Mavzu: Barkamol insonni tarbiyalashda bo`sh vaqtning ahamiyati


Download 54 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi54 Kb.
#1300435
  1   2
Bog'liq
Barkamol insonni tarbiyalashda bo`sh vaqtning ahamiyati


Mavzu: Barkamol insonni tarbiyalashda bo`sh vaqtning ahamiyati

Reja:



1. O`quvchi shaxsini tarbiyalashda bo`sh vaqtning o`rni.
2. Yoshlarni kamol topishida vaqtning ahamiyati.
3. Kuni uzaytirilgan guruh o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini uyushtirish.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida bo`sh vaqt muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham bo`sh vaqt muammosining ilmiy tahlili faylasuflar, iqtisodchilar, pedagoglar va siyosiy arboblar diqqatini jalb etib kelgan.
Olimlar, ziyolilar, klassik yozuvchilar insonning ishdan bo`sh vaqtini asosan jamiyat va o`zining manfaatlari uchun hamda ma`naviy kamoloti yo`lida sarflashiga asosiy e`tiborni qaratganlar. Bo`sh vaqt yoshlarni kamolotga yetkazish va ta`lim-tarbiya ishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Insonning bo`sh vaqti jamiyatning ijtimoiy boyligidir. Chunki inson mehnati va bo`sh vaqti to`g`ri tashkil etilsa, bu inson shaxsining va jamiyatning rivojlanishiga bevosita yordam beradi. Modomiki, bo`sh vaqt jamiyatning ijtimoiy boyligini oshiruvchi omil ekan, uni tashkil etishga jamiyat g`amxo`rlik qiladi. Demak, o`z navbatida bo`sh vaqt – jamiyat oldidagi mas`uliyatdan xoli bo`lgan vaqt emas.
Mamalakatimiz rahbariyati bo`sh vaqtning ahamiyatiga katta e`tabor berib, uning samarali kechishiga doimo g`amxo`rlik qilib kelmoqda. Yoshlarni bo`sh vaqtdan unumli foydalanishga o`rgatish, uni jismoniy va ma`naviy kamolotini rivojlantirishga yo`naltirish juda muhimdir.
Insonning bo`sh vaqti uning dam olishi, intellektual taraqqiyoti, bilim olish, o`z o`rtoqlari bilan fikr almashishi, erkin jismoniy va intellektual kuchlarini tiklash vaqtidir. Inson o`zining bo`sh vaqtini faqat o`z shaxsiy manfaatlari uchun sarf qilmasdan, balki, jamiyat manfaatlari bilan uyg`unlashtirishi lozim.
Mamlakatimizning ilg`or kishilari ishdan bo`sh vaqtda faqat dam olish, o`qish bilangina chegaralanib qolmay, balki o`zlarining madaniy saviyalarini oshirish, fan, san`at, badantarbiya va shu kabi ishlar, ijodiy faoliyat bilan mashg`ul bo`ladilar, shuningdek, jamiyat va xalq manfaatlari yo`lida turli jamoat topshiriqlarini bajaradilar.
Jamiyat qurilishi va yoshlarning ma`naviy kamolotida bo`sh vaqtdan unumli foydalanish juda muhimdir. Ayniqsa, yoshlarning chuqur bilim egallashi nuqtai nazaridan butun o`quv jarayonini ratsional tashkil etish, faoliyatning hamma turlaridan vaqtni tejash, ularda vaqtdan unumli foydalanishga nisbatan ko`nikmalar hosil qilishning yo`l va vositalarini o`rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki vaqt o`zgarmas qiymatga egadir. Shuning uchun ham vaqtni materialning hajmiga emas, balki materialning hajmini vaqt miqdoriga bo`ysundirish talab etilmoqda.
Vaqtning o`ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Vaqtni kishilar ko`rishi, eshitishi, tutishi, hidlashi mumkin bo`lsa-da, u bor narsa: u hech qachon to`xtamaydi, ovozsiz va betinim doimo harakat qiladi. Vaqtning eng muhim xususiyati orqaga qaytmaslik, to`xtamaslik va cheksizlikdir. U hamisha bir yo`nalishda – o`tmishdan kelajakka yuradi. Shu sababdan o`tgan vaqtni, o`tgan kunni va o`tgan daqiqalarni qaytarib bo`lmaydi.
Vaqt sekundlar, minutlar, soatlar, kunlar, oylar, yillar, asrlar… Vaqtning bunday beto`xtov oqimi odamlarga ma`qul. Qator hayotiy, falsafiy masalalar kabi vaqt muammosi ham necha asrlardirki, inson tafakkurini band etib kelgan. Chunki inson butun o`tmishi, hozirgi hayoti davomida hal etilmagan muammolarni aniqlashga, ularni jamiyat uchun foydali tomonga bo`ysundirishga intiladi.
Inson madaniyati yuksalgan sari vaqt to`g``risidagi bilimlari ham tobora kengayib borgan. Shu sababdan vaqtning qadriga yetish, uni behuda o`tkazmaslik, turmushning oliy sharti ekanligi haqida xalqimiz maqol, matal, hikmatli so`zlar to`qigan. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy yil davomida kunni tunga ulab, tinmay ishlashi natijasida fanning turli sohalari bo`yicha 150 dan ortiq asarlar yaratdiki, buning uchun barcha insoniyat undan abadiy minnatdordir. Yoqut-al Kamoliy o`zining “Adiblar qomusi” kitobida Beruniy zamondoshi – qonunshunos al-Valolijiy hikoyasini keltiradi. Unda qayd qilinishicha, Abu Rayhon Beruniy o`lim to`shagida yotganida ham, jon berayotgan vaqtda ham fan to`g`risida o`ylagan va hayotining so`nggi daqiqalarida uni ko`rgani borgan al – Valvolijiydan merosiy huquqqa oid chigal masalani yechishda yordam berishini iltimos qilgan. Unga al – Valvolijiy: “Shunday holatda-ya?” desa, Abu Rayhon Beruniy: “Men bu dunyo bilan xayrlashyapman, o`sha masalani bilmay ketganimdan ko`ra, bilib ketganim yaxshiroq emasmi?” – deya javob bergan ekan. Shuningdek, al – Xorazmiy o`lim to`shagida yotganida undan Abu Bakir: “Ko`ngling nimani xohlaydi, ishtahang nimani taqozo qilmoqda?” – deb so`raganlarida, al – Xorazmiy: “Kitob yuziga bir qarasam!” degan ekan.
Taraqqiyot muqarrar ravishda yangi talab va ehtiyojlarni keltirib chiqaradi, shuning uchun ham maktablarda ta`lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Bo`sh vaqt yoshlar shaxsining shakllanishiga ijobiy yoki salbiy omil sifatida xizmat qiladi.
Kuni uzaytirilgan maktab va maktab internatlari sharoitida yosh inson shaxsini har tomonlama shakllantirishda tarbiyaning barcha vositalari qatori o`quvchilarning o`qishdan tashqari, xususan, bo`sh vaqtdagi faoliyatlarini o`rganish va uni to`g`ri rejalashtirish hamda mazmunli o`tkazishning o`rni benihoya kattadir. O`qishdan tashqari bo`sh vaqt faqat ko`ngil ochish uchun emas, balki ilmiy, badiiy yoki texnikaviy ijod bilan shug`ullanishni taqozo qiladi. Pedagogik tadqiqotlarimizning natijasiga qaraganda, qonunbuzarchilik, kashandalik, bezorilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik singari noaxloqiy holatlar maktabdan tashqari vaqtni to`g`ri, rejali uyushtirilmasligidan kelib chiqadi.
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da jamoat tashkilotlarining maktab va oila bilan doimiy ravishda uzviy aloqada bo`lishi zarurligi, yosh avlodni tarbiyalashdagi jamoat tashkilotlari ishini oilaviy tarbiya bilan yanada ko`proq qo`shib olib borish ko`rsatilgan.
Bo`sh vaqt ijtimoiy boylik asosidir. Ammo ana shu bo`sh vaqtdan kishi qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, butun jamiyatning moddiy va ma`naviy imkoniyatlarini yanada ko`paytirish maqsadida foydalanilsa, haqiqatdan ham ijtimoiy boylik orta boradi. Jamiyatimiz qurilishi va yoshlarning ma`naviy kamolotida bo`sh vaqtdan unumli foydalanish juda muhimdir.
Ma`lumki, ota-onalari ishlab chiqarishda band bo`lgan ayrim boshlang`ich sinf o`quvchilari darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini reja asosida tartibli uyushtira olmaydilar. Bunday bolalarga shu masala bo`yicha pedagogik ta`sir etish talab qilinadi. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar ana shunday pedagogik ta`sirning muhim omili bo`lishi bilan birgalikda, ular o`quvchilarning bo`sh vaqti muammosini hal etishda qator qulayliklarga egadirlar. Bu tipdagi maktablar o`quvchilarning bo`sh vaqti ommaviy maktab o`quvchilarining bo`sh vaqtiga qaraganda ikki barobar ko`pdir. Shuningdek, bu vaqtning asosiy qismi pedagog - tarbiyachi tomonidan nazorat qilinadi va uyushtiriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtacha bir o`quv kunida 3 soat bo`sh vaqtga ega bo`lsalar, kuni uzaytirilgan maktab o`quvchilari bir kunda o`rtacha 4 soat-u 50 daqiqa bo`sh vaqtga ega bo`ladilar. Umumiy ta`lim maktablarining IV- VIII sinf o`quvchilari bir o`quv kunida o`rtacha 2 soat bo`sh vaqtga ega bo`lsalar, kuni uzaytirilgan maktab o`quvchilari 3 soat-u 40 daqiqa bo`sh vaqtga egadirlar.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab – internatdagi o`quvchilarning bo`sh vaqti shunchaki rejimda ko`rsatilgan tadbir bo`lmasdan, u biror maqsadni ko`zlab tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarga o`lchov bo`lmog`i lozim. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi oldiga o`quvchilar bo`sh vaqtini tashkil etishda quyidagi talablar qo`yiladi:

  • bo`sh vaqtni uyushtirishning qulay yo`llarini aniqlash;

  • o`quv ishlari va bo`sh vaqt orasidagi o`zaro bog`liqlikni qonuniyatlarini yechish;

  • o`quvchilarning o`quv, dam olish, bayram va ta`til paytidagi bo`sh vaqtini o`tkazishning turli tizimlarini ishlab chiqish;

  • bo`sh vaqtda mashg`ulotlar o`tkazishning moddiy – texnika bazasini yaratish yo`llari va mazmunini belgilash;

  • o`quvchilarning bo`sh vaqtini uyushtirishda o`qituvchilar, tarbiyachilar, ota – onalar va keng jamoatchilikning hamkorligini yo`lga qo`yish;

  • o`quvchilarga u yoki bu ishlarni bajarishda yordam berish, shuningdek, ularning mazmunli dam olishlarini uyushtirish;

O`quvchilarning bo`sh vaqti – ularning o`z saviyasiga, o`z xohishiga ko`ra foydalanadigan vaqtidir.
O`quvchilarning maktab va maktabdan tashqaridagi bo`sh vaqtlarida o`tkaziladigan mashg`ulotlar rejasini ishlab chiqishda o`quvchilarda vaqtni qadrlash hissini tarbiyalash va ularni o`zlarining bo`sh vaqtlarini yuqori saviyada o`tkazishga o`rgatish masalalariga alohida e`tabor berish lozim. Ayrim o`quvchilar bo`sh vaqtlarini past saviyada o`tkazadilar. Ular foydasiz o`yinlarni o`ynaydilar yoki o`zlarining kamol topishlariga yordam beradigan mashg`ulotlar bilan shug`ullanmaydilar. Tarbiyachi xuddi shunday o`quvchilarga bo`sh vaqtni yuqori saviyada, mazmunli o`tkazish uchun yo`llanma va yordam berishi zarur. Bo`sh vaqtni uyushtirishning tamoyillari ixtiyoriylik, mustaqillik va romantiklikka asoslanadi.
Ixtiyoriylik bo`sh vaqt mazmunidan kelib chiqadi, chunki bunday vaqtda bolalarning xarakteri ularning istagi va tashabbusi bo`yicha amalga oshadi. Har qaysi o`quvchiga barcha imkoniyat va layoqatini ko`rsatish uchun sharoit yaratiladi. Bolalar bo`sh vaqtda o`tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilari va ijrochilari bo`ladilar. Bu esa ularda tashabbuskorlik, ishchanlik, mustaqillik, jamoatchilik kabi xislatlarni tarkib topishiga yordam beradi.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling