Mavzu: aqsh davlatchiligining vujudga kelishi va rivojlanishi. Reja Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi


Download 42.37 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi42.37 Kb.
#1351617
Bog'liq
Gavhar Toshpòlatova

Mavzu: AQSH davlatchiligining vujudga kelishi va rivojlanishi.

Reja

1. Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi.

2.Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik dekloratsiyasi".

3.AQSH da fuqarolar urushi.

Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholisi hozirgi indeestlar va eskimoslarning bundan 20-25ming yilcha oldin Osiyodan kelgan avlod-ajdodlari bòlgan. Kolumb Amerikani ochgandan keyin kòp òtmay qit‘a muntazam tarzda mustamlakaga aylantirila boshlandi va mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari òrtasida kurash qizib ketdi.

XVII asrning boshida Ispaniya Shimoliy Amerikada Florida, Texas, Kaliforniya, Meksikani bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib òtdi. Fransuzlar Kanadada, Missisipi daryosi havzasida Luizianada òrnashib oldilar. Gollandlar Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar.

Shimoliy Amerikaga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607-yildan ya‘ni Virjiniya deb ataluvchi mustamlaka barpo qilingandan keyin boshlandi. "May Guli" kemasida kelgan mustamlakachi puritanlar bir nechta mustamlakalarga asos soldilar. Bu mustamlakalar yangi Angliya deb ataldi.

1775-1776- yillarda ayrim mustamlakalar òzlarini ozod va mustaqil davlat deb e‘lon qildilar. Kontinental kongressdagi mustamlakalar deputatlarining kòpchiligi inqilobga moyil bòlgan yangi deputatlar bilan almashtirildi. 1776-yilgi ikkinchi kontinental kongressda shtatlar mustaqil davlat sifatida e‘tirof etildi.

1776-yil yanvarda Tomas Peynning "SoSoģm fikr" nomli pamfleti 100 ming nusxada nashr etildi. Unda muallif mustamlakalarni Angliyadan ajralib chiqishini asosli ekanligini isbotlashga urindi. Mustaqillik dekloratsiyasini ishlab chiqish uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga Tomas Jefferson, Jon Adams, Benjamin Franklin, Robert Lingviston kirdilar.

Asosan Jefferson tomonidan tuzilgan, tarixchilar tomonidan "Mustaqillik dekloratsiyasi" deb atalgan, tòliq nomi esa "13 ta Amerika Qòshma SHtatlarining yagona dekloratsiyasi"da shunday jumlalar mavjud edi; "Barcha odamlar òzaro teng qilib yaratilgan va ularning barchasi teng huquqlarga ega bòlishi kerak. Bunday huquqlar jumlasiga yashash,

ozodlik va baxtga intilish kiradi. Davlatni boshqarish, uni òzgartirish yoki yòq qilish bu xalqning huquqidir". Tarixda birinchi marta rasmiy hujjatda xalq suvereniteti ģoyasi shakllandi va 1776-yil 4-iyulda qabul qilingan dekloratsiya mustaqil Amerika Qòshma Shtatlarining tashkil topganligini e‘lon qildi.

Dekloratsiyada AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham kòrsatildi.

AQShda abolitsionchilar va frisoylerlar kuchayishiga qaramasdan shimol burjuaziyasi va ģarbdagi fermerlarning janub quldorlari bilan kompromisslik munosabati XIX asrning 50-yillarigacha AQSh ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotining asosiy xususiyatlarini tashkil etdi. Bu kelishuvchilikning mohiyati bir davlat tarkibida kapitalistik va quldorlik munosabatlarining mavjudligini kòrsatardi.

Kapitalizm ravnaqi va G‘arbdagi yerlarga fermerlar kolonizatsiyasining kuchayishi qulchilik bilan ziddiyatlarni keskinlashtirdi. Kuchlar muvozanati qulchilik taqiqlangan shimol shtatlari foydasiga tez òzgardi. AQShda ishlab chiqarish kuchlarining òsishi quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari bilan zid kela boshladi.

E‘tiboringiz uchun rahmat!


Download 42.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling