Mavzu: Buyurtmali kalkulyatsiya qilish usuli


Download 60.95 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi60.95 Kb.
#1523647
Bog'liq
7-mustaqil ish.

Mavzu: Buyurtmali kalkulyatsiya qilish usuli

Reja: 1.Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. 2.Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash. 3.Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash. 4.Tugallangan kontrakt bo’yicha tushuntiriladigan foyda. 

Me‟yoriy xarajat hisobi va ishlab chiqarish xarajati hisoblari o„zaro o„xshash bo„lsa ham, ularning har birining o„ziga xos xususiyatli tomonlarini bilish, shuningdek bir-biridan farqiga borish kerak. Me‟yoriy xarajatlar va byudjet xarajatlari orasida kontseptual farq yo„q. Nazariy jihatdan olib qaraganda ular bir xil aniqlanadi. Lekin, amaliyotda «me‟yoriy xarajatlar» atamasi, odatda tugallangan maxsulot biriligiga tegishli, «byudjet xarajati» esa umumiy miqdorga bog„liq bo„ladi. «Standart-kost» tizimidan foydalanishning asosiy yutug„i iqtisodiy hisobotni o„z vaqtida va tahliliy jihatdan qulay tarzda yozib borishdir. 

Ana shunday usullardan biri - xarajatlarni hisobga olishning normativ usulidir. Dunyoning rivojlangan juda ko„p mamlakatlarda ham xuddi shunday yondashuv mavjud. Ammo, iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlarni hisobga olishning normativ usulini – bu moliyaviy va ishlab chiqarish hisobini yuritishda foydalaniladigan usul, shuning uchun boshqaruv hisobi – bu ishlab chiqarish hisobi deb talqin  qilinadigan noto„g„ri yondashuvlar ham mavjud. Bu usul chet mamalakatlarda juda ko„p ishlatilganligi uchun ham, juda ko„p mamlakatlarda uni qulay bo„lishi uchun "Standart-kost" tizimi, deb ham ataydilar. Boshqaruv hisobi manfaati jihatidan qaraladigan bo„lsa, oddiy qilib aytganda, "Standart-kost" tizimi boshqaruv tomonidan xarajatlarni rejalashtirish va ularni nazorat qilish uchun ishlatiladigan quroldir.

Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv.  Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda xarajatlarni hisobga olish va ularni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. To„g„ri, moliyaviy hamda  ishlab chiqarish hisobi obyekti sifatida xarajatlar belgilangan tartibda hisobga olinadi va ularni tashkil etish hamda yuritish uchun o„rnatilgan shakllarda ular to„g„risida ma‟lumotlar turli xil hisobotlar, shuningdek jadvallar ko„rinishida shakllanadi. Lekin, boshqaruv hisobi – bu nafaqat o„tgan davr ko„rsatkichlarini hisobga olish va ularni tahlil qilishni, balki xo„jalik yurituvchi subyektning istiqboldagi ko„rsatkichlarini ham ko„ra bilishi, ularni oldindan boshqara olishni, tegishli vaqtlarda talab qilinadigan bo„lsa, ularning ayrim moddalariga o„zgartirishlar kiritib borishni ham talab qiladi.

Ideal (nazariy) me‟yor. Bu ko„rsatkichlar asosan uskunalarning maksimal darajada foydali  bo„lishiga asoslanadi va bunda ish to„xtamaydi, buzilish bo„lmaydi, deb qaraladi. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvati uchun mumkin bo„lgan xarajatlar minimal bo„lishi kerak. Byudjetni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish zahiralari tannarxini baholash maqsadida ideal me‟yor qo„llanilmaydi, chunki amaliyotda ideal holat kam bo„ladi. Lekin, bunday me‟yorlarni qo„lsh raqobat muhiti keskinlashib borayotgan va buning natijasida mahsulot sifatini uzluksiz oshirib borish talabi oshayotgan hozirgia  taraqqiyot davrida, rivojlangan mamlkatlarda ko„proq ishlatilmoqda. 

Materiallar sarfining me’yoriy miqdori – bu bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatilishi kerak bo„ladigan materiallar miqdorini oldindan aniqlashdir. Bir ko„rinishda unchalik qiyindek ko„rinmasada, uni aniqlash eng  murakkab masalalardan hisoblanadi. Unga mahsulotlarning muxandislik tafsirlanishi, materiallar sifati, mashina va uskunalarning yoshi va unumdorligi hamda ishchilarning tajribasi va malakasi ta‟sir etadi. Materiallarning me‟yoriy miqdorini aniqlashda ma‟lum miqdorda mahsulotning chiqitga chiqishi va  yo„qotilishi mumkinligini e‟tiborga olish lozim

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 60.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling