Mavzu: Algoritm tushunchasi


Download 17.26 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi17.26 Kb.
#103520
Bog'liq
Algoritm tushunchasi



Mavzu: Algoritm tushunchasi

I. Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o’quvchilarga mavzuni to’liq tushuntirish.

b) tarbiyaviy: o’quvchilarga ta’lim berish bilan bir qatorda do’stona tarbiya berish

II. Dars shakli: aralash, baxs – munozara,

III. Dars turi: ma’ruza, hamda amaliy, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash darsi.

IV. Dars jihozi: 9 – sinf “Informatika” darsligi, kompyuter, videoproyektor,

qo’shimcha adabiyotlar, ko’rgazma va slaydlar.



V. Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama, ma’naviyat daqiqalari.

O’tgan mavzuni takrorlash:

1) Obyekt va unga mos modellarga misollar keltiring.

2) Matematik model deb nimaga aytiladi?

3) Matematik modellar qanday sohalarda qo ‘llaniladi?

4) Matematik modelning boshqa modellardan farqini tushuntiring.

Yangi mavzu bayoni:

Inson hayoti davomida katta-yu-kichik vazifalar yoki masalalami hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga xilma-xil misollar keltirish mumkin.

1-misol. Choy damlash maqsad qilib qo'yilgan bo‘lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hoi bo‘lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo'ladi:

1) choynak qopqog‘i ochilsin;

2) choynak qaynoq suv bilan chayilsin;

3) choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;

4) choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;

5) choynak qopqog‘i yopilsin;

6) choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.

2-misol. Eni N metr va bo‘yi M metr bo'lgan joyni to’ldirishga 12x25 santimetrli (eni 12 santimetr va bo‘yi 25 santimetr) g'ishtdan necha dona sotib olinishini topish kerak bo‘lsin. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:

1) joining yuzi Sjoy santimetr o'lchov birligida topilsin;

2) bir dona g'ishtning yuzi Sgisht santimetr o‘lchov birligida topilsin;

3) g‘ishtlar soni Sson joyning yuzini g‘ishtning yuziga nisbati deb olinsin.

4) Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:



3-misol. Amal bajarilsin: 19632107 + 19702202. Bu amalni qanday bajargan bo‘lar edingiz? Ha, to‘gri, bu sonlami ustun ko‘rinishida deyarli quyidagicha qo'shasiz:

1) sonlar xonalari mos keladigan tartibda tagma-tag yozib olinsin;

2) sonlarning birlik xonasidagi raqamlarini qo‘shib, natijaning birlik raqami birliklar tagiga yozilib, o'nlik raqami dilda saqlansin;

3) sonlarning o‘nlikdagi raqamlarini va dildagi raqam qo'shilib, na­tijaning birlik raqami o‘nliklar tagiga yozilib, o‘nlik raqami dilda saqlansin; va 3-banddagi qoida yuzliklar, mingliklar va hokazo uchun takrorlanadi. Bu amallar quyidagi ko‘rinishda sizga juda tanish:



19632107

+19702202

39334309

Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha ko‘rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalari informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.

Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783—850) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dimyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga taijima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona UH'lyu/ina nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola lotin tilida «Dixit Algorithmic ya’ni «Dediki al-Xorazmiy» iborasi liihm hoshlanadi.

Algoritmdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni hu'/tl.i luladi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi tushunchasi bilan bog‘lanadi. Har qanday algoritm — bu amallarni belgilovchi t|niila Ini'lib, ularning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natijaga kelinadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amal inning qadami deb ataladi.

Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlarning ketma-ketligi tushuniladi.

Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi buyruq (yoki ko‘rsatma)lar киши kdligi algoritm va bu algoritmlarni bajarayotgan inson - ijrochi fal'liii ckan. Birinchi misoldagi ko‘rsatmalar «Choy damlash algoritmi» deb adaladi. Bundan shunday xulosaga kelamiz: inson hayotida ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun ijrochi sifatida ko‘plab algoritmlarni bajaradi. Ko’pgina algoritmlar inson uchun odat bo‘lib qolgan. Masalan, taom tayyorlanish, tartibli kiyinish, xonadan chiqish, yozish, bir joydan ikkinchi joyga borish va hokazo.

Algoritm ijrochisi — algoritmda ko'rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.

Ijrochi bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatma yoki buyruqlar to‘plami ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasi (qisqacha, IKS) deyiladi. Masalan, «16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin» ko'rsatmasi 2-sinf o'quvchisining ko'rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘lmaydi, lekin 8-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo‘lib kompyutзer xizmat qiladi. Ijrochining ko‘rsatmalar sistemasini quyidagi masala orqali tushuntiramiz.
VI. Mavzuni mustahkamlash:

1) Algoritm deganda nimani tushunasiz?

2) Algoritm so‘zining kelib chiqish tarixini so‘zlab bering.

3) Algoritmga maktab hayotidan misollar keltiring.


VII. Uyga vazifa: mavzuni o’qib o’rganib kelish
Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling