Mavzu: Delphi dasturlash tili ishchi muhiti


Download 367.5 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi367.5 Kb.
#154744
Bog'liq
1-Ma'ruza

Mavzu: Delphi dasturlash tili ishchi muhiti

  • Reja
  • Dasturlash tilining elementlari
  • Ma’lumotlar turlari
  • Delphini dasturlash muhiti
  • Kalit so’zlar: Dastur, dasturlash tillari, kompilyatsiya, interpretatsiya, yacheyka, adres, komanda, Delphi, Pascal, eksponensial, ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash, public, private, protected, interfeys, abstraksiya, identifikatorlar, o’zgaruvchilar, ozgarmaslar, operatorlar, ma’lumot tiplari

Dasturlash tilining elementlari

  • Hozirgi kunda juda ko'p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Pascal tili universal tillardan biri bo'lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq tildir. So‘nggi yillarda Pascal tili juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Pascal tilida dastur tuzish uchun Turbo Pascal va Delphi dasturlash vositalari mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar yaratilgan.
  • Masalan:
  • Program ad; { Bu dastur nomi}.
  • O‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar va standart funksiyalar
  • Haqiqiy turdagi sonlar umumiy holda quyidagi ko'rinishda boladi: s a1a2...an.b1b2...bn
  • Bu yerda s – ishora (+ yoki -) yoki bo'sh joy; a1a2...an – butun qism; b1b2...bn – kasr qism.
  • Masalan:
  • +3,147 soni +3.147 yoki 3.147
  • -143,03 soni -143.03
  • 57,0 soni 57.0
  • 0,493 soni 0.493 yoki .493
  • Haqiqiy sonlaming o'zgarish diapazoni kompyuterning turiga qarab turlicha bo’ladi. 10-38
  • Masalan:
  • 0,43 ∙ 10−6 .43E-6
  • 0,0003 3E-4
  • Butun sonlar umumiy holda quyidagicha yoziladi s a1a2...an.
  • Masalan: +345 soni +345 yoki 345
  • -106 soni -106
  • Butun sonlar o'zgarish diapazoni -32768 dan +32767 gacha. Agar butun son qiymati bu diapazondan chiqsa, u haqiqiy son shaklida ifodalanadi yoki kompyuter turiga qarab, u o‘n oltilik sanoq tizimida ifodalanishi ham mumkin.

Standart matematik funksiyalar

  • Dasturda arifmetik va mantiqiy ifodalar o'zgaruvchi, o'zgarmas, standart funksiyalar, qavslar va amal belgilari orqali tashkil qilinadi.
  • Ifodalarda hisoblashlar tartibi qavslar ichidagi ifodalar bajarilgandan keyin quyidagi tartibda bajariladi:
  • NOT amali;
  • *, /, DIV, MOD, AND;
  • +, OR;
  • Taqqoslash belgilari: <, >, <=, >=, <>, =, IN.
  • Ifodadagi amal natijasi qanday turda bo’lishi amallarda qatnashayotgan o'zgaruvchilarning turlariga bog'liq. Agar ikkita o'zgaruvchining turi Integer yoki
  • Real bolsa, amal natijasi ham Integer yoki Real bo’ladi. Agar biri Integer, ikkinchisi Real bo'lsa natija Real bo’ladi. NOT, OR, AND va taqqoslash amallarining natijalari esa Boolean turida bo’ladi.

Ma’lumotlar turlari

  • Ma’lumotlar turlarini Delphi tilida umumiy holda ikkiga ajratish mumkin:
  • ♦ standart turlar. Bu turlar oldindan Delphi tili tomonidan aniqlangan bo’ladi; ♦ dasturchi tomonidan kiritiladigan (aniqlanadigan) turlar. Standart turlar tarkibiga quyidagilar kiradi: butun, haqiqiy, belgili (simvol), qator, mantiqiy, ko'rsatgichli variant.
  • Dasturchi turlarni dasturning Var bo'limida o'zgaruvchilarni tavsiflashda aniqlaydi yoki maxsus turlami aniqlash uchun bo’lim bo’lgan — Type turlarni tavsiflash bo'limida aniqlanadi.
  • Bu bolim umumiy holda quyidagicha boladi.

Ma’lumotlar turlari

  • Type
  • =; Misol:
  • Type
  • TColor=(Red, Blue, Black);
  • Var Colorl, Color2, Color3: TColor;
  • Type bo’limida dasturchi tomonidan yangi TColor nomli tur kiritilmoqda va u Red, Blue, Black mumkin bo’lgan qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
  • Var bo’limida dasturchi tomonidan turi aniqlangan uchta Colorl, Color2, Color3 o'zgaruvchilar tavsiflanmoqda.
  • Bu o'zgaruvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagicha ham tavsiflash mumkin. Var Colorl, Color2, Color3: (Red, Blue, Black);
  • Standart turlarni Type bolimida tavsiflash shart emas, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Var bolimida tavsiflash mumkin.

Butun turlar.

Haqiqiy turlar.

Belgili turlar

Mantiqiy turlar.

Sanoqli turlar.

  • Sanoqli turlar tartiblangan qiymatlar to'plamini ishlatadi. Tur = ( 1 Qiymat, 2 Qiymat, ... , I Qiymat) Masalan:
  • Type
  • Color=(black, green, yellow, blue, red, white);
  • Fam=(Petrov, Sidorov, Rahimov, Sobirov);
  • DayOfWeek=(mon, tue, wed, thu, fri, sat, sun);
  • Bu yerda
  • Color sanoq turi beshta ranglar ketma-ketligini aniqlaydi.

Interval (diapazon) turi. Interval

  • Type
  • =..; Masalan:
  • Type
  • Color=red..green; // rangga chegara
  • Digit=0..9; //butun sonlarga chegara
  • Symb=’A’..’Z’; // harflarga chegara
  • Haqiqiy turlarga chegara qo'yilmaydi.
  • Interval tur ta’rifida nomlangan konstantalardan foydalanish mumkin.
  • Quyidagi misolda interval tur TIndex ta’rifida HBOUND nomlangan konstantadan foydalanilgan:

Savollar

  • Algoritm nima va u qanday xossalarga ega?
  • Algoritmning qanday turlari mavjud?
  • Qanday algoritmik tillar bor?
  • Dastur va dasturlash nima?
  • Masalani EHMda yechish qanday bosqichlardan iborat?
  • O‘zgarmas va o‘zgaruvchilar dasturda qanday tavsiflanadi?
  • O‘zgaruvchilarning qanday turlari mavjud?
  • Mantiqiy o‘zgaruvchilar qanday qiymat qabul qiladi?
  • Qanday standart matematik funksiyalar mavjud?
  • Pascal tilida dastur qanday tuzilmaga ega?
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling