Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar


Download 65.08 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi65.08 Kb.
#1063516
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar.docx2365 (3)


Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar
Reja:
Kirish

  1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish

  2. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi

  3. Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobotni tuzish tartibi


Kirish.
Iqtisodiyotning hozirgi integratsiyalashuvi va globallashuvi kuchayib borayotgan bir davrda davlat sektorida byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta‘minlashda byudjet hisobi va nazoratini xalqaro standartlarga mos holda yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasidagi oliy maqsadlarni ro’yobga chiqarish maqsadida barcha sohalarga qaratilayotgan e‘tibor singari davlat moliyasini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanib innovatsion usullarni joriy qilish orqali sohani yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, Xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan vositalardan foydalangan holda moliya siyosatini yanada takomillashtirish‖1 vazifalari qo’yilgan. 2022 yildan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlariga birinchi navbatda byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e‘tibor qaratish, jumladan: byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‗lovlarning to’g’ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o’tkazish, byudjet tizimi byudjetlaridan to’lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash, davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o’rganish vazifalari yuklatildi.

Download 65.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling