Mavzu: Biosfera resurslaridan foydalanishda va saqlashda bioxilma-xillikning ahamiyati Reja


Download 24.91 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi24.91 Kb.
#166219
Bog'liq
3-mavzu(1)


Mavzu: Biosfera resurslaridan foydalanishda va saqlashda bioxilma-xillikning ahamiyati

Reja



  1. Biosfera haqida tushuncha

  2. Biosfera resurslari

  3. Biosferada insonning faoliyati

  4. Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari

Biosfera (bio... va yun. sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. B.ning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. B.ni "hayot sohasi", Yerning sirtqi qobigʻi toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. "B." terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. B. toʻgʻrisidagi toʻlatoʻkis taʼlimotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.

B. atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.

Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi.

Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi.

Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning B.ga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega.

== Adabiyotlar ==



  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  • Vernadskiy V. I., Biosfera, M., 1967; Otaboyev Sh. T., Nabiyev Ch. N., Inson va biosfera, T., 1983; Biosfera. Evolyutsiya, prostranstvo, vremya, M., 1988.

Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1975 yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa, 1985 yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi, 2001 yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok bo’lgan.

Ammo insonning tabiatga ko’rsatgan salbiy ta’siri xilma-xildir. Masalan, o’rmonlardagi yong’in sababli ming-minglab gektar yerdagi daraxtlar, ularning organik moddasi yonib ketadi. Atlantika okeani ustidan uchib o’tgan reaktiv samalyot 35 t. kislorod yutib, atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod ko’p zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turg’unligining buzilishiga sabab bo’ldi. 1960-90 yillar O’zbekiston paxta dalalarining har gektariga 45–51 kg dan zaharli gerbitsidlar qo’llanilishi qancha-qancha insonlarning og’ir dardga chalinishiga sabab bo’ldi, qanchasi hayotdan ko’z yumdi. Zaharli moddalar ta’siri ham ko’p yilar davom etadi.

Turli mamalakatlar tomonidan dunyo okeani 6-7 mlrd.t qattiq chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari shundan 19-20 mln. tonna yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. tonna atmosferaga tushadi. Shunday texnogen sabablarga ko’ra, keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2 miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi.

Ovropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomg’ir) kislotasi shaklida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar to’g’ri keladi. Atmosferadagi 70% gazlar Shetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida shamol bilan boshqa qo’shni hududlarga tarqaladi. Ovropa hosil bo’ladigan kislotali yomg’irlarning 20% i Shimloy Amerikadan keladi.

Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo osmonida sariq tuman hosil bo’lib, kislotali yomg’ir 2005 yil 10, 14 iyul kunlari Toshkentga yog’di. Yomg’ir sariq zang pH=4,5 bo’lib, yomg’ir tufayli sabzavot o’simliklari qurib qoldi.

Bundan 150-170 yillar avval Ovropa yerlariga atmosferadan yog’in bilan kadmiy elemnti tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 - 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi miqdori 1900 yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 132 barobar ko’paygan. Hattoki keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta oshgan.

Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda katta.

Hozirgi kunda dunyo bo’yicha ko’p miqdorda turli kimyoviy moddalar to’plangan bo’lib, ularning ayrimlari mutagenlik ta’sir ko’rsatadi, ular tirik organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qo’shilish jarayonlarida hujayra organik moddalarini ifloslaydi, organizim genetik belgisi o’zgaradi, ya’ni ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning chala tug’lishi, bolalar o’limi ortishi, yurak-qon tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari, uyqusizlik kabi holatlar ko’payadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda pistidsitlarni qo’llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi. Ulardan yuz mingdan ortig’i o’lgan. Zaharli gerbidsit va pestidsitlar qushlar, suv hayvonlariga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, AQSh ning suv havzalarida uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teri va jigar raki bilan zaralangan. Kanada sudan balig’i jigarida shish bo’lgan, 5% li xom neftdan suv o’tlar, umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar o’ladi. Suvda ayrim og’ir metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Ya’ni ularga simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), ammoniy (1 ml.g l), sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi ko’p baliqlar o’ladi va insonga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Biosferada insonning faoliyati

Biosfera rivojlanishining dastlabki etaplari biogenez rivojlanish davri bo`lib, bu davr tabiatda moddalar aylanishi va tirik organizmlarning shunchaki ko`payishidan iborat edi. Keyinchalik unda insonning kelib chiqishi biosfera taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu uning noosferaga o`tish davri bo`lib, bunda V.I. Vernadskiy ta'kidlaganidek, biosfera rivojlanishining asosiy omili odamning aqliy faoliyati bo`lib qoladi.

Yer yuzida endigina paydo bo`lgan inson tabiatga tobe' bo`lib yashagan, undan o`z ehtiyoji uchun zarur miqdordagina ozuqa olgan va uni tabiatga chiqindi holatida qaytargan. Ammo keyinchalik insonda idrok qilishning kelib chiqishi uning tabiatga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirdi. Olovga ega bo`lgan inson uning yordamida ish qurollari yasadi, ularni takomillashtirdi va tabiatga o`z ta'sirini tobora kuchaytirabordi.

Shunday qilib, biosfera rivojlanishida yangi-noogenez davri boshlanib, biosfera noosferaga aylandi. Noosfera o`z tarjimasiga ko`ra idrok doirasi bo`lib, bunda biosferadagi hayot jarayonlari insonning aqliy faoliyati bilan boshqariladi.

Noosferaning shakllanishi insoniyat oldiga tabiat bilan ehtiyot korona munosabatda bo`lish masalasini qo`ydi. Bu jamiyatning har bir kishisidan o`ylab ish tutishni, o`zi o`tirgan daraxt shoxiga bolta urmaslikni talab qiladi. Ammo, haqiqiy holat bundan uzoq bo`lib, inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabat tobora keskinlashib bordi va u keyinchalik tom ma'noda ziddiyatga aylandi. Ayniqsa XX-asrda fan va texnikaning taraqqiyoti insonni tabiatga ta'sir o`tkazuvchi qudratli kuchga aylantirdi. Bu davrga kelib insonning tabiiy resurslarni o`zlashtirish sur'atlari misli ko`rilmagan darajada ortdi va proportsional ravishda atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi kuchaydi.

Inson faoliyatining tabiatga ta'siri antropik ta'sir deyiladi. Hozirgi davrda bu ta'sir butun dunyoni va hatto koinotni ham qamrab olib, global masalaga aylandi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan undan chiqadigan chiqindilardan yer, suv va havoning texnogen ifloslanishi tobora kuchaymoqda. Bu bilan barcha tirik organizmlarning yagona yashash maskani bo`lgan biosferaning o`rnini texnosfera egallamoqda. Bu hol ayniqsa rivojlangan ba'zi mamlakatlarda o`zining salbiy natijalari bilan «ekologik tanglik»ni keltirib chiqardi.

Shuning uchun ham hozirgi paytda xalqaro miqyosida «inson va biosfera» masalasi kelib chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida atrof-muhit masalasi bo`yicha komitet va komissiyalarning tuzilishi, ko`pgina yangi xalqaro tashkilotlar, davlat va nodavlat tuzilmalarining paydo bo`lishi hayot taqozosidan kelib chiqqan zaruriyat hisoblanadi.


Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari

Biosferaning yashash muhiti sifatidagi imkoniyatlari cheklangan bo`lib, undagi barcha tabiiy resurslar va tuzilmalar o`zaro bog`liq. Ulardan birining o`zgarishi, masalan kamayib ketishi, boshqasiga ham ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham hozirgi asosiy ekologik masalalardan biri biosferani biologik tartibga solib turish ya'ni ekotizimlarning barqarorligini va ulardagi tabiiy muvozanatni ta'minlashdan iborat.

Ekotizimlar hozirgi taraqqiyot davrida insoniyat ta'siriga bardosh beraolmay o`zgarib ketmoqda. Ba'zan bir qarashda nazarga ilinmaydigan ishlar ham uning muvozanatini buzib yuborishi mumkin. Misol uchun shakarqamishni kalamushdan himoya qilish uchun 1872 yil Yamaykaga mangustlar keltirildi. Ular bu yerda qulay sharoit topib benihoya ko`paydi va kalamushlar bilan birga ko`pgina foydali hayvonlarni ham kirib yubordi. Xuddi shunga o`xshash qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kimyoviy zaharlarning ishlatishidan zararkunandalar bilan birga foydali hasharotlar ham yoppasiga qirilib ketadi.

Ekotizimlardagi tabiiy muvozanatning buzilishi inson sog`ligi uchun zarar keltirishi muqarrar. Masalan, amerika savannalarida qoramollarning ko`payib ketishi fermerlarga katta foyda keltirdi. Lekin shu bilan birga bu qon so`ruvchi ko`rshapalaklarning ko`payib ketishiga va quturish kasalligining kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Yuqorida keltirilgan bu misollar ayniqsa hozirgi davrda biosferani biologik tartibga solib turish zaruriyati borligini tasdiqlaydi.

Antropik omillar xuruji davom etayotgan hozirgi davrda ekologiyaning yana bir muhim masalasi biologik indikatsiyadir. Bu masala amaliy ahamiyatga ega bo`lib, indikatorlar ustidan olib boriladigan kuzatishlar u yoki bu biogeotsenozni ekologik baholash imkonini beradi. Masalan, lishayniklar sof havoda yashovchi organizmlar bo`lib, o`rmondagi daraxtlarda ularning ko`pligi bu joyda havoning tozaligidan darak beradi. Qarag`ayning bujurida (shishkasida) uran moddasining ko`pligi qarag`ayning uran rudasi yotqiziqlari ustida o`sayotganidan darak beradi va hokazolar.

Navbatdagi dolzarb masala xalqaro miqyosida biosfera holatini kuzatib borish ya'ni ekologik monitoring o`rnatishdir. Ekologik monitoring olib borish atrof muhit holatining kelajakda kutilayotgan o`zgarishlarni bashorat qilib, noqulay ekologik holat yuz berishining oldini olish imkonini beradi.



Aytilganlardan tashqari zamonamizning muhim ekologik masalalari qatoriga zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik yo`l bilan kurashish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof muhit muhofaza bo`yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, insoniyatni yadroviy hujumlar va bakteriologik qurollar tazyiqidan asrash kabi masalalar ham kiradi
Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling