Mavzu: Antivirus dasturiy vositalar: komp’yuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari

Download 154.75 Kb.
bet1/8
Sana23.01.2023
Hajmi154.75 Kb.
#1111188
  1   2   3   4   5   6   7   8

Sharof Rashidov nomidagi Samarqanddavlat universiteti Urgut filiali

Norqulova Sohibjamol

Reja:

  • Virus va uning turlari.
  • Kompyuter viruslaridan himoyalash.
  • Antivirus dasturlari.

1. Virus va uning turlari.

«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli o‘lchamlarning kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi.

«Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.

Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin:

Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin:

— yashash muhiti bo‘yicha;

— yashash muhitining zaharlanishi bo‘yicha;

— zararli ta’sirining xavflilik darajasi bo'yicha;

— ishlash algoritmi bo'yicha.

Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilarga bo'linadi:

Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilarga bo'linadi:

tarmoq viruslari;

fayl viruslari;

yuklama viruslar;

— kombinatsiyalangan viruslar.

Tarmoq viruslarining yashash muhiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllarda joylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar — makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin.

Download 154.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling