Mavzu: davlat budjeti va fiskal siyosati reja
Byudjet takchilligi va ortikchaligi
Download 83.73 Kb.
|
DAVLAT BUDJETI VA FISKAL SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Byudjet ortikchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari.
6.Byudjet takchilligi va ortikchaligi.
Davriy pasayish boskichida soliklar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet takchilligi kelib chikadi. Davriy yuksalish boskichida soliklar avtomatik ko`payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortikchaligi paydo bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda xam byudjet takchilligi va ortikchaligi mavjud bo`lishi mumkin. Davriy takchillik va ortikchalik mikdorlari solik va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» boglik. Solik funktsiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy solik stavkasi t ning mikdoriga boglik. t kancha yukori bo`lsa T chizigi shuncha tik bo`ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar xajmi o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga boglikligini xarakterlovchi γ koeffitsent kancha kichik bo`lsa, G chizigi xam shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga solik to`lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi. Davlat xarajatlari daromadga boglik bo`lmagan o`zgarmas mikdor bo`lganda t kanchalik katta bo`lsa T chizigi shuncha tik va ikttisodiyotning o`rnatilgan barkarorligi darajasi xam shunchalik yukori bo`ladi. Ammo iktisodiy o`sishning ta`minlash vazifasi T va G chiziklarini yotikrok bo`lishini takozo etadi. O`rnatilgan barkarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM xajmini , uning potentsial xajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`lik tugatmaydi va ishlab chikarishning xar kanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin. 7. Byudjet ortikchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari. Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 1. Pul-kredit emissiyasi; 2. Davlat zayomlarini chikarish; 3. Davlat byudjetiga solik tushumlarini ko`paytirish. Davlat byudjeti kamomadi pul chikarish orkali koplanganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. YA`ni, solik to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliklar to`lovini atayin kechiktirish xollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet takchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chikaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chikaruvchilar o`z maxsulotlari narxlarini oldindan oshirib ko`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. Agar davlat byudjeti takchilligi davlat zayomlarini chikarish orkali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Okibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport xajmi va kisman iste`mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida sikib chikarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning ragbatlantiruvchi samarasini zaiflashtirib ko`yadi. Byudjet takchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul xisoblansada inflyatsiya xavfini ma`lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baxolar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. Solik tushumlarini ko`paytirish byudjet takchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzok muddat talab etadigan solik isloxati o`tkazilishini talab etadi. Bu isloxotlar solik bazasini kengaytirish, solik stavkalarini kamaytirish, solik yukini ishlab chikaruvchilardan ko`prok mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o`tkazish orkali soliklar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi. Byudjet ortikchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablaglarini olib ko`yish va davlat karzlarini to`lash kiradi. Davlat karzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baxolar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortikcha mablaglarni muzlatib ko`yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir. Download 83.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling