Mavzu: Benzinli dvigatellarnng o't oldirish tizimi
Download 128.06 Kb.
|
1 2
Bog'liq13. Benzinli dvigatellarnng o\'t oldirish tizimi
Mavzu: Benzinli dvigatellarnng o't oldirish tizimi O’t oldirish tizimidagi uzgich - taqsimlagich ko’p xizmat talab etadi, chunki uning ishqalanuvchi qismlarini yeyilishi sababli, doimiy moylashni talab etadi. Taqsimlagichning qopqog’ini ifloslanishi va yuqori kuchlanishli o’tkazgichlarni uyalariga zich o’tirmasligi, qopqoqning sirtini shikastlanishiga yoki izolyatsiyani yo’qolishiga olib keladi. Katta qiymatli (3 4A) to’kning tez - tez uzilishi, uzgichning kontaktlarini kuyishiga sabab bo’ladi. Kontaktli o’t oldirish tizimidagi taqsimlagichni dvigateldan yechib olinib: sirti tozalanadi; qopqoqning ichki yuzasi tozalanadi; kontaktlarning holati va tutashish holatidagi o’t oldirishni ilgarilatish burchagi va o’t oldirishni ilgarlatish avtomatining ishlashi tekshiriladi: filts, richagning o’qi va mushtchali vtulkasi moylanadi. Kontakt - tranzistorli o’t oldirish tizimining taqsimlagichigini avtomobildan yechib olmasdan, changdan tozalanadi. qopqog’ini yechib olib ichki yuzasi, kontaktlari tozalanadi, podshipniklari, filьts, richakcha o’qi va mushtli mufta moylanadi.Kontaktli va kontakt - tranzistorli taqsimlagichlarni avtomobil 45 50 ming km masofani bosib o’tgandan so’ng, avtomobildan yechib olinib chuqurlashtirilgan texnik xizmat ko’rsatiladi. Zamonaviy avtomobillarda, shu jumladan UZDM avtomobillarida ham, magnit - elektr datchikli, kontaktsiz - tranzistorli - (TICO), kontaktsiz - optik datchikli, elektron boshqaruv blokiga ega bo’lgan (MATIZ) va magnit - elektr datchikli, elektron boshqaruv blokiga ega bo’lgan (NEXIA) o’t oldirish tizimlari ishlatilmoqda. MATIZ avtomobilining o’t oldirish tizimining tuzilishi, tashhislash va TXK to’g’risida qisqacha ma’lumot berishni lozim topdik. 3.3-rasm. MATIZ avtomobilining o’t oldirish tizimi 1 - o’t oldirish g’altagi; 2 - o’t oldirish svechasi (shami); 3 - markaziy to’k o’tkazich; 4 - svechalarga to’k o’tkazgichlar; 5 - tayanchli qisqich; 6 - mahkamlovchi qisqich; 7 - taqsimlagich; 8 - mufta; 9 - zichlagich; 10 - korpus; 11 - o’q; 12 - fiksator; 13 - optik datchik; 14 - plastina; 15 - vtulka; 16 - teshikchali disk; 17-qopqoq; 18 - ekran; 19 - rotor; 20 - qopqoqning zichlagichi; 21 - taqsimlagichning qopqog’i. Download 128.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling