tarbiyaviy xarakteri

3.Talabalarga matal va maqollar asosida axloqiy tarbiya berishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli




III.Umumiy xulosalar


IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

KIRISh
MAVZUNING DOLZARBLIGI. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, aholi turmush tarzini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, jamiyat ma’naviy qiyofasini shakllantirish kabi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida 2010-yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi. Unda Prezident Islom Karimov “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzusida ma’ruza qildi. “Mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, islohotlarni amalga oshirish borasida erishilgan barcha yutuqlar zamirida Konsitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va asosiy tamoyillar yotibdi”, dedi Prezident. Davlatimiz rahbari, “mamlakatni isloh qilish va demokratlashtirish jarayoni qat’iy va izchil tus oldi”. “Bosib o‘tgan yo‘limiz va mamlakatimizning dunyoda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar jarayonida tutgan o‘rnini xolis va tanqidiy baholar ekanmiz, biz erishgan yutuqlarimizga mahliyo bo‘lib qolmasligimiz, ortiqcha havolanish va xotirjamlikka berilmasligimiz zarur”, dedi.
O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi – zamonamizning eng muhim voqeasidir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bugungi hayotimizning kechagi kunimizdan asosiy farqini topmoqchi bo‘lsak, bu avvalo odamlarning tafakkuri o‘zgarib, aniqrog‘i, yuksalib borayotgani bilan belgilanadi”. Aynan jamiyat tafakkuridagi jiddiy o‘zgarishlar, milliy ma’naviy-ruhiy qiyofani milliy g‘oya asosida shakllantirish ehtiyojini zamon talabiga aylantirmoqda. Ma’naviy-ruhiy qiyofani o‘rganish, bizga, tariximizning keyingi davrida xalqimiz ruhiyati va dunyoqarashida paydo bo‘lgan loqaydlik, boqimandalik, ma’suliyatsizlik, millatparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularidan uzoqlashish kayfiyatlari, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning sustligi kabi salbiy hislatlarning vujudga kelganlik sabablarini ochishimiz, jonkuyarlik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik va boshqa shu kabi fazilatlarni rivojlantirishning yo‘llarini topish imkonini beradi va bu islohotlarni yanada jonlanishi uchun zamin tayyorlaydi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarini yangicha mazmun bilan boyitdi. Bu yutuqlarga Respublikamiz birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan ishlab chiqilgan demokratik jamiyat qurish Konsepsiyasi nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu konsepsiyada millatimizning ma’naviy-ruhiy hayotining ajralmas qismi bo‘lmish o‘ziga xos urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va mentalitet qat’iy hisobga olingan. Hozirgi kunda fuqorolar ongiga mustaqillik, vatanparvarlik, sadoqat kabi tushunchalarni singdirish, kelajakda buyuk davlatning munosib farzandlarini kamol toptirish, ayni paytda ularning ongida mafkuraviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ma’naviy-ruhiy hayotimizning eng muhim talabidir. Bugungi demokratik jamiyatimiz taraqqiyotida ma’naviy-ruhiy muhit va uning asoslarini tashkil qiluvchi ma’naviy omillar muhim o‘rin tutadi. Chunki «bugungi kunda halqimizga azaldan xos bo‘lgan hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va saxovat kabi insoniy fazilatlar yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda va bunday ma’naviy muhit odamlarning ruhi va kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilmoqda”
Bu borada o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi durdonalaridan hisoblangan maqol va matallar orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni axloqiy ruhda tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqol va matal so‘zning ko‘rki, nutqning o‘tkir quroli, xalqning donishmandligidir. Maqol xalqning pand-nasixati, ma’naviy-axloqiy xulosasi,xalq milliy ruhining aks-sadosi, til tabiatining hikmatli merosidir. Maqol chuqur ijtimoiy, axloqiy, falsafiy –hikmatona mazmunga ega. Maqol xalq aql-idrokining maxsuli, uning xukmi ko‘p asrlik tajribalari majmui, turmushdagi turli voqea-xodisalarga munosabatining ifodasidir.

Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling