Mavzu: davlat budjeti va fiskal siyosati reja


Download 83.73 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi83.73 Kb.
#1565338
  1   2   3   4   5
Bog'liq
DAVLAT BUDJETI VA FISKAL SIYOSATI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI TASHKENT STATE UNIVERSITY OF ECONOMICS TAQDIMOT Mavzu: DAVLAT BUDJETI VA FISKAL SIYOSATI Bajardi: 1- bosqich MBB – 15-25 guruhi talabasi Toshpo’latov Farrux Qabul qiluvchi: Yuldasheva Dildora Toshkent – 2023

Mavzu: DAVLAT BUDJETI VA FISKAL SIYOSATI

Reja:

· Fiskal siyosatning moxiyati va usullari.

· Davlat xarajatlari mul’tiplikatori.

· Soliq mul’tiplikatori.

· Balanslashgan byudjet mul’tiplikatori.

· Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat.

· Byudjet takchilligi va ortiqchaligi.

· Byudjet ortiqchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari.

· O`zbekiston Respublikasi soliq - byudjet siyosati.


1. Fiskal siyosatning moxiyati va usullari.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iktisodiyotni barkarorlashtirish xisoblanadi. Bunday barkarorlashtirishga monetar siyosat vositalari katori fiskal siyosat orkali xam erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-solik siyosati deb xam aytiladi.
Byudjet-solik siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chikarish sharoitida iktisodiyotda to`lik bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iktisodiy o`sishni ta`minlashga karatilgan davlat xarajatlari va soliklarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iktisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA`ni, davlat kiska muddatda iksodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliklarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaktning o`zida olib borish evaziga xal etadi. Uzok muddatda davlat xarajatlarining yukori bo`lishi va soliklarni kamaytirish ishlab chikarish omillarining o`sishiga va natijada, iktisodiy saloxiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini makbul xolatga olib kelish orkaligina erishish mumkin. Iktisodiyotda to`lik bandlik va ortikcha talab natijasida inflyatsiya kelib chikishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi.

Download 83.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling