Mavzu “Aqliy hujum” metodining turlari va ulardan samarali foydalanish metodika


Download 0.82 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1524169
  1   2   3
Bog'liq
AQLIY HUJUM” INTERFAOL METODIDAN O\'QUV JARAYONIDA FOYDALANISH


MAVZU “Aqliy hujum” metodining turlari va ulardan samarali foydalanish
METODIKAPedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalari nazorat qilib baholash metod hamda vositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fani o’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.
O’QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.
Kasbiy ta’lim metodikasi ijtimoiy hayotning mahlum sohasida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog’idir.
METODiborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya, ta’limot manosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o’qish, o’rganish amalga oshadi. Metodning asosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiy ko’rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir
Interfaol usullarning ahamiyati
1. O’quvchilarda hamkorlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.
2. O’quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi. Umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko’mak beradilar.
3. O’quvchilar o’z ishlari natijasiga, o’qitishga, ta’lim olishga shaxsan ma’sullikni his qiladilar.
Quyida interfaol usullarning ayrimlari bilan tanishib o’tamiz:
  • Aqliy hujum
  • Suhbat
  • Juftlikda ishlash
  • Kichik ma’ruza
  • Rolli o’yinlar
  • Bahs-munozara
  • Sinkveyn
  • Tushunchalar tahlili
  • Idrok xaritasi
  • FSMU (Fikr, Sabab, Misol, Umumlashtirish)
  • Tanqidiy fikrlash va h.k

“Aqliy hujum”ni uyushtirish bir muncha sodda bo’lib, muammolarining yechimini topishda ham juda qo‘l keladi. Dastlab guruh yig‘iladi va ular oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammo yechimi to‘g‘risida barcha ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o‘z o‘rtoqlari g‘oya va fikrlariga hujum qilishi yoki baholashiga haqqi yo‘q. Demak, “aqliy hujum” yo`li bilan qisqa minutlarda o‘nlab g‘oyalarni yuzaga chiqarish imkoniyatlari mavjud bo’ ladi. Aslini olganda, g‘oyalar sonini qo‘lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladilar. Bu usul shartlaridan biri hech qanday tashqi ta’sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak..

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling