Mavzu: Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari


Download 177.87 Kb.
bet1/11
Sana22.06.2023
Hajmi177.87 Kb.
#1647098
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari


Mavzu: Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari
Mundarija
Kirish___________________________________________________2-4
I bob: Buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchilarning diniy markazlari____5-12
1.1 Fayoztepa shahri va buddaviylik stupasi______________________5
1.2 Dalvarzintepa Kushon buddizimining poytaxti_________________8
1.3 Budda gʻor ibodatxonalar majmuasi_____________________________11
2-bob Yirik shaharlarning qurilishida diniy markazlarning o’rni_______13-20
2.1 Ayritom frizi___________________________________________13
2.2 Yo’qolgan shahardagi buddizm markazi_______________________16
III bob. Buddaviylik dinining yirik shahar markazariga ta’siri Yerqo’rg’on misolida_________________________________________________21-34
3.1 Yerqo’rg’on shahrining tarixiy geografik va arxeologik joylashuvi___21
3.2 Sharqiy ibodatxona arxeologik yogdorlikning yuragi_____________24
3.3 Yerqo’rg’on shahrining hukmdor qasri, hukmdorlar maqbarasi va boshqa majmualarda dinning ta’siri va ellinizm__________________________33
Xulosa___________________________________________________34
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar___________________________35
Ilovalar___________________________________________________36

Kirish. O’rta Osiyo hududida mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin.Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan. Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o’z navbatida jahon tsivilizatsiya tarixida katta o’ringa ega. Sharq tsivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg’ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog’liqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Iskandar Eron podshosi Doro III qo’shinlarini tor-mor qiladi. Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Parfiya va Marg’iyona, Xorazm, Farg’ona va Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo’lib qoladi. Makedoniyalik Iskandar Salavka davlatini, Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo-antik davrni vujudga keltiradi. Mil.av. III asrning o’rtalarida Baqtriya va Parfiya Selavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya erlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo hududlarining Ahmoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo, miloddan avvalgi 330-327 yillarda Iskandarning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari, oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi. Lekin, ko’zga tashlanarli o’zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda faqat selavkiylar davridan boshlanadi. Miloddan avvalgi III asr o’rtalariga kelib Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o’lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo’lishi o’z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari –So’g’d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg’onani ham chetlab o’tmadi. O’sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So’g’dda Afrosiyob, Erqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a, Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg’onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko’zga tashlanadi. Miloddan avvalgi II asrning 2-yarmida O’rta Osiyoning shim. sharqidan ko’chmanchi yuechji (tohar) qabilalari Qadimgi Farg’ona, Usrushona, So’g’d orqali Qadimgi Baqtriya erlariga kirib keladi. Milodiy eraning boshlarida yuechjilarning guyshan qabilasi boshchiligida Kushonlar davlati tashkil topadi. Uning hududiy chegarasi Hindistonda Hind va Ganga daryolarining havzalarigacha borib etadi. qadimgi Farg’onada Davon davlati, O’rta Osiyoning qolgan hududlari (Xorazm va So’g’d) esa Sirdaryoning o’rta havzasida qadimgi davrda qad ko’targan Qang’ davlati tarkibida rivojlanishda davom etadi. Miloddan av. III asridan boshlab Kushonlar salatanati inqirozga uchraydi. Shu tariqa O’rta Osiyoning davlatlari quldorlik munosabatlari tushkunligi bilan bog’liq holda tanazzulga yuz tutadi1. M.E.Masson rahbarligida Turkmaniston hududida Turkmaniston arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Tojikiston hududida A.N.Bernshtam, Pomir-Oloy tog’ tizimi atroflarida A.M.Mandelshtam, Beshkent cho’lida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar. O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan ashyolar antik davr tarixini yoritishda muhim manba bo’ladi.O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan. 1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar. Mil.av. IV – milodiy III asrlarga oid bo’lgan shaharlar ko’chmanchilar bilan chegaralarda, daryo sohillarida, sug’oriladigan vohalarda qurilgan bo’lib, mukammal mudofaa tizimlariga ega.

Download 177.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling