Mavzu Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari. Aloqa nima?


Download 0.93 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1559348
Bog'liq
Aloqa liniyasi

Mavzu Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari.

Aloqa nima?

  • ALOQA — turli vositalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish, xalq xoʻjaligining pochta, telefon, telegraf, radio, televideniye va boshqalar orqali axborotlarni uzatish va qabul qilishni (pochta orqali buyumlar yuborishni ham) taʼminlaydigan tarmoqdir. Aloqa jamiyatning xoʻjalik faoliyatida, davlat, qurolli kuchlar va jami transport turlarini boshqarishda, shuningdek aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan vosita hisoblanadi.

Aloqa liniyasi nima?

  • Aloqa liniyasi (yoʻllari) – signallarni uzatgichdan qabul qilgichga tarqatuvchi texnik qurilmalar va fizik muhitlar yigʻindisi. Ya’ni, aloqa kanalining tarkibiy qismi. Koʻp kanalli aloqa tizimida ixchamlashtiriladi va bir vaqtning oʻzida koʻp kanalga taalluqli boʻladi. Ba’zan, aloqa kanali tarkibiga bir necha Aloqa liniyasi ulanadi. Ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladigan signallarning tarziga koʻra, elektr, tovush (akustik) va optik Aloqa liniyasiga boʻlinadi. Mustahkam va sifatli aloqa oʻrnatish uchun simli Aloqa liniyasi quriladi. Harakatlanuvchi ob’ektlar, boshqa sayyoralar va kosmos bilan aloqa oʻrnatishda simsiz Aloqa liniyasidan foydalaniladi.

Aloqa liniyalari ma'lumotlarni uzatish vositasiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

  • - sim (havo);
  • - kabel (mis va optik tolali);
  • - yer usti va sun'iy yo'ldosh aloqalari uchun radiokanallar .

Aloqa uzatgichlarining turlari

  • 1.Kabel liniyalari - uzatish uchun elektr signallari ishlatiladi;
  • 2. Radioaloqa - radioto'lqinlar uzatish uchun ishlatiladi;
  • 3.Sun'iy yo'ldosh aloqasi - kosmik takrorlagich (lar) yordamidagi aloqa
    • 4.Radioreleyli aloqa - yer usti takrorlagich (lar) yordamidagi aloqa
    • 5.Uyali aloqa - yer usti tayanch stantsiyalari tarmog'idan foydalangan holda radioreley aloqasi
  • 6.Optik tolali aloqa - uzatish uchun yorug'lik to'lqinlari ishlatiladi.

Kabel liniyasi

Radioaloqa

Sun’iy yo’ldosh

Radioreleyli aloqa

Uyali aloqa

Optik tolali aloqa

Simli LAN tarmog’I uchun ishlatiladigan kabel: Koaksiyal kabel.

  • Koaksiyal kabellar, ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi 10 Mbit/sek ga teng. Asosan bir bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. Bunday kabellar 4 qatlamdan tashkil topgan bo’ladi. Uning eng ichki qatlami metal simdan iborat bo’lib, u 2 chi qatlamini tashkil qiladi. 3chi qatlam izolyatsiyasi yupqa metal ekran bilan qoplangan bo’ladi. 4 chi qatlam plastik qatlamdan iborat bo’lib u 3 ta qatlamni qoplaydi.

Koaksiyal kabel

Qo’shimcha bog’lovchi BNC ulagich kabeli

  • BNC ulagich kabeli. Kabelning uchlariga o’rnatiladi va T-ulagichi va barrel ulagichga ulanish uchun ishlatiladi.

BNC ulagichlari

BNC T- ulagichi

  • BNC T- ulagichi- bu kompyuterni asosiy magistralga ulash uchun ishlatiladigan troynik. Uning dizayni birdaniga 3 ta ulagichni o’z ichiga oladi, ulardan biri tarmoq kartasidagi ulagichga ulangan, qolgan 2tasi magistralning ikki uchini ulash uchun ishlatiladi.

BNC T-ulagichi

BNC barrel ulagichi

  • BNC barrel ulagichi- uning yordamida siz magistralning yirtilgan uchlarini ulashingiz yoki tarmoqning radiusini oshirish uchun qo’shimcha simlarini ulashingizni va qo’shimcha kompyuterlarni va boshqa tarmoq qurilmalarini ulashingiz mumkin.

BNC barrel ulagichi

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling