Mavzu: Barkamol insonni tarbiyalashda bo`sh vaqtning ahamiyati


Download 54 Kb.
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi54 Kb.
#1300435
1   2
Bog'liq
Barkamol insonni tarbiyalashda bo`sh vaqtning ahamiyati

Mustaqillik. Kuni uzaytirilgan guruh, maktab – internatlarda bo`sh vaqtda dam olish, o`ynash yoki biror foydali narsa bilan shug`ullanishni o`quvchilarning o`zlari belgilaydi.
Romantika esa bolalarning ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bo`sh vaqtlarini uyushtirish va qiziqarli o`tkazishda maktabda zarur bo`lgan barcha moddiy texnika bazasi yaratilishi lozim, ya`ni maktab sport zali, xonalar, o`quv ishlab chiqarish ustaxonalari, o`yin xonalari, kutubxona, oshxona, musiqa, milliy cholg`u asboblari komplekti zali, sport va harakatli o`yin, dam olish maydonlari, maktab stadioni kabilar ularning ixtiyorida bo`lishi kerak.
Kuni uzaytirilgan maktab, maktab – internatlarda o`quvchilarning bo`sh vaqtlari ikki davrda, ikki xil prinsipda tashkil qilinadi:

  1. Dars tugagandan keyin uy vazifalarini tayyorlaydigan vaqtgacha bo`lgan davrda.

  2. Uy vazifasini bajarib bo`lgandan keyin o`quvchilar uylariga ketadigan vaqtgacha bo`lgan davrda.

Birinchi davrdagi o`quvchilarning bo`sh vaqtlari o`qishdan tashqari vaqtda toza havoda sayr qilish tarzida o`tkaziladi. Bolalarning sayr qilishlari ularning jismoniy o`sishiga va yaxshi dam olishiga ijobiy ta`sir qilishi kerak. Bolalarning qiziqarli dam olishlari, jismoniy rivojlanishi sog`ligini mustahkamlash uchun bo`sh vaqtdan qanday foydalanish to`g`risida ularga elementar ma`lumotlar berish ham o`qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasidir. Bunda quyidagi asosiy masalalarga: kundalik rejimga rioya qilish, ochiq havoda o`ynash, organizmni chiniqtirish qoidalariga alohida e`tibor berish zarurligi tushuntiriladi.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Vaqt, bo`sh vaqt, tamoyil, romantiklik, mustaqillik, ixtiyoriylik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Bo`sh vaqtdan unumli foydalanish uchun nimalarga alohida e`tibor berish lozim?
2. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi o`quvchilar bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishi uchun qanday talablarni bilmog`i lozim?


Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T: 1997-y.
2. K.Hoshimov “kuni uzaytirilgan guruhlarda ta`lim – tarbiya nazariyasi va metodikasi” Toshkent, 2007-y.
3. O.Hasanboyeva “Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlar” Toshkent, 1984-y.
4. M.Ochilov “Muallim – qalb me`mori” Toshkent, 2001-y.
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling